faoliyatining quyidagi yo‘nalish (tur)larini belgilaydi:
huquqiy masalalar bo‘yicha konsultatsiyalar va tushuntirishlar berish, qonunchilik bo‘yicha og‘zaki va yozma ma'lumotnomalar
ariza, shikoyatlar va huquqiy suratdagi boshqa hujjatlarni tayyorlash
fuqarolik va ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ishlarda sud, boshqa davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish
Jinoiy ishlarda dastlabki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchilar, fuqarolik da'vogarlari, fuqarolik javobgarlari vakillari sifatida qatnashish
Tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatish
a) huquqiy masalalar bo‘yicha konsultatsiya va tushuntirishlar berish, qonunchilik bo‘yicha og‘zaki va yozma ma'lumotnomalar berish – huquqiymasalalar bo‘yicha konsultatsiya va tushuntirishlar berish aholining amaldagi qonunchilik mazmunidan xabardorligini ta'minlaydi. Advokat muayyan huquqiy munosabat mavjudmi yoki axborot olish fuqaroning shunchaki qiziqishi ekanligidan qat'i nazar konsultatsiya va ma'lumotnomalar beradi. Konsultatsiya –bu amaldagi qonunchilikni tushuntirishni, ma'lumotnoma – qonunning u yoki bu qoidalari mazmuni haqidagi axborotni anglatadi.
b) ariza, shikoyat va huquqiy xarakterdagi boshqa hujjatlarni tayyorlash – bu hujjatlarda odatda huquqiy munosabatlarning boshlanishi, o‘zgartirilishi yoki tugatilishi haqidagi iltimos va (yoki) talablar aks etadi.
Ariza – bu huquqiy munosabatlarni boshlash haqidagi asoslangan iltimos aks etgan hujjat. Ushbu iltimos aniq, tegishli adresatga yo‘naltirilgan va arizachi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak. Shikoyat – bu yuqori turuvchi tashkilotga yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxsga yo‘naltirilgan hujjat bo‘lib, unda shikoyat qilinayotgan organ (mansabdor shaxs)ning qarorini o‘zgartirish yoki bekor qilish, harakati (harakatsizligi)ni taqiqlash yoki noqonuniy deb e'tirof etish so‘raladi.
Iltimosnoma – o‘zining yoki o‘zi vakillik qilayotgan shaxsning huquqlarini yanada to‘liqroq amalga oshirish maqsadidagi, biror harakatni amalga oshirish, qaror qabul qilish yoki qarordan voz kechish haqidagi, tegishli hokimiyat vakolatlariga ega organga yoki mansabdor shaxsga qaratilgan rasmiy iltimos.
v) fuqarolik va ma'muriy huquqbuzarlik bo‘yicha ishlarda sud, boshqa davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshirish. Advokatning vaikl sifatidagi vakolatlari protsessual qonunchilikda belgilab qo‘yilgan.
g) jinoiy ishlar bo‘yicha dastlabki tergovda va sudda jabrlanuvchilar, fuqarolik da'vogarlari, fuqarolik javobgarlarining himoyachilari sifatida qatnashish
– advokat jinoiy sud ishida ham ayblov tomonida, ham himoya tomonida qatnashishi mumkin. Bundan tashqari, “Advokatura institutining takomillashuvi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi ba'zi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida advokatning jinoiy sud ishidagi qatnashuvining yangicha ko‘rinishi –guvoh advokati sifatidagi qatnashuvi ko‘zda tutilgan.
d) tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat ko‘rsatish.
Advokat O‘zbekiston qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa turdagi yuridik
yordam ham ko‘rsatishi mumkin. Bu adokat tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik
yordam turlari ro‘yxati yakuniy emasligini angalatadi. Boshqa turdagi yordamlar
advokat tomonidan ular qonunchilikda keltirilganmi-yo‘qligidan qat'iy nazar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |