1. Advokatura tushunchasi



Download 62,71 Kb.
bet2/6
Sana30.12.2021
Hajmi62,71 Kb.
#196976
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ADVOKATURA

Advokatura – huquqiy institut bo‘lib, advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning mustaqil, ko‘ngilli, kasbiy birlashmalarini va xususiy advokatlik amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida shaxslarni o‘z ichiga oladi. Malakali yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lsa-da, qonunda belgilangan tartibda advokatlik maqomiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat advokatlik faoliyatiga kirmaydi. Advokatlik faoliyati tijorat, tadbirkorlik sanalmaydi. Bu esa, uning maqsadi foyda ko‘rish bo‘lishi mumkin emasligini anglatadi. Advokatlik tuzilmalarining yoki alohida advokatning barcha daromadlari o‘zining huquqiy tabiatiga ko‘ra, tijorat yoki boshqa tadbirkorlik faoliyatining natijasi emas, balki ko‘rsatilgan yuridik xizmatlar uchun pul mukofotidir. Advokatlik faoliyatini tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xizmatchilari tomonidan, notariuslar va patent ishonch bildirilganlar, soliq maslahatchilari (bundaylar sifatida advokat faoliyat yuritayotgan holatlar bundan mustasno) va o‘zlarining professional maslahat (lekin yuridik emas) faoliyatlarini yuritishga vakolat olgan boshqa shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordam (konsultatsiya)dan farqlash lozim. Mustaqil va professional advokaturani tashkil qilish, advokatlik faoliyatini amalga oshirish shaxsning malakali yuridik yordam olish huquqlari kafolati haqidagi konstitutsiyaviy talablarning bajarilishini anglatadi. (Konstitutsiya 116-moddasi)

Fuqarolarning malakali yuridik yordam olishlari – ularning konstitutsiyaviy huquqiAdvokatura zamonaviy davlat huquqiy tizimining eng muhim instituti bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslarga malakali va davlatdan mustaqil huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarning himoyalanishini ta'minlash uning vazifasidir.

Fuqarolar tomonidan malakali yuridik yordam olinishi – ularning konstitutsiyaviy huquqidir. Konstitutsiyaning 116- moddasida mustahkamlab qo‘yilgan adolatli sudlovni amalga oshirish xalqaro standartlariga muvofiq professional yuridik yordam olish huquqi unga asos bo‘luvchi tamoyillardan biri sifatida ko‘riladi. Malakali yuridik yordam olish huquqi fuqaroning ham huquqiy maqomining uzviy qismi sanaladi va u nafaqat milliy, balki xalqaro huquq bilan ham kafolatlanadi.

Advokatura fuqarolik jamiyatining muhim instituti bo‘lib, fuqarolar va ularning uyushmalarining asosiy huquqlarini himoya qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bu xususda “vazifasi, birinchi navbatda, sud amaliyotida konstitutsiyaviy va yuridik me'yorlarga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, himoya ostidagi fuqarolarning huquqlari, obro‘si va qadr-qimmatini himoyalash bo‘lgan advokatlar institutining roli va ahamiyatini tubdan yuksaltirish” zaruriyatini alohida qayd etadi. Bunda davlat advokaturaga bir qator ommaviy funksiyalarni yuklaydi, ular bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqadi –

jinoiy ishda tayinlanish bo‘yicha himoyani amalga oshirish va muayyan vaziyatlarda yuridik yordamni bepul ko‘rsatish majburiyatlaridir. Advokaturaga ommaviy funksiyalar yuklatilganiga qaramay, fuqarolik jamiyatining bu instituti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Jinoiy sud ishida himoyachi sifatida faqat advokatlarga ruxsat beriladi, bu qabul qilinayotgan sud qarorlarining shaxs va jamiyat uchun yuqori ahamiyatga egaligi bilan bog‘liq. Davlat, aynan malakali yuridik yordam olish huquqini kafolatlar ekan, u malakali, zarur kasbiy bilimlar va ko‘nikmalarga ega kadrlar tayyorlashga xizmat qiluvchi sharoitlarni ham ta'minlaydi va bu maqsadda muayyan kasbiy va malakaviy talablarni belgilaydi. Har bir kishining malakali yuridik yordam olish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan boshqa huquq va erkinliklarning amalga oshishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi, jumladan o‘z huquqlarini qonunda taqiqlanmagan har qanday usul bilan himoya qilish huquqi: sud himoyasi, tomonlar o‘rtasidagi muhokama va tenglik asosida sud tomonidan ishning ko‘rilishi kabilar, va ular bilan o‘zaro bog‘liqlikda bo‘ladi. Bu huquq hyech qanday sharoitda cheklanmasligi lozim.

O‘zbekistonda zamonaviy davlat qurilishi va uning huquqiy institutlari shakllanishi davrida advokatura to‘g‘risidagi qonunchilik muayyan o‘zgarishlarga uchradi. 1996 yil 27 dekabrda “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirdi, u butun advokatura instituti faoliyatini tashkil qilishda o‘zgarishlar yasadi. Ushbu qonun advokatlarga kasbiy va boshqa malakaviy talablar qo‘yadi, advokat maqomini va uni olish shartlarini, advokat huquqlari va majburiyatlarini, advokatlik faoliyati mustaqilligining kafolatlarini belgilaydi. Bundan tashqari, advokatura institutini takomillashtirish maqsadida, 2008 yil 1 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-3993- sonli “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi, bu farmon sud-huquq tizimini yanada liberallashtirish, fuqarolarning sud ishining har qanday bosqichida professional yuridik yordam olish huquqini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy me'yorni amalga oshirish, advokaturaning tashkiliy mustaqilligini ta'minlash, uni yuqori malakali kadrlar bilan butlash, advokatlar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish, advokatlik kasbi obro‘si va sha'nini ko‘tarishga qaratilgandi. Ushbu Farmon advokatura institutini isloh qilishdagi asosiy vazifalarni belgilab berdi:



  • Advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish ishida

fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida

markazlashgan, amaliy o‘zini-o‘zi boshqarish tizimini yaratish;



  • Advokatlikka nomzodlar malakasiga qo‘yiladigan, yuridik

mutaxassislik bo‘yicha ish staji mavjudligi va advokatlik tuzilmalarida

stajirovkadan o‘tishni ko‘zda tutuvchi talablarni kuchaytirish va

advokatlarning kasbiy malakasini majburiy tizimli oshirishni joriy

etish;


  • litsenziyalashning samarali tizimini tashkil etish, u advokaturani halol

va yuqori malakali mutaxassislar bilan butlashni ta'minlaydi;

  • advokatlik tuzilmalari vakolatlarini aniq chegaralash va uning huquqiy

maqomini belgilash;

  • jinoiy ishda ayblov va himoya tomonlarining protsessual huquqlari

tengligini ta'minlash;

  • tomonlarning vakillari institutini bosqichma-bosqich takomillashtirib

borish, bu sud ishida yurisprudensiya sohasida maxsus bilimlarga ega

bo‘lmagan shaxslarning ishtirokini mustasno qiladi;



  • advokatlar tomonidan kasbiy etika qoidalariga va advokatlarga

nisbatan intizomiy ishlab chiqarish tizimiga rioya etilishi ustidan

nazorat mexanizmining takomillashtirilishi.



Download 62,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish