Fizik Adsorbsiya temperatura, bosim, konsentratsiyaga, adsorbent va adsorbatning tabiatiga, shuningdek, adsorbent tuzilishiga ham bogʻliq. Adsorbsiya hodisasi tabiatda keng tarqalgan. Yerga solingan oʻgʻit, avvalo tuproqqa adsorbsiyalanadi. Oʻsimlik tuproqdagi ozuqani ildizi orqali Adsorbsiya jarayoni asosida oʻzlashtiradi. Adsorbsiya gaz va suyuq aralash-malarni ajratish-da (qarang Xromatografiya), biologik jarayon-da, havoni iflos gazlardan tozalashda, eritmalarni har xil qoʻshilmalardan holi qilishda, ulardan erigan moddalarni ajratib olishda adsorbsiyadan keng foydalaniladi.
Ikki fazani bir-biridan ajratib turuvchi satx yuzasida modda konsentratsiyasini o`zgarishi adsorbsiya deyiladi.
Yutuvchi modda - adsorbent
Yutiluvchi modda - adsorbtiv
Gazlar yutilishi -absorbsiya
Adsorbent va adsorbtiv o`rtasida kimyoviy bog` hosil bo`lishi bilan boradigan adsorbsiya - hemosorbsiya deyiladi.
Sorbsiyaga teskari bo`lgan jarayon - desorbsiya
Adsorbsiya miqdorini baholash
Solishtirma adsorbsiya - adsorbentning 1 cm2 yuzasiga yoki 1 g massasiga yutilgan moddaning mol miqdoridir:
X X
Г = ------- mol/cm2 ; Г = ------- mol/g
S m
Harakatsiz satxdagi adsorbsiya uchun X Freyndlix tenglamasi: X
Г = ------- = K·C1/n Г = ------- = K ·P1/n
m m
bC
Г = Г∞ -----------
1+ bC
Adsorbsiya miqdorini baholash
Harakatsiz satxdagi adsorbsiya uchun Lengmur tenglamasi:
Г - adsorbsiya miqdori
Г∞ - maksimal adsorbsiya
C - modda konsentratsiyasi
Kichik konsentratsiyalar uchun:
Г = Г∞ · bC
Katta konsentratsiyalar uchun:
Г = Г∞
Agar adsorbent sirtida yutilayotgan modda konsentratsiyasi ortsa, uni musbat, aksincha, kamaysa manfiy adsorbsiya deyiladi.Adsorbsiya adsorbentinin 1m2yoki 1sm2 sirtiga yutilgan moddaning mol sonlari yoki moddaning ma’lum massasini yutilishi bilan o’lchanadi.
Adsorbent sirtini o’lchashdan ko’ra uning massasini aniqlash qulayroq. Shuning uchun adsorbent massasini tajribadan oldin va keyin tortib olib, yutilgan modda miqdori aniqlanadi.
Gazlarning adsorblanishi sm2/g yoki m3/kg bilan ifodalanadi.
Adsorbsiya qiymati adsorbentning tabiatiga, konsentratsiya, harorat va bosimiga bog’liq bo’ladi.
Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak: 1) tanlovchanlik-aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa ta'sir qilmaslik;
2) maksimal adsorbsion hajm yoki faollik-adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning miqdori;
3) adsorbentni regeneratsiya qilish paytida yutilgan moddaning to'la ajralib chiqishi;
4)adsorbent donalarining kerakli mustahkamlikka ega bo'lishhgi (donalarning buzilib ketishi jarayonning gidrodinamik holatini yomonlashtiradi);
5) yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo'lishlik;
6)narxi arzon bo'lishi. Adsorbentning tanlovchanligi va uning adsorbsion hajmi adsorbent va adsorbtivning tabiatiga va molekulalarning tuzilishiga bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |