Adabiyot 5-sinf I qismi
1."Adabiyot, so 'z san'ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib
kelgan". Ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan?
a) I. Karimov,”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”
b)Cho’lpon,’ ’Adabiyot nadur?’ ’
c)Mahmudxo’ja Behbudiy "Teyotr nadur?"
d)I.Karimov,”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”.
2.Qaysi xalq og’zaki ijodi janri "otalar so’zi” ham deyiladi?
a)masallar b)matallar c)maqollar d)topishmoqIar
3.Qaysi xalq og’zaki ijodi namunasida fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo’nda bo’lishi lozim?
a)topishmoqlarda, b)maqollarda,
c)matallarda d)ertaklarda.
4.Quyidagilardan qaysi birida, ibratli fikr aytilib va bu ibratli fikr, hukm tarzida bo’ladi?
a)maqollarda, b)matallarda, c)masallarda d)topishmoqlarda
5.Quyidagilardan qaysi biri maqollarning belgi-xususiyatlari hisoblanadi?
l) xulosa tugal bo’ladi; 2) ifoda lo’nda bo’ladi; 3) bayonda sirlilik bo’ladi; 4) ibratli fikr aytiladi;
5) ichki qofiya bo’ladi; 6) faqat nasriy shaklda bo’ladi; 7) she’riy shaklda ham bo’lishi mumkin.
a)l,2,3,6,7 b)l,2,4,5,6,7,
c) 1,2,4,5,7 d)l,2,5,6
6. Qahramonlari erkalab “qora buvi” deb murojaat qiladigan Roqiyabibi qaysi asarda uchraydi?
A)“Be'mor” B)“Uloqda”
C) “Mening o'g'rigina bolam” D) “Shum bola”
7.Qaysi xalq og’zaki ijodi janrida o’sha xalqning tarixi, urf-udumi, turmush-tarzi, ruhiyati, butun borlig’i aks etadi.
a)maqollarda _ b)masallarda c)topishmoqlarda d)ertaklarda
8. Hayot sharobidan bir qultum yutay, Damlar g'animatdir, umrzoq soqiy Parcha muallifi kim?
A)G'.Gulom B) M.Shayxzoda
C) HOlimjon D) M.Yusuf
9.Xalq og’zaki ijodini o’rganuvchi fan...
a)poetika b)folklorshunoslik c)adabiyotshunoslik d)manbaashunoslik
10. Og’zaki ijodning qaysi birida xalq hayoti, turmush madaniyati, urf-odatlari va boshqa jihatlari, inson va uni o’rab turgan olam o’xshatishlar, taqqoslashlar va savollar vositasida ifodalanadi?
ajmaqollarda b)masallarda
c)topishmoqlarda d)termalarda
11. “Zulmat ichra nur” asaridan anglashilishicha Navoiyning o'rtog'i Husayn kimning o'g'li?
A) Husayn binni Boyqaro B) Shohruh binni Boyqaro
C) Mansur binni Boyqaro D) Temur binni Boyqaro
12. “Kambag'alman desang, ко'chib boq” degan maqol quyidagi qaysi asarda uchraydi?
A) “Zulmat ichra nur” B) “Oygul bilan Baxtiyor”
C) “Uloqda” D) “Mening o' g' rigina bolam”
13. “ ...Тa'bir joiz bo'Isa, olamda turkiy va forsiy tilda so'zlashuvchi biror-bir inson yo'qki, и Navoini bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e 'tiqod bilan qaramasa” ushbu flkrlar muallifi kim?
A) I.Karimov B) M.Osim
C) M.Shayxzoda D)G'.G'ufom
14. Ukalari va singillari bilan yolg'iz qolgan qaysi adibning "qilmagan xizmafi, tutinmagan ishi" qolmaganligi haqida adabiyotchilar so'z yuritadi?
A) G' .G'ulom B) M.Shayxzoda
C) H.Olimjon D) A.Qodiriy
15. G'.G'ulomning“Netay”, “Yodgor”, “Tirilgan murda" asarlari qaysi janrda?
A) she'r B) qissa C) roman D) hikoya
16. “Kuzatish”, “Sog'inish”, “Onalar" singari she'rlar muallifi kim?
A) G'. G' ulom B) M.Shayxzoda
C) H. Olimjon D) A.Qodiriy
17. Quyidagi asarlarning qaysi biri 1936-yilda yaratilib, 60-yillarda o’z muallifi tomonidan qayta ishlanib, yanada sayqallangan?
A) “Iskandar Zulqarnayn” B) “Uloqda”
C) "Mening o' g' rigina bolam” D) “Shum bola”
18.Agar topishmoq ertak ichida kelsa...
A)ertak-topishmoq, b)topishmoqli ertak
c)ertak, d)qiziqarli ertak
19.Ertak voqealari topishmoq asosiga qurilgan bo’lsa...
a)ertak-topishmoq b)topishmoq
c)ertak d)topishmoqli ertak
20.Og’zaki ijodning qaysi janri yaratilish davriga ko’ra,an’anaviy, yangi va zamonaviy mazmunda bo’lib bir-biridan farqlanadi.
a)askiya b)topishmoqlar c)maqollar d)naqllar
21.Qaysi janr mumtoz adabiyotda "chiston” ham deyiladi?
a) matallar b) termalar c) topishmoqlar d) qo’shiqlar
22.Qaysi janr mumtoz adabiyotning kichik lirik janri hisoblanib, savol-javob shaklida paydo bo’lib, ko’proq ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy mazmunga ega bo’ladi?
a) chiston b) fard c) qit’a d) ruboiy
23.Adabiyotimiz tarixida chiston janrining go’zal namunalarini qaysi ijodkorlar ijodida
uchratishimiz mumkin.
a) Navoiy,Amiriy b) Farog’iy,Gulxaniy
c) Navoiy,Uvaysiy d) Lutfiy,Atoiy
24.Xalq ijodiyotining qaysi biri insonni mantiqiy fikrlashga, topqirIikka, hozirjavoblikka undaydi.
a)topishmoqlar b)maqol c)matal d)masal
25. Biz beparvo oshiqlarmiz, yirliq chopon, о tashtnafas Jahon g'ami sening g'amingga arzimas Qosim Anvorning ushbu bayti qaysi asarda keltirilgan?
A)“Hayrat ul-abror” B) “Zulmat ichra nur”
C) “Uloqda” D) “Zafarnoma”
26.”Muhaddis” so’zining ma’nosi nima?
a)hadis biluvchi, aytuvchi b)hadis yozuvchi c)hadis tekshiruvchi d)hadis keltiruvchi
27.Payg’ambarimizni ko’rgan va u kishi bilan suhbatda bo’lgan kishilar...
a) sahobalar b) tobeinlar c) muhaddislar d) mutassaviflar
28.Hadis necha qismdan tashkil topgan bo’ladi?
a) 3 qismdan b) 2qismdan c) 4qismdan d) 5qismdan
29. Hadisning mazmuni...
a) matn b) sanad c) musnad d) roviy
30.Imom al-Buxoriy " Al-jome’ as-sahih” asari ustida necha yil ishladi?
a) 19 yil b) 12 yil c) 16 yil d) 20 yil
31.Hadisda qaysi amal ahamiyatiga ko’ra, ochlarga taom bermoqlik bilan teng qo’yilgan.
a)xushmuomalalik b)salom berish
c)mehribonchilik d)sadaqa berish
32.Rasululloh kimlar haqida ‘’...ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz" ’ deb, ko'rsatkich va o’rta barmoqlarini juft qilib ko’rsatganlar.
a) ilm o'rgatgan kishilarni b) yetimning kafllini olganlarni c) ochlarga taom berganlarni d)salom berganlarni
33.”Al- jome’ as-sahih” asarida keltirilgan hadisda ilm o’rganib, uni odamlarga ham o’rgatsada, ammo o’zi amal qilmaydigan kishilar qanday nomlangan?
a) mo’min b) fosiq c) kofir d) gunohkor
34.Hadisda ilm o’rganmaydigan va o’zgalarga ham o’rgatmaydigan insonlar qanday nom bilan keltiriladi?
a) fosiq b) mo’min c) kofir d) gunohkor
35. Hadisda inson rizqi ulug’, umri uzun bo’lishini istasa, qanday amalga rioya qilishi aytilgan.
a)qarindosh-urug’lariga mehr-oqibatli bo’lish, b)kichiklarga izzatda bo’lish,
c) xushmuomala bo’lish d)salom berish
36.”Al-jome’ as-sahih "da keltirilgan hadisda Alloh taolo nozil qilgan yo’l-yo’riqlarga muvofiq hukm qilmaydigan kishilar qanday nomlangan.
a) fosiq b) gunohkor c) zolim d) kofir
37.Jundub ibn Abdulloh kim bo’lgan?
a) tobeinlardan biri b) sahobalardan biri
c) muhaddis d) mutasavvuf
38.Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk muhaddis olimlar berilgan qatorni toping.
a) al-Buxoriy, al-Basriy, at-Termiziy, b) al-Buxoriy, at-Termiziy, as-Samarqandiy, c)al-Buxoriy, al-Kindiy, Bayozid Bistomiy
39.”Al-jome’ as-sahih” asari yana qanday nom bilan mashhur?
a)”Sahih al-Buxoriy” b)”Sahih hadis”
c)”Hadis” d)”Ishonarli hadis”
40. Hadis ilmida imom al-Buxoriy joriy etgan uslub berilgan javobni belgilang.
a) hadislarni sharhlash, b) hadislarni tekshirib, sahih va g’ayrisahih qismlarga ajratish, c) hadislar musnadini sharhlash d) hadislar musnadini keltirish.
41.Hadislar tuzilishiga ko’ra ikki qismdan iborat bo’ladi. Bu qismlar berilgan javobni belgilang.
a) matn va musnad b) matn va sanad
c) roviy va matn d) muhaddis va matn
42. 1. “Tinch oqar Don”; a) Sholoxov ; 2. “Yildirim Boyazid”; b) Borodin; 3. “Hayot bo'stoni"; c) Bat. Asar va muallif birligini aniqlang
A)1-e,2-a, 3-b B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1 -a-2-с, 3-b D) 1 -c, 2-a, 3-b
43. "Zulmat ichra nur" qissasidan anglashilishicha Navoiyning tog'alari ham bo'lgan. Unga ko’ra “G'aribiy” taxallusli tog'asining ismi kim?
A) Mirsayid B) Muhammadali C) Kobul D)Bahodirbek
44.Islom Karimovning "Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida xalq ijodiyotining
maqol, matallari haqida qanday fikr bildirilgan?
a)”...maqol,matallar xalqning bebaho boyligidir”
b)”... maqol,matallar xalq ijodiyotining nodir namunasidir”
c)”... xalqning orzu-intilishlari, o’y-fikrlari maqollarda yaxshi aks etgan”
d)” ... maqol-matallar bejiz paydo bo’lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifodasi”
45.Yevropaliklar "Ezop tilida so’zlashish", "Ezopona til" deganda nimani nazarda
tutishadi.
a) nutqida Ezop ijodidan namunalar keltirgan holatda; b)she’riy tarzda nutq so’zlangan holatda; c)nutqida har xil maqol,masallarga, katta-kichik ibratli hikoyalarga murojaat qilganda; d) baland ovozda gapirganda
46.Ezopning asli kelib chiqishi qaysi mamlakatdan bo’lgan?
a) Frigiya b) Lidiya c) Likurg d) Delfa
47.Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar qay tarzda yetib kelgan?
a) Gomerning "Tarix” asari orqali; b) har xil mavzuda yaratilgan qadimiy she’rlar orqali;
c) o’sha davrdagi va undan keyingi davrlarda yashagan solnomachilar tomonidan yozib
qoldirilgan rivoyatlar va ibratli hikoyalar orqali; d) turli tarixiy manbaalar orqali
48.Kimning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib, kitob qilingan va
donishmandlik o’giti sifatida butun dunyoga tarqalgan.
a) Esxilning b) Ezopning
c) Gomeming d) Arastuning
49.Ezop mushkulini oson qilib, qiyin vaziyatdan olib chiqqan bo’lsada lekin uni taqdirlash o’rniga kaltaklashga buyurgan xo’jayini kirn edi?
a) Likurg b) Krez c) Ksanf d) Doro
50.Do’stga sadoqat, vafodorlik xususida: " . . .do’st uldurki, o’ziga ravo ko’rmagan narsani do’stiga ham ravo ko’rmaydi. O’zi do’sti uchun o’limga tayyor tursada, ammo bu ishda do’stini sherik qilmaydi ”, tarzidagi fikr kimning qaysi asarida keltirilgan?
a)Navoiyning ‘’Badoye ul-bidoya” sida;
b)Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarida;
c)Yusuf Xos Xojibning "Qutadg’u bilig” asarida;
d)Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida.
51. Ezopning qaysi masalidan ‘’kimki o’ziga yaxshilik qilganlarga, yomonlik sog’insa, u albatta jazoga yo’liqqay ” degan xulosa kelib chiqadi.
a) burgut, zog’cha va cho’pon b) ustiga tuz ortilgan eshak
c) eshak bilan baqalar d) kiyik bilan tokzor
52.Ezopning qaysi masali yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob berishga undaydi.
a) kiyik bilan tokzor b) eshak bilan baqalar
c) ustiga tuz ortilgan eshak d) bo’ri bilan laylak
53.Ezopning qaysi masalida yaxshilikni ham uni qadriga yetganlarga qilish kerak degan fikr ilgari suriladi?
a) yovvoyi echkilar bilan cho’pon b) ustiga tuz ortilgan eshak
c) bo’ri bilan laylak d) kiyik bilan tokzor
54. Qaysi masal xalqimizdagi ‘’Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil” degan maqolga
mazmunan yaqin?
a) eshak bilan baqalar b) yovvoyi echkilar bilan cho’pon
c) kiyik bilan tokzor d) bo’ri bilan laylak
55.Xalqimizdagi "Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma" degan naql qaysi masalda o’z aksini topgan.
a) bo’ri bilan laylak b) eshak bilan baqalar
c) ustiga tuz ortilgan eshak d) kiyik bilan tokzor
56. ”Behudaga chiranish belni chiqaradi” degan hikmatning yaqqolroq ifodasi qaysi masalda
yaqqolroq tasvirlab berilgan?
a) bo’ri bilan laylak b) ustiga tuz ortilgan eshak
c) burgut, zag’cha va cho’pon d) kiyik bilan tokzor
57. ”Burgut, zag’cha va cho’pon'’ masalida aks etgan toifadagi odamlarga nisbatan donolar qanday naql bilan tanbeh beradilar?
a) behudaga chiranish belni chiqaradi
b) boshing osmonga yetsa ham, yerga qarab yur
c) boshingga qilich kelsa ham rost gapir
d) ko’rpangga qarab oyoq uzat
58. Qaysi masalchilar Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o’z davri xususiyatlariga ko’ra to’ldirib, rivojlantirdilar.
a) J.Lafonten, I.Krilov b) L.Tolstoy, Gellert
c) Lessing, H.Anderson d) J.Lafonten, A.CHexov
59. Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo’lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan janr
qaysi javobda berilgan?
a) doston b) ertak c) masal d) terma
60. Qaysi janrda turli hayvonlar, narsa-buyumlar ramziy-majoziy ma’noda qo’llanilib, insonlar fe’l- atvoridagi turli xususiyatlarga ishora tarzida keltiriladi?
a) ertaklarda b) balladalarda
c) masalllarda d) dostonlarda
61. Masalning asosiy jihati to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang?
a) u asosan qiziqarli voqelarni bayon etadi
b) u ma’lum bir asar ichida fikr tasdig’i sifatida keltiriladi
c)turli hayvonlar, narsalar o’rtasidagi munosabatlarga bag’ishlanadi
d) u to’liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi
62. Agar Ezop birinchi masalchi hisoblansa, undan keyingi grek masalchilarini belgilang.
a) Fedr va Babriy b) Gomer va Aristofan
c)Lessing va Gellert d)Lafonten va Krilov
63. Fedrning masalchilik rivojidagi asosiy xizmatini ko’rsating?
a) u Ezop masallarini qayta ishladi b) u Ezop masallarini to’pladi c) u Ezop masallarini she’riy yo’l bilan lotin tiliga tarjima qildi d) u Ezop masallarining izohini yaratdi
64. Ezop masallarning lotin tilidagi tarjimasiga suyanib va undan ilhomlanib masal janrida
barakali ijod qilgan masalchi adiblar berilgan qatori toping?
l)Lessing; 2)Lafonten; 3)Krilov; 4)CHexov; 5)J.Rodari; 6)Gellert; 7)Anderson
a) l,2,3,4,6. B) l,2,3,6.
C) l,2,3,4,6,7. D) 2,3,4,5,6.
65. Germaniyalik masalchilar qaysi javobda berilgan?
a) Lessing, Gellert b) Lafonten, Krilov
c) Gellert, Lafonten d) Lessing, Lafonten
66. Ma’lumki, qadimgi sharq adabiyotida, xususan hind adabiyotida ham majoziy shaklda, ya’ni turli hayvonlar tilidan tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish tajribasi mavjud bo’lgan. Buni aynan qaysi asarlarda kuzatish mumkin?
a) ”Maxobxarat”, ’’Ramayana”
b) ”Qobusnoma”, “Kalila va Dimna”
c) ”Panchatantra" va "Kalila va Dimna”
d) ”Qutadg’u bilig” va "Panchatantra”
67.A.Navoiy ijodining qaysi namunalarida, majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari uchraydi?
a) ”Hayrat ul-abror”, ‘’Mahbub ul-qulub”
b) ”Hayrat ul-abror”, ’’Lison ut-tayr”
C) ”Mahbub ul-qulub”, ‘’Lison ut-tayr”
d) ”Hayrat ul-abror”, ‘’Sabbai sayyor”
68.A.Navoiyning maxsus, majoziy shakldagi ibratli hikoyatlar keltirish yo’nalishida yozilgan dostonini belgilang?
a) ”Hayrat ul-abror” b) "Mahbub ul-qulub”
c) ’’Sabbai sayyor” d) ’’Lison ut-tayr”
69. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida yashab, o’zbek adabiyotida masalchilik rivojiga katta hissa qo’shgan ijodkor kim?
a) T.Farog’iy b) Gulxaniy c) Maxmur d) Mashrab
70. XX asr o’zbek adabiyotida qaysi ijodkorlarning asarlarida masal janrining yaxshi namunalari uchraydi?
a) Avloniy, Niyoziy, Y.Qurbon, S.Abduqahhor, M.Xudoyqulov
b) Fitrat, Avloniy, Niyoziy, Y.Qurbon, Cho’lpon
c) Y.Qurbon, S.Abduqahhor, M.Xudoyqulov, G’.G’ulom,Behbudiy
d) Avloniy, Niyoziy, Y.Qurbon,S.Ahmad, A.Qahhor
71. Xalq ijodiyotining qaysi janri paydo bo’lishida urf-odatlar, marosimlar,tabiat hodisalari, jonivorlar muhim o’rin tutadi ?.
a)maqol b)topishmoq c)masal d)ertak
72. M.Osimning tarixga oid dastlabki yirik asari?
A) “Yangi ariq” B) “Astrobod”
C) “Badarg' a” D)" O'tror"
73. Hayot haqiqati bilan bog’liq bo’lib, xayoliy va hayotiy uydurmalar asosiga qurilgan, didaktik g’oya tashuvchi og’zaki hikoyalar janri qaysi?
a) topishmoq b) ertak c)maqol d)masal
74. Ertakning ba’zi bir viloyatlaridagi nomlanishi bilan to’g’ri berilgan juftlikni toping?
a) ushuk; b) varsaki; c) matal; d) cho’pchak l.Samarqand, 2. Farg’ona, 3. Xorazm, 4.Toshkent,
5. Surxondaryo, 6. Buxoro
a) 1-a, 2-b, 3-c 4-d, 5-c, 6-a
b) 1-c, 2-c, 3-b, 4-d, 5-c, 6-b
c) 1-c, 2-c, 3-b, 4-d, 5-c, 6-a
d) 1-c, 2-b, 3-a 4-d, 5-c, 6-a.
75 .Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona viloyatlarida qanday nomlanadi?
a) ushuk b) varsaki c)cho’pchak d)matal
76. Ertak qayerda "ushuk” tarzda nomlanadi?
a) Samarqand b) Buxoro c) Toshkent d) Xorazm
77. M.Osimning quyidagi qaysi asari Navoiyga bag' ishlanmagan?
A) “Ulug' bek va Navoiy” B) “Astrobod”
C) “Badarg' a” D) “O' tror”
78. Ertak qurilishiga ko’ra qanday qismlardan tashkil topadi?
a) kirish qismi, voqealar rivoji, xulosa
b) kirish qismi, voqealar rivoji, tugallanma
c) boshlanish, voqealar rivoji, tugallanma
d) kirish qismi, asosiy voqealar,
79." Qirq kecha-yu qirq kunduz to’y berib, oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yeldilar'‘, "'Shu bilan Ayoz podshoh bo lib, о ’zining donoligidan xalqni odillik
bilan so'rab, mamlakatda adolal o'rnatgan ekan" kabi shakllar asosan ertakning qaysi qismiga
a) voqealar rivojiga; b) kirish qismiga;
c) tugallanmaga d) xulosaga
80. ”Uch og’a-ini botirlar” qaysi turdagi ertaklar jumlasiga kiradi?
a) maishiy ertaklarga b) sehrli ertaklarga
c) hayvonlar haqidagi ertaklarga d) hajviy ertaklarga
81. ”Uch og’a-ini botirlar” ertagida ota o’z o’g’illarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular berilgan javobni belgilang.
a) sog’lom qilib tarbiyalaydi, qurol-yarog’ bilan tanishtiradi, mehnatga o’rgatadi
b) sog’lom qilib tarbiyalaydi, ilm o’rgatadi, qo’rqitmay o’stiradi
c) sog’lom qilib tarbiyalaydi, qurol-yarog’ bilan tanishtiradi, qo’rqitmay o’stiradi
d) sog’lom qilib tarbiyalaydi, mehnatga o’rgatadi, ilm o’rgatadi
82. "To'g’ri bo ling- bexavolir bo’lasiz”, "Maqtanchoq bo 'Imang-xijolat tortmaysiz", "Dangasalik qilmang baxtsiz bo'lmaysiz" kabi o’gitlar qaysi asarda keltirilgan?
a) ”Susambil” b) ”Qor malikasi”
c) ”Kichkina shahzoda” d) “Uch og’a-ini botirlar”
83. ”Uch og’a-ini botirlar” ertagida aka-ukalarning yoshlari to’g’ri berilgan javobni
belgilang?
a) 21, 20, 19 yoshda b) 21, 18, 16 yoshda
c) 22, 20, 16 yoshda d) 20, 18, 16 yoshda
84.Qaysi ertakda "Baxtingiz уo’lida, topib olmoq uchun dunyoni ko’rgani yo’lga chiqing, dunyoni tanimay dunyo kishisi bo'lmaysiz" kabi fikrlar o'rin olgan?
a) ’’Susambil” b) "Kichkina shahzoda"
c)”Uch og’a-ini botirlar” d) ”Qor malikasi”
85.”Uch og’a-ini botirlar” ertagida aka-ukalar yo’lda kechasi turli jasoratlar ko’rsatadilar,
o’rtancha botir kechasi qanday qahramonlik ko’rsatadi’?
a) ajdarni o’ldiradi b) sherni o’ldiradi c)o’g’rilarni qirib tashlaydi d)dev bilan kurashadi
86. ’’Uch og’a - ini botirlar” ertagida podshohga to’ti haqidagi hikoyani kim aytib beradi?
a) to’ng’ich botir b) o’rtancha botir c) kenja botir d) vaziri aytib beradi
87. Hayvonlar haqidagi ertaklarda laqmalik, go’llikning ramzi bo’lib qaysi hayvon keladi?
a) ayiq b) bo’ri c) eshak d) quyon
88. Hayvonlar haqidagi ertaklarda tulki hayvoni nimaning ramzi bo’lib keladi?
a) chaqimchilikning b) ayyorlikning
c) munofiqlikning d) b va с
89. ”Susambil” ertagida bo’rilar o’z podshohlariga "munkarnakir” deya ta’riflagan jonivor qaysi edi?
a) eshak b) xo’roz c) ho’kiz d) arilar
90. Bo’rilar "azroil" deya ta’rif qilgan jonivorlar qaysi?
a) kalamushlar b) arilar c) ho’kiz d) xo’roz
91. ’’Susambil” ertagida bo’rilar ta’rificha jamoaning "so’fi”si kim edi?
a) xo’roz b) ho’kiz c) eshak d) arilar
92. Ertakda jamoaning "eshon” qaysi hayvon edi?
a) ho’kiz b) eshak c) xo'roz d) arilar
93. Ertaklarning mavzu jihatdan turlari to’g’ri berilgan javoblami belgilang.
1) hayvonlar haqidagi ertaklar; 2) sehrli ertaklar; 3) she 'riy ertaklar; 4) hayotiy-maishiy ertaklar; 5) qiziqarli ertaklar; 6) qadimiy ertaklar; 7) hajviy ertaklar;
a) 1,2, 3,4, 5,1 b) l, 2, 4, 5, 7. c) l,2,4, 7 d) l, 2, 4, 6, 7.
94. M.Osimning dastlabki qissasining nomi nima?
A)“Yangi ariq” B) “ Astrobod”
C) “Badarg' a” D) “O' tror”
95.Qaysi ertaklarda voqeaiar sehr-jodu, fantastik uydurmalar asosiga qurilgan bo’ladi?
a) sehrii ertaklar; b) hayvonlar haqidagi ertaklar
c) hayotiy-maishiy ertaklar d) hajviy ertaklar
96 Qaysi ertakdan ahillik hamma joyda g’olib chiqadi degan xulosa chiqarish mumkin.
a) ”Susambil” b) ”Laqma it” c) ”Ayiqpolvon” d) ”Ochil dasturxon”
97. “Bulbul" ertagida kapelmeystming sun'iy bulbul haqidagi kitobi necha jild?
A) 10 B) 22 C) 25 D) 2
98. “Uloqda” hikoyasi qahramoni Turg'unning yoshini epizodlar nutqidan necha yoshda ekanligini bilish mumkin?
A) 12 B) 14 C) 13 D) 10
99. “Bechora bultur hayitda manga yarim so'm hayitlik bergan edi. Shuning uchun, ilohi yaxshi bo'lsun deb ko'nguldan o'tquzdim” Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Mening o'g'rigina bolam” B) “Uloqda”
C) “Yazd cho'li” D) “Zulmat ichra nur”
100. Abdulla Qodiriy haqida ”...U faqat o’zbeklarning emas, Turkiston xalqlarining ham
sevimli adibi, ozodlik va istiqlol kuychisidir” deya kim fikr bildirgan?
a) Oybek b) I.Karimov
c) O.Sharafiddinov d) N. Karimov
101. l.”Kitoblar jangi”; 2. “Yangi ertaklar”; 3.”Dyumchaxon”; 4.”Yashil Qo’ng’iz”; 5.”Bochka cho’pchagi”; 6,”Movutfurush xatlari”; 7.”Suv parisi”. Ushbulardan qaysi birlari J. Svift ijodiga mansub?
a) l,2,3,4,5, b) 2,3,5,7
c) l,2,3,4,5,6,7. d) 1,5,6,
102. Jonatan Sviflga haqiqiy shuhratni olib kelgan asarini toping?
a) ”Movutfurush xatlari” b) ‘’Bochka cho’pchagi”
c) ”Kitoblar jangi” d) "Gulliveming sayohatlari”
103. Qaysi asar bir qarashda shunchaki kulgu uchun bitilgan bo’lib tuyulsada, uning zamirida
achchiq kinoya, zaharxanda yotishini ko’rish mumkin?
a) ”Movutfurush xatlari” b) "Bochka cho’pchagi”
c) "Gulliverning sayohatlari” d) ”Kitoblar jangi”
104. J.Svift qaysi asari orqali Angliya davlatining tartib-qoidalari, urf-odatlari ustidan kuladi?
a) "Bochka cho’pchagi” b) ”Movutfurush xatlari”
c) ”Kitoblar jangi” d) "Gulliverning sayohatlari”
105. "Gulliverning sayohatlari” asarida tasvirlangan qaysi joyning urf-odati, turmush-tarzi, tartibi Angliya davlatinikiga o’xshash.
a)”Brobdingneg” b)”Blefusku”
c) "Liliputiya” d)”Laputa”
106. "Gulliverning sayohatlari” asarida tasvirlangan, qaysi davlatda "Baland poshnalilar va past
poshnanilar” kabi partiyalar bor.
a) ’’Brobdingneg” b) "Liliputiya”
c)”Blefuski” d)”Laputa”
107. Liliputiya davlati qaysi davlat bilan arzimagan va kulgili sabablar doim kelisha olmaydi.
a) "Brobdingneg" b)"Bristol"
c) ’’Blefusku” d) ”Laputa”
108. Asar qahramoni nechanchi qismda ulkan odamlar yurti, Brobdingnegga sayohat qiladi.
a) ikkinchi qismda b) birinchi qismda
c) uchinchi qismda d) to’rtinchi qismda
109. Gulliver Liliputiyadagi odamlardan nafratlangan bo’lsa, qaysi mamlakat odamlarining tanti,
oliyjanobligi, ma’rifatparvarligiga qoyil qoladi?
a) ”Bristol” b) ’'Brobdingneg”
c) ’’Bfefusku” d) ”Laputa”
110. Qaysi shoirda onasi aytib beradigan ertak,dostonlar ta’siri uning ijodida muhim o’rin
tutgan?
a) M. Shayxzoda b) A.Avloniy
c) Cho’lpon d) H. Olimjon
111. H.Olimjonning birinchi she’rlar to’plami qacbon va qanday nom bilan chiqdi?
a) 1930- yil, ”Bahor” b) 1938- yil, "Sog’inish”
c) 1929- yil, ”Ko’klam” d) 1927- yil, ”Uyg’onish”
112. H.Olimjonning zamonaviy mavzudagi she’riy dramasi berilgan javobni belgilang.
a) ”Kuygay” b) ”Jinoyat”
c) ”Ofeliyaning o’limi” d) ”Tun”
113. H.Olimjonning tarixiy mavzudagi she’riy dramasi berilgan javobni belgilang
a) ”Jinoyat” b) ”Tun”
c) ”Muqanna” d) ”Jaloliddin Manguberdi”
114. Qaysi ertak-dostonda erksizlikka, zulmga, qullikka qarshi, keksa kishi va uning qizi bosh
ko’targanligi tasvirlangan?
a) ”Iskandar Zulqarnayn” b ) ”Kachal polvon”
c) ”Oygul bilan Baxtiyor” d) ”Umr haqida ertak”
115. Hamid Olimjon "Oygul bilan Baxtiyor” dostonida bolalik xotiralarini eslar ekan xalq
orasida mashhur bo’lgan, onasi ham aytib bergan qaysi ertaklarni eslaydi.
a) ”Susambil”,”OchiI dasturxon”
b) ”Zumrad va Qimmat”,” O’tinchi chol”
c) ”Ur To’qmoq ", "Mlalikayu Husnobod "
d) "Tohir va Zuhra”, ’’Yoriltosh”
116. Xalq ijodiyotining qaysi janrida bir-biriga o’xshash manzaralar, voqealar tez-tez uchrab turadi.
a) masalda b) ertakda c) naqlda d) loflarda
117. Qaysi ertak-doston qahramoni o’z hurligi yo’lida eng qaltis choralardan ham cho’chimay, qiz
bola boshi bilan maqsad sari dadil va ongli intiladi.
a) "Malikayu Husnobod” b) ’’Zumrad va Qimmat”
cJ '’Oygul bilan Baxtiyor” d) "Tohir va Zuhra”
118. Asarning nechanchi qismda Gulliver Buyuk akademiya bilan tanishib, umri behuda
sarflanayotgan olimlar ishini ko’radi.
a ) ikkinchi qismda b) birinchi qismda
c) uchinchi qismda d) to’rtinchi qismda
119.’’Oygul bilan Baxtiyor” ertagidagi ayrim voqealar quyida berilgan qaysi ertakda ham
uchraydi.
a) "Tohir va Zuhra” b) ’’Zumrad va Qimmat”
c) ”Malikayu Husnobod” d) ’’Yoriltosh”
120.”Oygul bilan Baxtiyor” ertagidagi aynan qaysi voqea, "Tohir va Zuhra” ertagida voqealarni esga soladi.
a) qo’zg’olon bo’lishi;
b) Oygulning o’zini daryoga tashlashi;
c) Oygulning sandiqda daryoda oqishi;
d) Oygulni baliq yutushi
121.’’Oygul bilan Baxtiyor” ertagida Baxtiyorning kasbi nima edi?
a) dehqon b) baliqchi c) o’tinchi d) podachi
122. ’’Oygul bilan Baxtiyor” ertagida qaysi qahramon "Qilichday o’tkir edi, Rustam kabi zo’r
edi” deya ta’riflanadi.
a) Tarlon b) baliqchi c) Jurjon xoni d) Baxtiyor
123.0ygul Baxtiyorning otasiga bergan ikki dona gavharni qayerdan topgan edi?
a)Jarjon xonining saroyidan b)daryodan topgan edi c) Jayhun baliqning ichidan d)Tarlon bergan edi
124.’’Oygul bilan Baxtiyor” ertagi qanday shaklda yozilgan?
a) yetti bo’g’inli she’r yo’lida;
b) besh bo’g’inli she’riy yo’lda;
c) olti bo’g’inli she’riy yo’lda;
d) sakkiz bo’g’inli she’riy yo’lda
125. Hamid Olimjonning dostonlari berilgan javobni belgilang
a) ”Zaynab va Omon”, ”Umr haqida ertak”, "Oygul bilan Baxtiyor”
b)”Roksananing ko’z yoshlari”, ‘’Iskandar Zulqarnayn”, “Semurg”
c) "Zaynab va Omon”, "Semurg”, ’’Roksananing ko’z yoshlari”.
d) ”Jinoyat” , "Jaloliddin Manguberdi", "Muqanna”
126. Voqealarni ma’lum bir sujet asosida bayon qilib beruvchi yirik she’riy asarlar.... deyiladi?
a) qissa b) ertak c) terma d) doston
127. Dostonlar yaratilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
a) xalq dostonlari va adabiy dostonlar
b) qadimiy dostonlar va yangi dostonlar
c) nasriy dostonlar va she’riy dostonlar
d) milliy dostonlar va xorijiy dostonlar
128. Qaysi dostonlarning muallifi aniq bo’lmaydi?
a)adabiy dostonlarning b) xalq dostonlarining
c) milliy dostonlarining d) nasriy dostonlarining
129. Dostonlarning qaysi turida, u baxshilar tomonidan kuylanadi va og’izdan og’izga,
avloddan avlodga o’tib, ba’zi bir o’zgarishlarga uchrashi mumkin?
a) nasriy dostonda b) she’riy dostonda
c) xalq dostonda d) adabiy dostonda
130. 0’zida ham ertaklarning, ham dostonlarning xususiyatlarini mujassam etgan janr qaysi?
a) ertakli doston b) dostonli ertak
c) doston d) ertak-doston
131. Ertak-doston yana qanday nomlanadi?
a) ertakli doston b) she’riy ertak
c) doston d) she’rli doston
132. Jahon adabiyotida ertak-dostonning ajoyib namunalarini yaratgan adiblar berilgan qatorni
toping?
a)Ubayd Zokoniy, A. Pushkin, H.K. Anderson, K. Ushunskiy
b) Ubayd Zokoniy, A, Pushkin, Oskar Uayld, Sharl Perro
c) Ubayd Zokoniy, A. Pushkin, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak
d) A, Pushkin, Korney Chukovskiy, Sharl Perro
133. 0’zbek adabiyotida ertak-doston janrining rivojiga munosib hissa qo’shgan adiblar kimlar?
a) A. Avloniy, Q. Hikmat, Z. Diyor, H.Olimjon, M. Shayxzoda, Q. Muhammadiy, P. Mo’min
b) Q. Hikmat, Z. Diyor, H.Olimjon, M. Shayxzoda,G’. G’ulom, A. Fitrat, Cho’lpon
c) H.Olimjon, M. Shayxzoda, Q. Muhammadiy, P. Mo’min, A. Qahhor, M. Osim, Y. Qurbon
d) S. Abduqahhor, Y. Qurbon, Z. Diyor, H.Olimjon, M. Shayxzoda, G'. G’ulom,
134. Hazrat mir Alisher Navoiyga nisbatan "G’azal mulkining sultoni” degan ta’rifni ilk bor
qo’llagan ijodkor shoir kim edi?
a) H. Olimjon b) Oybek c) G’. G’ulom d) M. Shayxzoda
135. M. Shayxzoda nima uchun 1928-yil o’z yurtidan, Toshkentga badarg’a qilindi?
a) zamonaviy adabiyotga nisbatan tanqidiy fikrlari uchun;
b) Ozorbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun;
c) turkiy xalqlar adabiyotiga oid maqolalari uchun;
d) ozodlikni kuylagan she’rlari uchun
136. Quyidagilardan qaysi biri Shayxzodaning 30-yillarda e’lon qilingan she’riy to’plamlari
hisoblanadi. l.”Kurash nechun”, 2."0’n she’r”, 3. ‘’Undoshlarim”, 4.”Ko’ngil deydiki”,5.”Jang va
qo’shiq”, 6.”Uchinchi kitob”, 7.”Jumhuriyat”
a) 2,3,6,7 b) l,2,3,5,7
c) 2,3,4,6,7 d) l,2,3,4,5,6,7
137. Shayxzodaning 40-yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrlarida butun insoniyatga tahdid
solayotgan fashizmni yo’q qilish, hayotni, tinchlikni saqlash, xalqni ruhan yengilmaslikka, matonatga da’vat etish kabi g’oyalar bosh mavzusi bo’lgan she’riy to’plamlari berilgan javobni belgilang.
l.”Kurash nechun”; 2."0’n she’r”; 3. "Undoshlarim”; 4.”Ko’ngil deydiki”;5. ”Jang va
qo’shiq”; 6.”Uchinchi kitob”; 7.”Jumhuriyat”; 8 .’’Kapitan Gastello”
a) 1,2,3,5,7 b) 2,3,4,6,7
c) 1,2,3,4,5,6,7 d ) 1,4,5,8
138. Shayxzodaning ‘’Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasi qaysi davrda yaratildi.
a) 30-yillarda b) 40-yillarda
c) 50-yillarda d) 60-yillarda
139. M.Shayxzodaning urushdan keyingi yillarda tinch hayot va yaratuvchilikni kuylagan she’rlaridan iborat qanday to’plamlari bor.
a)”0’n besh yilning daftari”, "Olqishlarim”, "Uchinchi kitob”, "Ko’ngil deydiki”
b) "Olqishlarim”, "Uchinchi kitob”, "Ko’ngil deydiki”,’’Zamon torlari", "Chorak asr devoni”.
c)”0’n besh yilning daftari”, "Olqishlarim", ’’Chorak asr devoni”, "Zamon torlari”, "Shu’la”.
d) "Olqishlarim”, "Uchinchi kitob”, "Ko’ngil deydiki”,’’Zamon torlari”.
140. M.Shayxzoda 1957-yil qadim poytaxtimiz Toshkent haqida qanday asar yaratdi?
a) ”Poytaxtnoma” dostoni \
b) ”Ko’hna Shosh” dostoni
c) ”Toshkent” balladasi
d) "Toshkentnoma” dostoni
141. Shayxzoda drama janrida qaysi tarixiy shaxslar haqida asarlar yozdi.
a) Amir Temir va Mirzo Ulug’bek
b) Beruniy va Muqanna
c) Jaloliddin Manguberdi va Mirzo Ulug’bek
d) Ibn sino va Farobiy
142. Shayxzoda jahon adabiyoti namoyondalari bo’lgan qaysi ijodkorlardan tarjimalar qildi
a)Shekspir, Pushkin, Lermontov, Chexov, Gorkiy
b) Shekspir, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Nozim Hikmat
c) Mayakovskiy, Nozim Hikmat, Lermontov, Chexov, Gorkiy
d) Tolstoy, Samuil Marshak, Mayakovskiy, Nozim Hikmat
143. Shayxzoda adabiyotshunos olim sifatida qaysi ijodkor haqida chuqur ilmiy tadqiqotlar yaratdi.
a) Mashrab haqida b) Bobur haqida
c) Ogahiy haqida d) Navoiy haqida
144. O’zbek adabiyotida ertak-doston janrida qaysi ijodkor yuksak mahorat ko’rsatgan?
a) Hamid Olimjon b)Oybek
с ) M. Shayxzoda d) Zafar Diyor
145. Hamid Olimjonning 30-yillarda yaratilgan, yosh kitobxonlar orasida mashhur bo’lgan dostonlari qaysi?
a)”Oygul bilan Baxtiyor”,’’Muqanna”.
b ) "Oygul bilan Baxtiyor”, "Semurg' ”.
c) ’’Oygul bilan Baxtiyor”, "Ofeliyaning o’limi”
d) ’’Oygul bilan Baxtiyor”,”Ko’klam”
146. ”lskandar Zulqarnayn” asarida "Bu-bir dard, bu-yuk edi, Tog’lardan buyuk edi ” tarzida ifodalangan holatda nima nazarda tutilgan.
a) Iskandar boshidagi shox;
b) sartaroshning sirni saqlashi;
c) chohdagi qamishlar;
d) cho’pon yigitning nay chalishi;
147. ’’Iskandar Zulqarnayn” asarida "Go’yoki lashkari Rum...” deya tasvirlangan narsa nima
edi?
a) Iskandarning qo’shini; b) Iskandar boshidagi shox; c) cho’pon yigit qo’ylari; d) chohdagi qamishlar
148. Qaysi asarda "dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni qanchalik
yashirmang, u baribir oshkor bo’ladi” degan ibratli g’oya ilgari suriladi?
a) ”Burgut bilan zog’cha, cho’pon.
b) ”Oygul bilan Baxtiyor”
c) "Iskandar Zulqarnayn”
d) ”Kiyik bilan tokzor”
149. "Iskandar Zulqarnayn” asarida "dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni
qanchalik yashirmang, u baribir oshkor bo’ladi” degan g’oyani ifodalab kelgan ramziy timsol nima?
a) nay b) qamishlar c) shox d) sartarosh
150. Qaysi jahon adibi muhtojlik tufayli universitetning diniy bilimlar fakultetini tashlab kefadi?
a) H. Anderson b) J.Svift
c) A. De . Ekzyuperi d) Sharl Perro
151. Gulliver qaysi yurtda haqiqiy olimlar ustidan emas, soxta fan kishilari ustidan kuladi?
a) "Bristol” b) ’’Blefusku”
c) ’’Brobdingneg” d) ’’Laputa”
152. Qaysi asarda uyni poydevoridan emas, balki tomidan boshlab qurish loyihasi ustida ishlayotgan olim keltirilgan.
a) ”Bulbul” b) ”Bochka cho’pchagi”
c) ’’Gulliverning sayohatlari”
d) ”Movutfurush xatlari”
153. 14 yoshida hayotining muhim davri boshlangan adiblar qatorini tanlang.
A) Buxoriy, Ezop B) H.OIimjon, Shayxzoda
C) Svift, Andersen D) Andersen, Shayxzoda
154. Andersenning birinchi yirik asari janri va nomi
A) ertaklar to'plami, “Tarixlar”
B) roman, “Improvizator”
C) qissa, “Improvizator”
155. Adersenning bolalar va kattalar uchun birday maftunkor ertaknavisligining sababi nimada?
A) tarix va haqiqatni yoritganida
B) hayvonlar obrazidan foydalanganida
C) jonli hayot bilan bog'Iiq hikoyalarni qo'llaganida
D) fantastik dunyoni kashf etganida
156. Andersenning jonli inson muhitiga yaqinlikda berilgan asarlari qatorini toping.
A) “Dyumchaxon”, “Suv parisi”
B) “Qor malikasi", “Bronza to'ng'iz”
C) “Qor malikasi”, “Bulbul”
D) A va С E) A va В
157. Andersenning jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so'zlashlari qaysi ertak qahramonlarida uchraydi?
A) “Bulbul” B) “Bronza to' ng' iz”
C) “Kumush tangacha” D)BvaC E)AvaC
158. Qaysi asar bir jodugarning yasagan ko'zgusi namoyishi bilan boshlanadi?
A) “Qor malikasi” B) “Bulbul”
C) “Oppog oy” D) “Jodugarning oynasi”
159. Andersenning qaysi asarida bir bema'ni, qabih narsa paydo bo'lsa va uning oldi olinmasa, u butun dunyoga, odamlarga salbiy ta’sirini ko'rsatishi mumkin degan fikr ilgari suriladi?
A) “Bulbul” B) “Bronza qo' ng'iz”
C) “Kumush tangacha” D) “Qor malikasi”
160. Andersenning qaysi qahramoni ezgu maqsad yo'lida har qanday mashaqqatlarga dosh berish kabi yuksak tuyg'ular bilan tasvirlangan?
A) Gerda B) Kay C) Bulbul D) Imperator
161. Qor malikasi Kayga muz bo'laklaridan qanday so'zni yozsa ozod qilishini bildiradi?
A) muruvvatlik B) mangulik C) yovuzlil
162.
163.
165. J. Svift Gulliverning qaysi yurtga bo’lgan sayohatini o’tkir zaharxanda, nafratli kulgu bilan
tasvirlaydi.
a)"Guigngnmlar" b) ’’Blefuski”
cjr’Brobdingneg” d ’’Laputa”
166.Asardagi qaysi yurtdagi odamlari Sviftning Angliyadagi vatandoshlarini eslatadilar.
a)’’Blefuski” b)‘’Guigngnmlar”
c) ’’Brobdingneg” d)’’Laputa”
167.Asardagi qaysi yurtda ikki oyoqli mahluqlar yexular va halol mehnat bilan kun ko’ruvchi otlar
yashaydi.
a)’’Blefuski” b) ‘’Guigngnmlar1
c)’’Brobdingneg” d)’’Laputa”
168.Gulliverning asli kasbi nima?
a) huquqshunos b) me’mor с) shifokor d) duradgor
169. Gulliver dastlab qaysi kemaga jarroh bo’lib ishga kiradi.
a) ”Ohu” b) "Qaldirg’och” c) ”Oqqush” d) kemaning nomi yo’q edi
170.
Javoblar:
1d2c3b4a5c6c7a8a9b10c11c12a13a14a15b16a17d18b19a20b21c22a23c24a25b26a27a28b29a30c31b32b33b34c35a36c37b38b39a40b41b42b43b44d45c46a47c48b49c50b51d52a53c54a55c56c57d58a59c60c61d62a63c64b65a66c67b68d69b70a71d72b73b74c75d76b77d78c79c80a81c82d83b84c85a86c87a88d89c90b91a92b93c94a95a96a97c98a99b100b101d102d103c104d105c106b107c108a109b110d111c112b113c114c115d116b117c118c119a120c121d122d123c124a125c126d127a128b129c130d131b132c133a134d135b136a137d138b139c140d141c142b143d144a145b146b147d148c149a150b151d152c153c154b155c156d157d158a159d160a161b162c163d164a165a166b167b168c169b170a
Do'stlaringiz bilan baham: |