1. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiyning hayoti va faoliyati haqida so‘zlang



Download 16,79 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi16,79 Kb.
#721167
Bog'liq
3-nazorat savollar javoblar


Nazorat savollari
1. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiyning hayoti va faoliyati haqida so‘zlang.
2. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiy haqida allomalar fikrlari tahlili.
3. Abu Turob an-Naxshabiy an-Nasafiyning ilm-fanga qo‘shgan hissasi nimalar?

Ulug‘ ajdodimiz Abu Muin Nasafiy XI asrda yashagan, islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan allomalardan biridir. Ushbu ulug‘ zot 1027 yili Nasaf yaqinidagi Ibsan (hozirgi Qovchin) qishlog‘ida tug‘ilgan va uzoq muddat Buxoro hamda Samarqand shaharlarida ilmu ijod bilan shug‘ullangan, 1114 yili 87 yoshida Samarqandda vafot etgan. Abu Muin Nasafiy yozgan o‘nlab kitoblarning aksariyati kalom ilmi masalalariga bag‘ishlangan. Ana shu nodir kitoblarning o‘nlab qo‘lyozma nusxalari dunyoning ko‘plab kutubxonalarida saqlanmoqda. Buyuk bobomizning ilmiy asarlari bugungi kun uchun ham g‘oyat ahamiyatlidir. Shu ma’noda davlatimiz rahbari 2017 yil 24-25 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi asnosida bu ulug‘ zotning Qarshi tumani, Qovchin qishlog‘idagi muqaddas qadamjosini obod ziyoratgohga aylantirish, ziyoratchilarga zarur sharoitlar yaratish, ushbu maskanda kutubxona tashkil etish va alloma asarlarini tarjima qilib xalqimizga yetkazish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bergani ayni muddao bo‘ldi. Bu haqda so‘z borganda, albatta, 2017 yil 15 iyunda bo‘lib o‘tgan “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti ma’naviy meros masalasiga alohida to‘xtalib, “Keyingi vaqtda men joylarda bo‘lib, hududlarimiz hayoti bilan yanada yaqindan tanishar ekanman, shunday bir fikrga ishonch hosil qilayapmanki, biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ulug‘ olimu ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yo‘q, – deya qayd etganini esga olish lozim. – Misol uchun, Qashqadaryo zaminida buyuk alloma, moturidiya ta’limotining yirik vakili Abu Muin Nasafiy bobomiz yashab o‘tganlar. U kishi uzoq muddat Buxoro va Samarqandda tahsil olib, kalom ilmi, ya’ni islomiy e’tiqod pokligi masalasida 15 ga yaqin kitob yozganlar. Ana shu kitoblarida bundan ming yil oldin din masalasida adashganlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatganlar”, – deb ta’kidlagandi mamlakatimiz rahbari.


O‘shanda Nasafiy bobomiz (to‘liq ism-shariflari Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Mo‘tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy) ziyoratgohida muazzam majmua barpo etish, bu ulug‘ zotning kitoblarini tarjima qilish va nashrdan chiqarishning muhim ahamiyatga ega ekani haqida ham so‘z bordi. Mamlakatimizning barcha hududlarida dinimiz ravnaqi yo‘lida beqiyos xizmat qilgan buyuk aziz avliyolar, alloma zotlar xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmualari, ilmiy markazlar faoliyat ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratildi.
Prezidentimizning “Qashqadaryoda Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘ladi. Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi”, – deya bildirgan qimmatli takliflari asosida bu yerda ana shu ilmiy maktab o‘z faoliyatini boshladi. Binobarin, aqoid ilmida bitilgan jamiki manbalar, sharh va hoshiyalarda Imom Abu Muin Nasafiy nomi tilga olingani hamda uning “Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom” (“Kalom ilmida dalillar tilga kirganda”) asaridan iqtibos keltirilgani yoki unda bayon qilingan hukm e’tirof etilganini ko‘rish mumkin. _
Abul Muin Nasafiyning ilmiy merosi. Abu Mansur Moturidiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, ulug‘ Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Mo‘tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy milodiy 1027 yili Nasaf, ya’ni Qarshida tug‘ilgan. Abdulkarim Sam’oniy Abul Muin Nasafiy ismiga “Ibsoniy”ni ham qo‘shib aytadi va Ibson qishlog‘i Qarshi shahridan bir farsah (taxminan 5-6 chaqirim) uzoqlikda joylashganini ta’kidlaydi. Abul Muin Nasafiy shu qishloqda tug‘ilgan. Uning katta bobosi Makhul Nasafiy (vafoti 930 y.) Imom Moturidiyning shogirdlaridan edi. Bobosi Mo‘tamid ibn Makhul Nasafiy hanafiy olimlar orasida mashhur edi. Abul Muin boshlang‘ich bilimlarni bobosi va otasidan oladi. Keyinchalik Abul Yusr Pazdaviyga shogird bo‘ladi.
Abul Muin Nasafiy Buxoro va Samar­qandda yashab, samarali ijod qilgan. Uning shogirdlari orasidan Alouddin Samarqandiy, Ibrohim Saffor Buxoriy kabi olimlar yetishib chiqqan.
Abul Muin Nasafiy asarlarining ko‘pi kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. “Al-umda fi usulil fiqh”, “Bahrul kalom fi ilmil kalom”, “Tabsiratul adilla fi ilmil kalom”, “At-tamhid li qova’idit tavhid fi ilmil kalom”, “Al-olim val muta’llim”, “Izohul mahajati li kavni ahli hujjatan”, “Sharhul jome’ul kabir lish-Shayboniy fi furu’” va “Mu’taqidot” kabi asarlari shular jumlasidandir.
Olimning “Bahrul kalom fi ilmil kalom” asari moturidiya maktabining kalom bo‘yicha asosiy manbalaridan biridir. U o‘rta asrlarda katta shuhrat qozongan, o‘sha davrda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxalari hozir Dubay, Damashq, Bag‘dod, Qohira va Iskandariya kutubxonalarida saqlanmoqda. Olimning ushbu asari uchta katta asari orasida (“Tabsiratul adilla”, “At-tamhid li qova’idit tavhid”, “Bahrul kalom”) birinchi bo‘lib nashr etilgan.
Abul Muin Nasafiyning mashhur asarlaridan yana biri “Tabsiratul adilla fi usulid din ala toriqil imom Abu Mansur Moturidiy” (“Din asoslarini imom Abu Mansur Moturidiy tariqatiga binoan dalillar bilan sharhlash”)dir. Nomidan ham ma’lum, asarda moturidiya ta’limoti dalillar bilan sharhlanadi.
Allomaning kalom ilmiga oid yana bir mo‘jaz kitobi “Kitobut tamhid li qova’idit tavhid” asaridir. Jahon kutubxonalarida kitobning ko‘plab nusxalari saqlanadi. Yaqinda Turkiyada bu asar Istanbul kutubxonalarida saqlanayotgan qo‘lyozma asosida qayta nashr etildi.
Abul Muin Nasafiy Abbosiylar hukmronligi zaiflashib, inqirozga yuz tutayotgan davrda yashab ijod qildi. Bu davrda ulkan imperiya bir necha mustaqil mamlakatlarga bo‘linib ketdi, siyosiy ahvol ancha keskinlashdi. Bu holat ilm sohasiga salbiy ta’sir qilmadi. Aksincha, yuksak madaniyat markazi bo‘lgan poytaxt Bag‘dodga bellashadigan Qurtuba, Qohira, Buxoro kabi madaniyat o‘choqlari paydo bo‘ldi. Shunday ilm-irfon markazlarida Abul Muin Nasafiydek buyuk olimlar yetishib chiqdi.
Alloma mol-dunyoga qiziqmadi, parhezkor, faqih, muhaddis, mutakallim bo‘lib, qat’iy dalillar bilan salaflarning fikrlarini mustahkamladi, mo‘tazila, jahmiya, rofiziya, xorijiya kabi muxolif firqalarga qarshi turib, ularning aqidasi botilligini aniq, ishonchli hujjatlar bilan isbotlab, odamlar orasida ilmu ma’rifat ziyosini sochdi. Abul Muin Nasafiy milodiy 1114 yili vafot etdi. Qabri Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi Qovchin qishlog‘ida.
Abul Muin Nasafiy xususida so‘z. Abul Mu’iyn Maymun ibn Muhammad ibn Mo‘tamid ibn Muhammad ibn Makhul ibn al-Fazl an-Nasafiy al-Makhuliy “Islom qonunshunosligida va kalom ilmida Hazrati Moturidiydan keyin turadigan alloma”, – deb tavsiflangan tarixiy manbalarning birida. Olimning asarlarini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilishning ahamiyati shunda ko‘rinadiki, Abu Muin Nasafiy davridagi turli aqidaviy g‘oyalarni ko‘tarib chiqqan oqimlar va aqidaviy yo‘nalishlarning kelib chiqish sabablarini aniqlash, chalkash aqidaviy masalalarga yechim izlash, aqidaviy oqimlarning ta’limotlariga asosli raddiyalar bera olish bugungi kunda ham shu sohadagi muammolarni bartaraf etishdagi to‘g‘ri yondashuvni shakllantirishning muhim omilidir.
Abu Muin Nasafiyning shogirdi Abu Hafs Umar Nasafiy u kishini: “Ilmi dengizdek hovuchlab ichiladigan zot, Sharqu G‘arbning olimi”, – deb ta’riflagan edi_. U kishi Mo‘tazila, Hanbaliya, Jahmiya, Rofiziya, Xavorijiy va boshqa firqa vakillariga inkor etib bo‘lmas hujjatlar bilan dalil keltirgan buyuk olimdir. U ilmni odamlarga tarqatdi. Shogirdlari uni maqtab “Umarun Nasafiy” (“Nasaflik Umar”), – deb atashdi.
Najmuddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiyning “Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand” (“Samarqand ulamolari xotirasiga doir qanddek shirin kitob”) asarida bu olim haqida shunday deyilgan: “Sharqu G‘arbning olimu ulamolari Abu Muin Nasafiy ilmining dengizidan bahra topib, u taratgan ziyo nurlarini ko‘zlariga to‘tiyo qilib surtganlar”. Kalom ilmining yirik namoyandalari Abulhasan Ash’ariy va Abu Mansur Moturidiy asarlaridan ta’lim olgan Abu Muin Nasafiy kalom ilmida yetuk alloma sifatida kalomning turli masalalariga oid 15 ga yaqin asarlar yozgan. Ulardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
1. “Al-Umda fi usulil-fiqh” (“Fiqh usullari tayanchi”).
2. “Tabsiratul-adilla fi ilmil-kalom” (“Kalom ilmidagi dalillar ko‘zgusi”).
3. “At-Tamhid li qavoidit-tavhid fiy ilmil-kalom” (“Kalom ilmidagi tavhid qoidalar uchun yagona kitob”).
4. “Olim va mutaallim” (“Olim va ilm o‘rganuvchi”).
5. “Izoh va mahajja li kavnil-aql hujjatan” (“Aql dalilligini izoh va hujjatlar bilan asoslash”).
6. “Manohijul-aimma fil-furu’” (“Imomlarning huquqshunoslik bo‘yicha tutgan yo‘llari”).
7. “Mu’taqidot” (“E’tiqodlar”). Bu asarning bir qo‘lyozmasi O‘zR FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda
8. “Bahrul-kalom” (“Kalom dengizi”). Bu asar alloma ijodining gultoji hisoblanadi. Asar islom falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo‘yicha eng qimmatli manbadir. Uning qo‘lyozmalari Dubay, Damashq, Iskandariya kutubxonalarida saqlanmoqda. 1886 yili Bag‘dodda, 1908 yili Qohirada nashr etilgan.
Abul Muin Nasafiy moturidiya mazhabining taraqqiy etishiga eng ko‘p hissa qo‘shgan olimlardan hisoblanadi. U zot tufayli Nasafga “Qubbat-ul ilm va-l-adab” (“Ilm va adab qubbasi”) degan sharafli nom berilgan.
Abu Muin Nasafiy 1114 yili vafot etgan.
Download 16,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish