293. Yelka-atlant muskuli qaysi hayvonda uchramaydi?
A. otda
B. itda
D. chuchqda
E. qoramolda
294. Yelkaning ikki boshli muskuli qaysi guruh muskullarga kiradi?
A. bukuvchi
B. yozuvchi
D. uzoqlashtiruvchi
E. yaqinlashtiruvchi
295. Yirtqich hayvonlarda barmoq uchi organi qanday ataladi?
A. changal
B. tuyoq
D. tirnoq
E. tuyoqcha
296. Yirtqichlar, otlar, cho‘chqalarda mavjud oshqozon qanday oshqozon?
A. bir kamerali
B. ko‘p kamerali
D. ikki kamerali
E. uch kamerali
297. Yonbosh ichak lotin tilida qanday nomlanadi?
A. intestinum ilium
B. intestinum jejinum
D. intestinum duodenum
E. lobus hepatis
298. Yorg’oq qaysi organning tarkibiy qismi hisoblanadi?
A. urug’don xaltasining
B. urug’donning
D. qin pardoning
E. muskul pardoning
299. Yorilgan graaf pufakchasi o‘rnida nima hosil bo‘ladi?
A. sariq tana
B. biriktiruvchi to‘qima
D. oq tanacha
E. muskul to‘qima
300. Yoshi kata parrandalarning qaysi suyaklarida ilik modda bo‘ladi?
A. boldir va panja
B. faqat boldir
D. son
E. tovon
301. Yovvoyi qushlarda ichakning uzunligi tanasiga nisbattan necha barobar uzun bo‘ladi?
A. 1,5-2 barobar
B. 2-2,5 barobar
D. 2,5-3 barobar
E. 3,5-4 barobar
302. Yo‘g‘on bo‘lim ichaklarga qaysi ichaklar kiradi?
A. ko‘richak, chambar ichak va to‘g‘ri ichak
B. ko‘richak, achchiq ichak va to‘g‘ri ichak
D. achchiq ichak, chambar ichak va to‘g‘ri ichak
E. ko‘richak, chambar ichak va yonbosh ichak
303. Yumshoq tavonda, shoxga aylangan organlarda va elin so‘rg‘ichlarida teri bezlarining qaysi biri bulmaydi?
A. yog‘ bezlari
B. prostata bezi
D. pufakchasimon bez
E. kapsulyar bez
304. Yuqorigi va pastki qovoqlar lotin tilida qanday ataladi?
A. palpebral superior et inferior
B. angulus oculi lateralis
D. angulus ocul medialis
E. palpebral tertia
305. Yuqorigi va uchinchi qovoq bezlaridan, yosh kanalidan, yosh xaltachasi va ko‘z yoshi-burun yo‘lidan tashkil topgan organ qanday nomlanadi?
A. ko‘z yoshi apparati
B. ko‘rish analizatori
D. ko‘rish do‘mbog’i
E. ko‘z qorachig’i
306. Yurak bo‘lmachalari bilan qorinchalari o‘rtasidagi ko‘ndalang ariqchada nima joylashadi?
A. o‘ng va chap toj arteriyalar
B. kapillyar qon tomirlari
D. aorta
E. o‘pka arteriyasi
307. Yurak bO‘lmalari to‘sqichlarining pastroq qismida ovak teshikning pastida qanday tugun joylashadi?
A. atrioventrikulyar tugun (Ashoff-TavarA)
B. sinus tuguni (Keyt-Flek)
D. nerv-muskul tuguni
E. epiteliy-nerv tuguni
308. Yurak devori qaysi qavatlardan iborat?
A. endokard, miokard, epikard
B. endokard, miometriy, piometriy
D. endometriy, perimetriy, miokard
E. gipokard, miokard, epikard
309. Yurak muskullari, silliq muskullar va bez to‘qimalari qaysi nerv tizimi tomonidan boshqariladi?
A. vegetativ nerv tizimi
B. somatik nerv tizimi
D. periferik nerv tizimi
E. markaziy nerv tizimi
310. Yurak qaysi bo‘limlardan tashkil topgan?
A. chap va o‘ng qorincha, chap va o‘ng bo‘lmacha
B. o‘ng bo‘lmacha, o‘ng qorincha
D. chap va o‘ng qorincha, O‘ng bO‘lmacha
E. chap va o‘ng bo‘lmacha, chap qorincha
311. Yurak qaysi qon tomirlar orqali oziqlantiriladi?
A. O‘ng va chap toj arteriyalar orqali
B. aorta orqali
D. O‘pka arteriyasi orqali
E. umumiy uyqu arteriyasi orqali
312. Yurakning chap bo‘lmasining yuqorigi tomonida qaysi teshik ochiladi?
A. O‘pka venasi teshigi
B. oldingi kovak vena teshigi
D. keyingi kovak vena teshigi
E. O‘pka arteriyasi
313. Yurakning chap bo‘lmasiga quyiluvchi qon tomirga nima deyiladi?
A. o‘pka venalari
B. yurak venalari
D. oldingi kovak vena
E. keyingi kovak vena
314. Yurakning chap qorinchasidan chiquvchi qon tomir qanday ataladi?
A. aorta
B. arteriya
D. o‘pka arteriyasi
E. toj arteriya
315. Yurakning ikki tabaqali klapani qayerda joylashgan?
A. chap qorincha bilan chap bo‘lmacha o‘rtasida
B. o‘ng qorincha bilan o‘ng bo‘lmacha o‘rtasida
D. o‘ng qorincha bilan o‘ng bo‘lmacha o‘rtasida
E. chap qorincha bilan o‘ng qorincha o‘rtasida
316. Yurakning o‘ng bo‘lmasining yuqorigi tomonida qaysi teshik ochiladi?
A. oldingi va keyingi kovak vena teshigi
B. oldingi va o‘pka kovak vena teshigi
D. o‘pka arteriyasi
E. yurak venalari teshigi
317. Yurakning o‘ng bo‘lmasiga quyiluvchi qon tomirga nima deyiladi?
A. oldingi va keyingi kovak venalar
B. oldingi kovak vena, toj vena
D. o‘pka va oldingi kovak venalar
E. o‘pka va keyingi kovak venalar
318. Yurakning tashqi qavati nima deyiladi?
A. epikard
B. perikard
D. endokard
E. miokard
Do'stlaringiz bilan baham: |