partiyadan Franklin Ruzvelt nomzodi qo‗yildi. Qatorasiga to‗rt
marta (1932, 1936, 1940, 1944) saylangan yagona shaxs. 1932-yil
aprelda bo‗lib o‗tgan prezidentlik saylovlarida Gindenburg g‗olib
chiqdi, Gitler undan sal ortda qoldi.
182
1933 yilda Millatlar ligasidan chiqarilgan
davlat? Yaponiya.
Yaponiya.
183
1935- yild qaysi davlatda chodra o'rab yurishi
bekor qilindi? Eron.
Eronda 1935-yili chodra o‗rab yurishni bekor qilish to‗g‗risida
qonun qabul qilindi.
184
1935-yilda ayollar paranjiga oʻxshgan narsani
taqib yurishni taqiqlagan davlat lekin nomi
paranji emas. Eron.
1934-yilda Tehron universiteti ochildi. 1935-yilda ayollarning
paranjisiz yurishi haqida qonun chiqarildi. Eron.
185
1939-yilda qaysi davlatda Deputatlar palatasini
tarqatib yuborildi??? Italiyada.
1938-yili Mussolini irqiy qonunlar chiqardi, 1939-yil boshida esa
Deputatlar palatasini tarqatib yuborib, uning o‗rniga Katta
fashistik kengash tuzdi. Italiyada.
186
1939-yilda qaysi davlatda Deputatlar palatasini
tarqatib yuborilib, uning o‗rniga Katta fashistik
kengashi tuzildi? Italiyada.
Italiyada.
187
1941- yil SSSR qaysi davlat bilan hujum
qilmaslik toʻgʻrisida shartnoma imzoladi???
Yaponiya.
1941-yil Moskvada o‗zaro hujum qilmaslik to‗g‗risida sovet-
yapon shartnomasi imzolandi. 1939-yil 23-avgust kuni Moskvada
SSSR va Germaniya o‗rtasida o‗zaro hujum qilmaslik
to‗g‗risidagi shartnoma (Molotov-Ribbentrop pakti) imzolandi.
188
1941-yil Rossiya qaysi davlat bilan shartnoma
tuzgan? Yaponiya.
1941-yil Moskvada o‗zaro hujum qilmaslik to‗g‗risida sovet-
yapon shartnomasi imzolandi.
189
1942-yil 27-martda SSSR Oliy Soveti
Prezidiumining farmoni bilan 26 nafar ofitser
va oddiy askarlarga Sovet Ittifoqi Qahramoni
yuksak unvoni berildi.
Sobir Rahimovga 1965-yil 9-mayda Sovet Ittifoqi Qahramoni
unvoni berildi. Dnepr uchun olib borilgan janglarda qahramonlik
ko‗rsatgani uchun 26 nafar o‗zbek yigitiga Sharif Ergashev va
Xalloq Aminov.Berlinni zabt etgan jangchilar orasida Sovet
Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor bo‗lgan toshkentlik Botir
Boboyev va Solih Umarov, marg‗ilonlik Tojiali Boboyev ham
bo‗lgan.
190
1943-yil noyabrda Gomel shahri atrofida vafot
etgan o‗zbek shoiri??? Sulton Jo‗ra.
Belorusiyani ozod qilish uchun bo‗lgan janglarning birida 1943-
yil noyabrda Gomel shahri atrofida iste‘dodli o‗zbek shoiri Sulton
Jo‗ra 33 yoshida mardlarcha halok bo‗ldi.
191
1944-yili ittifoqchilar qayerlarni fashistlardan
ozod qildilar? Fransiya va Belgiyani. 1944-yili
Sovet Ittifoqi o‗z hududini to‗liq ozod qildi,
sovet qo‗shinlari Sharqiy Yevropaga kirib
keldi.
1944-yili ittifoqchilar Fransiyaning shimoli-g‗arbiga qo‗shin
tushirib, Fransiya va Belgiyani ozod qildi. Urush Germaniyaning
o‗z hududlariga yetib keldi.
192
1945-1991 yillar xususiyatlari...???
Ikkinchi bosqich (2-bosqich) 1945-1991 yillarni o‗z ichiga oladi.
Bu bosqich mazmunini mustamlaka tizimining qulashi va ko‗plab
mustaqil davlatlarning tashkil topishi, «sovuq urush», dunyoni
yadroviy halokat yoqasiga olib kelgan qurollanish poygasi tashkil
qiladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan sotsialistik
lager bilan G‗arb mamlakatlari o‗rtasidagi global qarama-
qarshilik bu davrning xarakterli jihati hisoblanadi.
193
1945-yil 30-aprel kuni nima sodir bo‘ldi???
Gitler, Gimmler, Gebbelslar o'z jonlariga qasd.
1945-yil 30-aprel kuni Germaniya rahbarlari A. Gitler, Gimmler,
Gebbelslar o'z jonlariga qasd qildilar. Gitlerning jasadi benzin
sepib yoqib yu-borilgan. Bu voqea sovet jangchilari tomonidan
reyxstag binosiga qizil bayroq-g'alaba bayrog'i ilingan kunda
sodir bo'ldi. In-soniyat jallodining qismati ana shunday poyoniga
yetdi. Eski kitob.
194
1945-yil avgust Qaysi voqea Xitoy
Kommunistik partiyasi bilan Gomindan
o‗rtasida muzokaralar?
1945-yil avgustda SSSR va AQSH vositachiligida. Chan Kayshi
hukumati BMTni tuzishda faol qatnashdi va buyuk davlat sifatida
Xavfsizlik Kengashining (5 ta) beshta doimiy a‘zolaridan biri
bo‗ldi. 1945-YIL AVGUSTDA SSSR VA AQSH
VOSITACHILIGIDA Xitoy Kommunistik partiyasi bilan
Gomindan o‗rtasida muzokaralar bo‗lib, o‗zaro dushmanlik
harakatlarini to‗xtatishga kelishildi.
195
1946-yilda tuzilgan «Bolalarga yordam
ko‗rsatish xalqaro jamg‗armasi» qisqartirilgan
holda YUNISEF deb ataladi.
YUNISEF dunyo bolalariga ko‗rsatgan yordami uchun 1965-yilda
xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.
196
1946-yilda xalqaro sudda jinoyatchilardan
12 nafari o‗lim jazosiga hukm qilindi. Qolganlariga uzoq muddatli
yoki umrbod qamoq jazosi belgilandi.
197
1947-yilda 600 km dan iborat Chorjo‗y-
Qo‗ng‗irot temir yo‗li qurildi.
1947-yilda 600 km dan iborat Chorjo‗y-Qo‗ng‗irot temir yo‗li
qurildi.
198
1947-yilda Toshkentda
ilk marta trolleybuslar qatnay boshladi.
199
1947-yili kommunistlarning poytaxti Yanan
shahrini kim egallab oldi??? (YANAN
SHAHRI)
Kommunistlar bilan gomindanchilar o‗rtasidagi munosabatlar
ham yomonlashib bordi. Hech kim kutmagan holda 1946-yil
iyunda Xitoyda fuqarolar urushi qaytadan boshlandi. AQSH
tomonidan qo‗llab-quvvatlangan CHAN KAYSHI armiyasi 1947-
yili kommunistlarning poytaxti YANAN SHAHRINI egallab oldi.
Ammo bu fuqarolar urushida gomindanchilarning oxirgi g‗alabasi
bo‗ldi.
200
1948-yil 1-yanvar qaysi davlat konstitutsiyasi
qabul qilindi? Italiya.
1948-yil 1-yanvardan ITALIYAning yangi konstitutsiyasi kuchga
kirdi.
201
1949 yilda tuzilgan tashkilotlarni aniqlang.
O‗IYK va NATO.
O‗zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‗IYK) va Shimoliy
Atlantika Shartnomasi tashkiloti (NATO)
202
1949-yilda tashkil topgan tashkilotlarni
aniqlang? (O‗IYK) va (NATO).
1949-yil yanvarda SSSR va Sharqiy Yevropaning ko‗pchilik
davlatlari iqtisodiy ittifoq - O‗zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi
(O‗IYK) tuzilganligini e‘lon qildilar. O‗z navbatida G‗arb
davlatlari 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi
tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy tashkilotni
tuzdilar. NATOga javob tariqasida 1955-yili SSSR va Sharqiy
Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi Varshava
Shartnomasi Tashkiloti tuzildi.
203
1950 yil qabul qilingan, hajmi boʻyicha
dunyodagi eng katta Konstitutsiya. 395 modda,
12 ilova, 500 tuzatishdan iborat.
Hindiston boʻlsa k.k. yana bilmadim.
204
1950-yil qabul qilingan, hajmi boʻyicha
dunyodagi eng katta Konstitutsiya.
395 modda, 12 ilova, 500 tuzatishdan iborat.
205
1950-yilda Amerikakadrlar tayyorlashning
amerikacha standartlari joriy qilgan davlat???
Yaponiyada.
Amerikaliklar yaponlarni eng zamonaviy biznes usullari bilan
tanishtirib bordi. 1950-yildan kadrlar tayyorlashning amerikacha
standartlari joriy qilindi. Yapon mahsulotlarining sifatini
oshirishga katta e‘tibor qaratildi. Edvards Deming va boshqa
amerikalik mashhur iqtisodchilar ma‘ruzalar bilan chiqdi.
Yaponiya iqtisodini boshqarish davlat tizimi yaratildi. Bu
tadbirlar 1950-1960-yillarda Yaponiyaning to‗liq iqtisodiy
tiklanishiga olib keldi.
206
1956 yil eng katta Gaz koni? Gazli.
1956-yili Buxoro viloyatida dunyoda eng yirik va ulkan Gazli
neft-gaz konining topildi.
207
1960-yilda nechta Afrika davlati mustaqillikka
erishgan? 17 ta.
17 ta.
208
1960-yilgigi islohotlar???
1960-yillarda Xitoyni rivojlantirishning «Katta sakrash», 1960-yil
«Afrika yili» 17 ta yangi
209
1961-1971 yillarda O‗zbekiston SSR
Ministrlar Sovetining raisi kim??? Rahmonqul
Qurbonov
1961-1971 yillarda Rahmonqul Qurbonov.
210
1966 yildagi Hindiston va Pokiston o‗rtasidagi
muzokaralar qayerda bo‗lib o‗tgan?
Toshkentda.
Toshkentda.
211
1970-1980 yillari qaysi kompaniyalar uyali
telefon apparatlarining yangi turlari yaratdi?
Ericsson, Philips.
1940-yillar oxiridayoq uyali telefonlarni yaratish ustida ish
boshlagan edi. Shvedlar tomonidan taklif qilingan birinchi
ommaviy uyali telefon aloqasi MTS - Mobil telefon sistem (mobil
telefon tizimi) deb ataldi. 1970-1980-yillari ERICSSON,
PHILIPS VA BOSHQA ko‗plab mashhur kompaniyalar
tomonidan uyali telefon apparatlarining yangi turlari yaratildi.
212
1971-1984 yillarda O‗zbekiston SSR
Ministrlar Sovetining raisi kim?
Normuhammadi Xudoyberdiyev.
1959-1961 yillarda Orif Alimov, 1961-1971 yillarda Rahmonqul
Qurbonov, 1971-1984 yillarda Normuhammadi Xudoyberdiyev
O‗zbekiston SSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimida mehnat
qildilar.
213
1978-1983-yillarda kim O‗zbekiston SSR Oliy
Soveti Prezidiumi raisi lavozimlarida faoliyat
ko‗rsatdi???
Inomjon Usmonxo‗jayev
214
1980-yillar Britaniya iqtisodiyotida chuqur
tizim o‗zgarishlari yuz berdi.
Davlat sektori qisqartirildi, uning samaradorligi oshirildi.
215
1982-yilda tashkil etilgan viloyat qaysi?
Navoiy.
1958-yil sentyabrda Navoiy shahriga asos solindi. 1982-yil
aprelda maxsus Navoiy viloyati tashkil qilindi. Navoiy.
216
1982-yili xristian-demokrat Gelmut Kol GFR
kansleri qilib saylandi.
Uning davrida soliqlar qisqartirildi va davlat xarajatlari tartibga
solindi, davlatning biznesga aralashuvini kamaytirish, raqobatni
rag‗batlantirish bo‗yicha tadbirlar amalga oshirildi.
217
1985-1990 yillarda O‗zbekistonda
―Paxta ishi‖ degan uydirma bo‗yicha jami 40000 kishi tergov
qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror
sanksiyasisiz o‗tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy
javobgarlikka tortildi.Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus
oldi.
218
1989-yil Ruminiya maxfiy xizmati xodimlari
tomonidan o‗qqa tutilishi mamlakat bo‗ylab
qo‗zg‗olonning boshlanishiga olib keldi???
Ruminiyada.
1989-yil dekabrda Timishoara shahrida aholining N. Chaushesku
rejimiga qarshi tinch namoyishi Ruminiya maxfiy xizmati
xodimlari tomonidan o‗qqa tutilishi mamlakat bo‗ylab
qo‗zg‗olonning boshlanishiga olib keldi. Armiya qo‗zg‗olonchilar
tomoniga o‗tdi.
219
1990 yillarda qaysi hududda qonli
to'qnashuvlar, partizan guruhlari tashkil
etilgan? Dnestrbo‗yi Moldaviya Respublikasi.
1990-yili Moldovaning Ruminiya bilan integratsiyalashuvi
jarayonida respublikaning janubi-sharqiy mintaqalaridagi
mahalliy rusiyzabon aholi orasida ayirmachilik kayfiyatlari
kuchaydi. Ular o‗zlari yashaydigan hududni Dnestrbo‗yi
Moldaviya Respublikasi deb e‘lon qildi. Bu qonli to‗qnashuvga
olib keldi va Rossiya armiyasi aralashgandan so‗ng urush
to‗xtatildi. Gagauzlar o'z mustaqil respublikalarini e'lon qilishdi.
Shimolda esa 1991-yilda sovet tuzumini saqlab qolayotgan
mustaqil Dnestrbo'yi Moldova Respublikasi (DMR) paydo bo'ldi.
220
1990-yil bahorida SSSR tarkibidan chiqqan
davlatlar?
1990-yil bahorida Boltiqbo'yidagi Latviya, Litva, Estoniya
Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari
Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar.
221
1990-yil iyunda qaysi hududlarda etnik mojaro
kelib chiqd? O‗sh va O‗zgan.
1990-yil iyunda Farg‗ona vodiysining O‗sh va O‗zgan
shaharlarida (qo‗shni Qirg‗iziston hududida) qirg‗izlar bilan
o‗zbeklar o‗rtasida etnik mojaro kelib chiqdi. Bu mojaro (O‗sh
qirg‗ini) natijasida minglab gunohsiz o‗zbeklar halok bo‗ldi.
222
1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib kim
saylangan??? Jon Meyjor. 1997-yil may Entoni
Bler Leyborist. 2005-yili E. Bler uchinchi
muddatga bosh vazir. 2007-yil iyunda E. Bler
iste‘foga. 2007-yil iyunda bosh vazir
lavozimlarini Gordon Braun egalladi.
Leyborist 2010-yili konservator Devid
Kemeron 2015-yili Tereza Mey egalladi.
1990-yili Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan Jon Meyjor
siyosati M. Tetcher davridagi neokonservatizm kursini davom
ettirishga, ayni paytda «Tetcherizm»ning avtoritar boshqaruvga
og‗ish hollaridan va boshqa qoldiqlaridan asta-sekin voz
kechishga qaratilgan edi.
223
1991-yil 8-dekabr MDH tuzilayotganda qaysi
davlat qatnashmagan? Savol tushunarsiz???
Gruziya 1991-yil 8-dekabr. Ukraina esa 2014-yildan MDH
faoliyatida qatnashmasligini ma‘lum qildi.
224
1991-yil 8-dekabrda qaysi davlat uchrashuvda
qatnashmagan? Gruziya
1991-yil dekabrda Qozog‗istonning Olmaota shahrida bo‗lib
o‗tgan uchrashuvda Deklaratsiya qabul qilinib, SSSR xalqaro
huquq subyekti va geosiyosiy reallik sifatida o‗z faoliyatini
tugatganligi ta‘kidlandi. 1991-yil oxirigacha Boltiqbo‗yi
respublikalari - Latviya, Litva, Estoniyadan tashqari barcha sobiq
sovet respublikalari MDH tarkibiga kirdi. Ammo Gruziya 2008-
yili, Ukraina esa 2014-yildan MDH faoliyatida qatnashmasligini
ma‘lum qildi.
225
1991-yil yanvardagi «Sahrodagi bo‘ron»
operatsiyasining mohiyati nima edi?
AQSH boshchiligidagi xalqaro kuchlarning Quvaytni ozod
qilish bo‘yicha harbiy harakatlari
226
1991-yildan boshlangan uchinchi bosqich
xususiyatlari...???
1991-yildan boshlangan uchinchi bosqich (3-bosqich) xalqaro
munosabatlarda shakllangan ikki qutbli tizimning inqirozi,
sotsialistik tizimning barbod bo‗lishi, SSSRning tarqalib ketishi
va sobiq sovet respublikalarining mustaqil taraqqiyot yo‗liga
kirishi bilan boshlanadi. Bu davr jahon sivilizatsiyasining
globallashuvi, «uchinchi dunyo» mamlakatlari rivojlanishining
jadallashuvi, sivilizatslyalar o‗rtasidagl ziddiyatlarning kuchayishi
bilan xarakterlanadi.
227
1992-yil O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmoni bilan Milliy xavfsizlik
xizmati tasarrufida Chegara qo‗shinlari
boshqarmasi tashkil etildi.
228
1992-yildan
―Birlik‖ va ―Erk‖ O‗zbekiston hududida o‗z siyosiy faoliyatini
to‗xtatdi.
229
1994-2001 yillar qaysi temir yo'l qurilgan???
O‗zbekistonning yagona temir yo‗l tarmog‗ini vujudga keltirish
bo‗yicha 1994-2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin
Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo‗li qurib bitkazildi.
230
1995-yilda …..
1995-yilda Xalqaro Amir Temur jamg‗armasi tashkil qilindi.
1996-YILDA Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar
davri muzeyi barpo etildi, ―Amir Temur‖ ordeni ta‘sis etildi.
Nechinchi yilda Xalqaro Amir Temur jamg‗armasi tashkil qilindi?
231
1995-yilda Xalqaro Amir Temur jamg‗armasi
tashkil qilindi.
―Amir Temur‖ ordeni qachon ta‘sis etildi??? 1996-YILDA.
232
1997-1998-yillardagi «Osiyo inqirozi» qaysi
davlat uchun katta qiyinchiliklar tug‗dirdi.
Yaponiya.
Yaponiyaning asosiy eksporti chetga kapital chiqarish bo‗lib
qoldi. Yaponiya mehnat unumdorligi bo‗yicha ham G‗arbiy
Yevropa mamlakatlaridan o‗tib, AQSHga tenglashib bordi. 1990-
yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan videoapparaturalarning
90% i, sanoat robotlarining 2/3 qismi Yaponiya hissasiga to‗g‗ri
kelardi. Ammo tashqi bozorga bog‗liqlik 1997-1998-yillardagi
«Osiyo inqirozi» paytida Yaponiya uchun katta qiyinchiliklar
tug‗dirdi.
233
2000-2016-yillar oralig‗idagi yozgi Olimpiya
va Osiyo o‗yinlarida mamlakatimiz sportchilari
muvaffaqiyat bilan ishtirok etishdi. Ushbu
sportchilarimizning qaysi sport turi bilan
mamlakatimiz sporti shuhratining xalqaro
maydonda yanada oshishiga o‗z hissalarini
qo‗shdilar.
1) A.Taymazov, M.Ibragimov; 2) A.Doktorashvili; 3) R.Sobirov;
4) O‗.Haydarov, A.Atoyev, B.Sultonov; 5) A. Fokin; , 6)
Yekaterina Xilko. a) erkin kurash; b) tramplin; c) dyuzdo; d) sport
gimnastikasi; e) boks; f) (yunon-rum kurashi); 1-a, 2-f, 3-c, 4-e, 5-
d, 6-b. Menga 2020-yilda tushdi! (Oshanda adashmasam savol
shunaqa edi: Faqat yengil atletikachilarni toping)
234
2000-yilda al-Marg‗inoniyning 910 yilligi
nishonlandi.
2000-yilda al-Marg‗inoniyning 910 yilligi nishonlandi. C) ―Sudlar
to‗g‗risida‖gi qonuni (yangi tahrirda) (2000-yil) (DTM.)
235
2000-yil-dan ―Universiada‖ ―Barkamol avlod‖
―Umid nihollari‖
Bolalar sportini rivojlantirish respublika jamg‗armasining tashkil
qilinishi, 2000-yildan boshlab oliy o‗quv yurtlari talabalari
o‗rtasida ―Universiada‖, o‗rta maxsus kasb-hunar kollejlari
talabalari o‗rtasida ―Barkamol avlod‖, umumta‘lim maktablari
o‗quvchilari o‗rtasida ―Umid nihollari‖ sport musobaqalarining
uyushtirilishi muhim ahamiyatga ega voqealardir.
236
2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda yuz bergan
terrorchilik aktidan so‗ng qaysi davlat
terrorchilikka qarshi AQSH boshchiligida
tuzilgan koalitsiyaga qo‗shildi. Pokiston.
2001-yil 11-sentabrda Nyu-Yorkda yuz bergan terrorchilik
aktidan so‗ng Pokiston terrorchilikka qarshi AQSH boshchiligida
tuzilgan koalitsiyaga qo‗shildi. Biroq, ko‗plab pokistonliklar
nazarida AQSH terrorchilarga emas, musulmonlarga qarshi
kurashga kirishdi.
237
2001-yili qaysi davlatda defolt e‘lon qilindi???
ARGENTINADA.
Ayniqsa, 1990-yillari «neoliberal islohot yutuqlarining
namoyishi» bo‗lgan Argentina iqtisodiyoti qattiq zarar ko‗rdi.
2001-yili ARGENTINADA defolt e‘lon qilinishi jahon tarixidagi
eng yirik bankrot holati bo‗lib, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi
neoliberal tajribalarga nuqta qo‗ydi va mintaqada siyosiy hamda
iqtisodiy rivojlanishning yangi davrini boshlab berdi.
238
2005-yilgi «Lolalar inqilobi» qaysi davlatda
yuz bergan??? Qirg‘izistonda.
Kurmanbek Bakiyev kuch ishlatar tizimlarga tayanib, jamiyatda
shaxsiy hukmronligini mustahkamlashga, muxolifatni butunlay
tugatishga harakat qildi. Ammo bu harakat uzoqqa bormadi.
2010-yili «Aprel inqilobi» deb atalgan ommaviy harak at
natijasida K. Bakiyev hokimiyati ag‗darib tashlandi.
Qirg‘izistonda A. Akayevni hokimiyatdan ag‗darib tashlagan
2005-yilgi «Lolalar inqilobi» juda tez va katta yo‗qotishlarsiz
amalga oshirildi.
239
2006-yili o‗tkazilgan referendum natijasiga
ko‗ra, Chernogoriya qaysi davlatdan ajralib
chiqdi? Serbiya.
2006-yili o‗tkazilgan referendum natijasiga ko‗ra, Chernogoriya
Serbiyadan ajralib chiqdi. Yugoslaviya Respublikasi barham
topdi.
240
2014-yil - Chevrolet Orlando.
2015-yilda esa ―O‗zavtosanoat‖ AJ tomonidan ―Malibu II‖,
―Ravon‖ milliy markasi ostida Nexia-3 modelining taqdimotini
amalga oshirdi.
241
2014-yil sentabr oyida Belarus Respublikasi
poytaxti Minsk shahrida Rossiya, Ukraina
hamda Donetsk va Lugansk viloyatlari
vakillari o‗rtasida harbiy harakatlarni to‗xtatish
to‗g‗risida kelishuv imzolandi. Ammo
2015-yil yanvar oyining o‗rtalaridan janglar yana boshlanib ketdi.
2015-yil fevral oyida Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina
davlat rahbarlari Minsk shahriga yig‗ilib, Ukraina sharqida harbiy
mojaroni hal etish to‗g‗risida yangi kelishuv imzoladi (Minsk - 2).
Ammo urush to‗xtamayapti.2017-yil noyabr oyida artilleriyadan
o‗zaro otishmalar yangidan boshlanib ketdi.
242
2014-yilda rangli inqilob qayerda bo‘ldi?
2014-yili Ukrainada yuz bergan navbatdagi «rangli inqilob»
tufayli hokimiyat almashgandan so‗ng Qrimning Rossiyaga
qo‗shilishi ortidan G‗arb davlatlari Rossiyaga qarshi iqtisodiy
sanksiyalar e‘lon qildi, u «Katta sakkizlik» - G-8 dan chiqarildi.
Rossiya.
243
2015-yil iyulda Eron bilan oltita davlat
(AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya,
Fransiya, Germaniya) ...
Eronning jahon hamjamiyatiga to‗laqonli integratsiyalashuviga
to‗siq bo‗lib turgan yadroviy dasturi ham o‗n yildan oshiq davom
etgan muzokaralardan so‗ng 2015-yil iyulda Eron bilan oltita
davlat (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya) vakillari tomonidan imzolangan kelishuv orqali hal
qilindi. Eron 15 yil ichida boyitilgan uran ishlab chiqarmaydigan,
evaziga G‗arb davlatlari 2015-yil oxiridan boshlab unga qarshi
qo‗llanilgan sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qiladigan
bo‗ldi.
244
2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya)
bo‗lib o‗tgan XXXI yozgi Olimpiada
natijalari???
2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‗lib o‗tgan
XXXI yozgi Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul
musobaqa bo‗ldi. Ushbu Olimpiadada eng ko‗p medalni
bokschilarimiz qo‗lga kiritishdi. Charm qo‗lqop ustalarimizning 7
nafari Riodan medal bilan qaytishga muvaffaq bo‗ldilar. Ular
Hasanboy Do‗stmatov, Shahobiddin Zoirov, Fazliddin
G‗oyibnazarov (oltin), Shahram G‗iyosov, Bektemir Meliqo‗ziyev
(kumush), Rustam To‗laganov, Murodjon Ahmadaliyev (bronza).
Ushbu natija Olimpiadadagi boks musobaqalaridagi eng yuqori
natija bo‗ldi. Sportning ushbu turida medal jamg‗arish bo‗yicha
ular Kuba, Qozog‗iston va Rossiyadan tashrif buyurgan
raqiblarini ortda qoldirib, mazkur sport turida birinchilikka
erishdilar. Og‗ir atletikachimiz Ruslan Nuriddinov Olimpiada
rekordini qayd etgan holda oltin medal sohibiga aylandi.
245
2017-yil sentyabr oyida qaysi shaharda
YOpiq inshootlardagi V Osiyo
o‘yinlari o‘tkazilgan edi?
Ashxobod
246
25000 aholi bozor atrofiga yig‗ildi. Qaysi
qozgolon??? Eski Marg‗ilonda.
1916-yil 10-iyulda Eski Marg‗ilonda taxminan 25 ming kishi
norozilik bildirib, bozor atrofiga yig‗ildi. Qo‗zg‗olonchilar
mardikorlikni bekor qilishni talab qilib mahalliy ma‘muriyat
idoralariga kirdilar.
247
2-Jahon urushida o‘zbek shoirlari yozgan
almanax?
O‗zbek shoir va yozuvchilari ular bilan hamkorlikda ―Biz g‗alaba
qozonamiz‖ nomli almanax va ―O‗zbekiston shoirlari frontga‖
nomli antologiya yaratdilar.
248
40 dan ortiq xattotlarga kim boshchilik qilgan?
Boysung‘ur.
Hirotda Ulug‗bekning ukasi Boysung‗ur kutubxonasida (40 ta
xattot) qirqta xattot va bir qancha naqqoshlar qo‗lyozma
asarlardan nusxalar ko‗chirish va ularni bezash bilan band
bo‗lgan. 1429-yilda Abulqosim Firdavsiyning mashhur
―Shohnoma‖ dostoni ko‗chirtirilib, u 20 ta turli mazmun va
manzarali rangdor miniaturalar bilan bezatilgan.
249
4-bosqich ???
To‗rtinchi bosqich (4-bosqich) 1880-1885-yillarda
turkmanlarning bo‗ysundirilishi edi. Shunday qilib, 1864-1885-
yillarda 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining
uzoq davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik
urushlari olib borildi.
250
555-yilda kimlar Sirdaryo va Orol dengizi
bo‗ylarini egallaydilar? Turk xoqonligi.
Turk xoqonligi. 555-yildayoq turklar Sirdaryo va Orol dengizi
bo‗ylarigacha cho‗zilgan keng o‗lkalarni egallaydilar. Xoqonlik
chegarasi Eftallar davlati hududlariga tutashib ketgan. Natijada
eftallar davlatining shimoliy hududlari xavf ostida qoldi. Bunday
qulay vaziyatdan foydalangan sosoniylar Toxariston va
Chag‗oniyonni eftallardan tortib oladilar.
251
947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim
isyon ko‗taradi.
947-yilda Chag‗oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu Ali
Chag‗oniy yordamida u Buxoro taxtini egallab oladi.
252
992-yilda ……. Movarounnahrga hujum
boshlaydilar.
Horun Bug‗roxon boshliq qoraxoniylar
253
996-yildagi shartnomaga ko‘ra qoraxoniylar
...??? Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‗liga
o‗tadi.
996-yilda qoraxoniylar Movarounnahr tomon yana hujum
boshlaydilar. Shunday og‗ir bir sharoitda xiyonat ro‗y beradi.
Ya‘ni Sobuqtegin qo‗shini Buxoroni egallaydi. So‗ngra u
qoraxoniylar bilan muzokaralar olib boradi. Natijada ular
o‗rtasida shartnoma tuzilib, unga muvofiq Sirdaryo havzasi
qoraxoniylar qo‗liga o‗tadi. Sobuqtegin esa Amudaryodan
janubdagi yerlarga, shu jumladan, Xurosonda hukmdor bo‗lib
oladi. Somoniylarga Movarounnahrning markaziy qismigina
beriladi, xolos. Biroq ko‗p vaqt o‗tmay, 999-yilda Buxoroning
Nasr Eloqxon boshchiligida qoraxoniylar tomonidan zabt etilishi
bilan somoniylar hukmronligi batamom barham topdi.
254
Abdul Qodir mahdiylar harakatini bostirishga
urindi ammo ???
1882-yilda Xartumga misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib
tayinlandi. U mahdiylar harakatini bostirishga urindi. Lekin
mag‗lubiyatga uchradi. General Xiks boshliq ingliz qo‗shini
Sudan ansorlari tomonidan qirib tashlandi. Inglizlar 1884-yili
inglizlar Sudanga general Gordon boshchiligida harbiy qism
yuborishdi. Biroq, bu qo‗shin ham ansorlar tomonidan yo‗q
qilindi va Sudan ozod qilindi.
255
Abdulatifxondan keyin taxtga kim keldi?
Navro‗z Ahmadxon.
Navro‗z Ahmadxon Samarqand hukmdori, amakivachchasi
Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib 1540-yilda Buxoroni egalladi va
hokimiyatni o‗z tarafdorlariga topshirdi. 1548-yilda Abdulatifxon
vafot etgach, Samarqand taxtini egalladi. O‗z nomidan tanga pul
zarb ettirdi.
256
Abdullaxon II davrida qurilgan suv ombor???
Abdullaxon bandi.
Abdullaxon II davrida 1556-1585-yillar oralig‗ida Zarafshon
daryosida qator suv ayirg‗ichlari, ko‗plab suv omborlari bunyod
etildi. Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida
joylashgan qadimgi to‗g‗on qoldiqlari o‗rnida ulkan to‗g‗on
Abdullaxon bandi qurildi. Uning ravoqlarini to‗g‗on tepasida turib
ocbish yoki berkitish mumkin edi. Abdullaxon bandiga 1 million
200 ming kub metr suv to‗plangan.
257
Abdullaxon II Moskvaga qachon elchilarni
yuboradi??? 1557-1558-yil.
1557-1558-yillarda Buxoro xonligidan Moskvaga elchi yuborildi.
258
Abdullaxon II o‗tkazgan pul islohoti yangi
kumush tanga va oltin pul zarb etish haqida???
Shayboniy Abdullaxon II o‗tkazgan pul islohoti ham Buxoro
xonligi tarixida muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. U mazkur islohotni
o‗tkazishda kumush narxining ko‗tarilganini hisobga oldi.
Islohotga ko‗ra, yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa
27 ta mis tangaga tenglashtirildi. Abdullaxon II ning pul islohoti
tufayli kumush tanga ko‗p miqdorda chiqarildi. Natijada, narxi
ko‗tarilgan kumushning ko‗plab miqdorda boshqa davlatlarga
chiqib ketishiga chek qo‗yildi. U oltin pul zarb etishni ham yo‗lga
qo‗ydi va uning tarkibiga qiymati past bo‗lgan boshqa ma‘danlar
aralashtirilmasligini qattiq nazorat ostiga oldi.
259
Abdullaxon II qovun so‘yib turgan rasmi?
1556-yilda Navro‗z Ahmadxon vafot etgach, Abdullaxon II
darhol Karmana va Shahrisabzda o‗z hukmronligini tikladi.
Islohotga ko‗ra, yangi kumush tanganing qiymati 30 ta, eskisi esa
27 ta mis tangaga tenglashtirildi. Abdullaxon II ning pul islohoti
tufayli kumush tanga ko‗p miqdorda chiqarildi. 1556-yil -
Abdullaxon II amalda, 1583-yilda esa rasman xonlik taxtini
egalladi. 1598-yil - Abdullaxon II vafot etdi.
260
Abdullaxon II Xurosonning qaysi qismini
egallagan? Sharqiy. (Shu savol menga 2021-
yilda tushdi.)
Abdullaxon II Safaviylarga qarshi olib borilgan kurash natijasida
Xurosonning sharqiy qismi egallandi. Binobarin, butun
Movarounnahr, Xorazm va Xurosonning sharqiy qismigacha
bo‗lgan hududlar yagona hukmdor qo‗li ostida birlashtirildi. Shu
tariqa, Abdullaxon II ning jasoratli kurashi natijasida XVI asr
oxirida Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylandi.
Bunday ulkan natijaga buyuk Amir Temurdan keyin Abdullaxon
II erisha oldi, xolos.
261
Abdurahmon inglizlar bilan bitim ...???
Dyurand chizig‗i???
Abdurahmon janubda - Hind daryosi bo‗ylarida yashaydigan,
lekin 1849-yilda inglizlarga bo‗ysundirilgan afg‗on qabilalarini
o‗z davlati atrofida birlashtirish harakatini boshlab yubordi.
Ammo, Abdurahmon inglizlar bilan bitim tuzishga majbur bo‗ldi.
Unga ko‗ra, Afg‗oniston janubidagi afg‗on qabilalari hududlari
Buyuk Britaniya qaramog‗ida qolaveradigan bo‗ldi. Inglizlar
kelishilgan Dyurand chizig‗iga (muzokara olib borgan inglizlar
vakili Dyurand nomi bilan atalgan) qo‗shin yubordilar. Bunga
javoban tog‗lik afg‗onlar qo‗zg‗olon ko‗tardilar.
262
Abu Ali Chag‗oniy qaysi sulola davrida noib
etib saylandi? Somoniylar.
947-yilda Nuh ibn Nasrning amakisi Ibrohim isyon ko‗taradi.
Saroy sarbozlari va Chag‗oniyonning yirik yer-mulk egasi Abu
Ali Chag‗oniy yordamida Ibrohim Buxoro taxtini egallab oladi.
263
Abu Ali Chag‘oniy kimlarning noibi bo‘lgan?
NUH.
Ko‗p vaqt o‗tmay Abu Ali Chag‗oniyning o‗zi ham hukmdorga
qarshi isyon ko‗taradi. Nuh qo‗zg‗olonni kuch bilan bostira
olmaydi. 952-yilda Abu Ali Chag‗oniyni u avval Chag‗oniyonga,
so‗ngra Xurosonga hokim qilib tayinlashga majbur bo‗ladi. NUH.
264
Abu Said kimning nabirasi? Eslab qolish
kerak. Ko‗chkunchixondan so‗ng taxtga o‗g‗li
Abu Said.
Ko‗chkunchixonning vorisi kim??? Abu Said (1530-1533).(Bobur
Mirzo Sulton Abu Said Mirzoning nabirasi). Ko‗chkunchixondan
so‗ng taxtga o‗g‗li Abu Said (1530-1533) o‗tirdi. Bu boshqa Abu
Said Shayboniylardan.
265
Abu Said Mirzo o‗g‗li Umarshayx ga Qaysi
viloyatni bergab? Qobul so‗ng Farg‗ona.
Abu Said Mirzo o‗g‗li Umarshayx Mirzoni o‗z hukmronligi
davrida, dastlab Kobul viloyatiga, so‗ng Farg‗ona viloyatiga
hokim etib tayinladi.
266
Abulg‗oziy Bahodirxon qachon vafot etgan???
(1603-1664) Savol tushunarsiz. (Kimgadir shu
savol tushgan bo‘lsa, to‘liq menga 94-630-96-
44 ga yozib yuborsa, men shuni to‘ldirib
qo‘yaman, boshqalar foydalanishi uchun).
Abulg‗oziy Bahodirxon Xivaga qaytib bordi. Akasi unga Xivani
topshirishga majbur bo‗ldi. Biroq 1630-yilda uni Eron shohi
huzuriga garov tariqasida jo‗natib yubordi. Abulg‗oziy
Bahodirxon Eronda 10 yil tutqunlikda yashadi. Nihoyat,
tutqunlikdan qochib, Orol o‗zbeklari qarorgohiga yetib keldi.
Asfandiyorxon vafot etgach, 1644-yilda Xiva xonligi taxtini
egalladi.Abulg‗oziy Bahodirxonning davlatchilikni
mustahkamlashga qaratilgan islohotlari katta ahamiyatga ega
bo‗ldi.
267
Abulqosim Bobur faoliyati ??? 1451-yilda
Mironshohning nabirasi Sulton Abu Said
Mirzo Abulxayrxon yordamida g‗alaba
qozondi. 1458-yilda Xuroson hukmdori
Abulqosim Bobur vafot etgach Xurosonni ham
egalladi. 1454-yilda Hirot hokimi Abulqosim
Bobur Movarounnahrga bostirib kirib,
Samarqandni qamalga olganida Xoja
Ubaydulloh Ahror mojaroga qat‘iyan aralashib,
raqiblarni yarashtirdi.
Xuroson bu davrda Shohruxning nabirasi Abulqosim Bobur
tasarrufida edi. Xurosonda siyosiy tarqoqlik juda avj olib ketadi.
Temuriylar davri muarrixlarining yozishicha, bu davrda Xuroson
o‗n bir bo‗lakka ajralib ketadi. Ular o‗rtasida urush-talashlar
to‗xtovsiz davom etardi. 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot
qilgach, vaziyat yana mushkullashadi.
268
Abulxayrxon 1446-yilda nima qildi???
Poytaxtini Turadan Sig‗noqqa ko‗chirdi.
Abulxayrxon 1446-yilda esa Sirdaryoning o‗rta oqimida
joylashgan shaharlar - Sig‗noq, Oqqo‗rg‗on, Arquq, O‗zgan va
Suzoqni bosib oladi. O‗z davlatining poytaxtini Turadan
Sig‗noqqa ko‗chirdi.
269
Abulxayrxon qachon siyosiy maydonga
chiqqan?
1425-yilda.
270
Abulxayrxon qanday vaziyatga taxtga
keladi???
Temuriylarda toju taxt uchun kurash va o‘zaro ichki ziddiyatlar.
271
Abulxayrxonni toju-taxt uchun kurashda
kimlar qo‘llab quvvatlaydi?
O‗ZBEK QABILALARI HAMDA RUHONIYLAR. Davlatshayx
1425-yilda vafot etgach yanada avj oldi. Ana shunday og‗ir
vaziyatda Davlatshayxning o‗g‗li Abulxayrxon siyosat maydoniga
chiqdi. Abulxayrxon yosh bo'lishiga qaramay kuchli sarkardalik
qobiliyatiga ega edi. Taxt uchun kurashda uni ulusdagi doimiy
nizolardan aziyat chekayotgan boshqa o‗zbek qabilalari hamda
ruhoniylar qo‗llab-quvvatladilar. Natijada, Abulxayrxon 1428-
yilda «O‗zbek ulusi» deb atalgan davlatga asos soldi.
272
Afanak puli??? Jarchi foydasiga.
Xiva. Xon farmonlarini e‘lon qiluvchi jarchi foydasiga afanak puli
yig‗gan.
273
Afg‗oniston amiri Abdurahmon 1849-yilda
inglizlar bilan bitimi mohiyati?
Unga ko‗ra, Afg‗oniston janubidagi afg‗on qabilalari hududlari
Buyuk Britaniya qaramog‗ida qolaverdi. Abdurahmon Mamlakat
hududini shimolda Amudaryogacha kengaytirib oldi. 1887-yilda
turkmanlar yashaydigan joylarda afg‗on-rus chegaralari qat‘iy
belgilab olindi. Shundan keyin, Abdurahmon janubda - Hind
daryosi bo‗ylarida yashaydigan, lekin 1849-yilda inglizlarga
bo‗ysundirilgan afg‗on qabilalarini o‗z davlati atrofida
birlashtirish harakatini boshlab yubordi. Amir Abdurahmon o‗zini
ularga diniy homiy qilib ko‗rsatdi va inglizlarga qarshi
kurashishga chorladi. Bu esa Buyuk Britaniya bilan urush xavfini
tug‗dirdi. Bundan cho‗chigan Abdurahmon inglizlar bilan bitim
tuzishga majbur bo‗ldi. Unga ko‗ra, Afg‗oniston janubidagi
afg‗on qabilalari hududlari Buyuk Britaniya qaramog‗ida
qolaveradigan bo‗ldi. Inglizlar kelishilgan Dyurand chizig‗iga
(muzokara olib borgan inglizlar vakili Dyurand nomi bilan
atalgan) qo‗shin yubordilar. Bunga javoban tog‗lik afg‗onlar
qo‗zg‗olon ko‗tardilar.
274
Afg‗onlarning sur qabilasi sardori kim???
Sherxon.
Hindistonda taxtni afg‗onlarning sur qabilasi sardori Sherxon
egallab oldi.
275
Afg‘onistonda kim taslimchilik siyosatini olib
borgan? Amir Yoqubxon.
Afg‘onistonda Amir Yoqubxonning taslimchilik siyosati
mamlakatda keskin qarshilikka uchradi va Kobulda unga qarshi
qo‗zg‗olon ko‗tarildi.
276
Afgʻoniston hukmdorlaridan kim yagona pul
birligi, bir xil tosh-tarozi va uzunlik o‗lchovlari
joriy qildi??? Abdurahmon.
Diniy ulamolarni o‗z tarafida tutish uchun Abdurahmon ularga
maosh belgiladi. Vaqf mulkini esa qisman davlatga o‗tkazdi.
Yagona pul birligi, mamlakat uchun bir xil tosh-tarozi va uzunlik
o‗lchovlari joriy qilindi. Bu tadbirlar tufayli Afg‗onistonda savdo-
sotiq, ishlab chiqarish va hunarmandchilik bir qadar rivojlandi.
277
Afina akademiyasiga kim qachon asos solgan?
Platon (mil. av. IV asrda)
Afina akademiyasiga asos solgan.
278
Afrikani aylanib o‗tib hindistonga borgan
sayyoh kim??? Bartolomeu Diash.
XV asr oxirida Bartolomeu Diash boshchiligidagi ekspeditsiya
Afrika janubidagi burunni aylanib o‗tdi va Hind okeaniga chiqdi.
Hindistonga dengiz yo‗lining ochilishiga umid qilgan dengizchilar
bu burunga Yaxshi Umid burni deb nom berdilar. Garchi ular shu
yerdan ortga qaytgan bo‗lishsada, B. Diashning kashfiyoti
Afrikani aylanib o‗tib, Hindistonga dengiz orqali yo‗l ochish
istiqbolini yaratdi.
279
Afrosiyob afsonasi asari muallifi? «Afrosiyob
qo‗rg‗oni».
Vyatkin (1869-1932) «Shohizinda», «Cho‗ponota», «Afrosiyob
qo‗rg‗oni» asarlarini yozdi.
280
Afrosiyob qo‘rg‘oni asari muallifi kim?
V.Vyatkin.
281
Afrosiyob Yangi tezyurar poyezd ...??? 2011-
yilning oktabridan.
Afrosiyob rejaga ko‘ra qachon ―Toshkent-Buxoro‖ yo‗nalishi???
2016-yilda. Boshqa savol. O‘zbekistondagi tezyurar poyezd 2016-
yilda qaysi shahargacha kelgan? Buxoro―Toshkent-Buxoro‖.
Yangi tezyurar poyezd nomi Afrosiyob bu - Samarqand viloyatida
joylashgan qadimiy shahar sharafiga qo‗yildi. 2011-yilning
oktabridan boshlab undan tijorat maqsadida foydalanish yo‗lga
qo‗yildi. O‗sha yili ikkinchi poyezd ham keltirilib, 2012-yilning
mayidan o‗z qatnovini boshladi. Ushbu eng zamonaviy tezyurar
yo‗nalish 2015-yilda Qarshi shahrigacha, 2016-yilda esa
―Toshkent-Buxoro‖ yo‗nalishi, 2018-yili Toshkent-Xiva
yo‗nalishi ishga tushirildi. Poyezd maksimal tezlikni soatiga 250
kilometrgacha oshirishi mumkin.
282
Agrar sivilizasiyasining boshlanishi qaysi
davrdan boshlanadi? NEOLIT DAVRIDAN.
Agrar (an‘anaviy) sivilizatsiya insoniyat tarixida neolit davridan
boshlanib, XVIII asrning 60-yillaridagi sanoat inqilobi va uning
asosida yangi jamiyat shakllanguncha davom etdi. NEOLIT
DAVRIDAN.
283
Ahmad Yugnakiy ...
XII asrda turkiy tilda ijod etgan shoir va mutafakkirlar. yagona
adabiy meros ―Hibat ul-haqoyiq‖ (―Haqiqatlar tuhfasi‘) saqlanib
qolgan. U turkiy adabiy tilining qimmatli va nodir yodgorligi
hisoblanadi. O‗z asarida Yusuf Xos Hojib singari ilm-fan, olim va
fozillarni ulug‗laydi, ma‘rifatparvarlikni targ‗ib etadi, kishilarni
ilmli va ma‘rifatli bo‗lishga chaqiradi. Yugnakiy o‗zini shoir
emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan.
284
Ahmad Zaki Validiy kimni ―Rossiya
hukmronligi oldida bo‗yin egishni xohlamagan
davlat qahramoni‖??? Junaidxonni.
Ahmad Zaki Validiy o‗zining ―Xotiralar‖ kitobida Junaidxonni
―Rossiya hukmronligi oldida bo‗yin egishni xohlamagan davlat
qahramoni‖ sifatida ta‘riflagan edi.
285
Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, Ochilbek
1921-yildan boshlab ―Turkiston milliy birligi‖
tashkiloti ko‗rsatmalari asosida faoliyat
ko‗rsatgan.
Kitob atrofida 1923-yil 10-mayda qizil askarlar bilan bo‘lgan
janglarning birida Ochilbek (u xalq o‗rtasida jasurligi uchun
Ochildov sifatida mashhur bo‘lgan) mardlarcha halok bo‘lgan.
286
Ahmad Zaki Validiyning yozishicha, Ochilbek
qaysi tashkiloti ko‗rsatmalari asosida faoliyat
ko‗rsatgan???
―Turkiston milliy birligi‖
287
Aholini islomlashtirish yo‗llari. Islom dinini
qabul qilib, musulmon bo‗lgan mahalliy aholi
vakillari dastlabki yillarda xiroj va jizya
soliqlaridan ozod etilgan. Islomni qabul
qilmaganlardan esa jon solig‗i - jizya undirilib
olingan.
Soliqlarni o‗z vaqtida to‗lamagan kishilarning bo‗yinlariga
―qarzdor‖ deb yozilgan taxtacha osib qo‗yilardi. Mahalliy davlat
boshliqlarining ko‗pchiligi o‗z huquqlari va imtiyozlarini saqlab
qolish maqsadida Islom dinini qabul qilgan. Islomni qabul
qilmagan zodagonlar o‗z yerlaridan mahrum etilgan yoki tovon
to‗lagan. Bunday tadbir va choralar Movarounnahr aholisi
o‗rtasida Islom dinining tez tarqalishiga yordam bergan. Shu
tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e‘tiqodiga
o‗z ta‘sirini o‗tkaza olganlar.
288
ALEKSANDR MAKEDONSKIY
EGALLAGAN HUDUDLARNI ANIQLANG.
Sharqda: Kichik Osiyo, Eron, Misr, Suriya, Hindiston.O‘rta
Osiyoda: Marg‗iyona, Baqtriya, So‗g‗diyona, hozirgi Bekobod va
Xo‗jand orasida Sirdaryo bo‗ylarini bo‗ysundirishga muvaffaq
bo‗ldi.
289
Aleksandr Makedonskiy egallagan hududlarni
aniqlang???
O'rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil
urindi, biroq uncha katta bo'lmagan hududni: Marg'iyona,
Baqtriya, So'g'diyona, hozirgi Bekobod va Xo'jand orasida
Sirdaryo bo'ylarini bo'ysundirishga muvaffaq bo'ldi, xolos.
Xorazm, Toshkent vohasi va Farg'ona mustaqilligicha qoldi.
290
Aleksandrning O'rta Osiyoni bosib olishi
qanday natijalarga olib keldi?
O‗rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi
qirilib ketdi, ko‗plab shaharlar vayron etildi.
291
Al-Farg‗oniy 832-833-yillarda ....??? Sinjor
dashti.
Al-Farg‗oniy 832-833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor
dashtida va ar-Raqqa oralig‗ida yer meridianining bir darajasi
uzunligini o‗lchashda qatnashdi.
292
Alisher Navoiyni hassaga tayangan rasmini
kim chizgan??? Mahmud Muzahhib.
Mahmud Muzahhib tomonidan chizilgan Navoiy tasvirida shoir
hassaga tayangan, uning qomati birmuncha bukchaygan,
qarashlarida ham horg‗inlik alomatlari, ham ulug‗vorlik va
oliyjanoblik ko‗zga yaqqol tashlanib turadi.
293
ALLOD nima??? Avloddan-avlodga meros
bo'lib o'tadigan yer-mulk.
G'arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo'lib
o'tadigan yer??? Allod (yunoncha) - yerga to'la egalik qilish;
G'arbiy Yevropa feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo'lib
o'tadigan yer-mulk. VI asr oxiridan franklarning chek yerlari
dehqon oilasining sotishi yoki in'om etishi mumkin bo'lgan mulki
- allodga aylanadi.
294
Alvon rang xaritadan qaysi davlatga tegishli
degan savol tushdimi sizlaga XIX asr oxirida
qaysi davlatda deb. (Savol pastda DTM
asosida to‘g‘rilandi).
XIX-XX asrlarda Fransiya (a) va Italiya (b) mustamlakasi bo‘lgan
hududlar xaritada qaysi raqamlarda ko‘rsatilgan??? A) a - 2, b - 1.
B) a - 4, b - 1. C) a - 4, b - 3. D) a - 1, b - 3.
295
Aminning asosiy vazifasi nima bo‘lgan?
Buxoro amirligida??? amin (soliq yig‗uvchi).
J; soliq va boshqa tushumlarni yig‗ish, aholi ustidan nazorat olib
borish hamda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash
bo‗lgan. (Buxoro amirligida amin (soliq yig‗uvchi))
296
Amir Olimxon ixtiyorida 15 000 sarboz, 55 ta
eski to‗p va 12 ta pulemyot bor edi, xolos.
1918-yil 25-martda sovet Turkistoni bilan Buxoro amirligi
o‗rtasida Qiziltepa bitimi imzolandi. Amir nomidan bitimni bosh
zakotchi Mirza Salimbek imzoladi.
297
Amir Olimxon qo‗lidagi rus sanoat banklari
aksiyalarining qiymati 33 million so‗m edi.
Fathobodda bo‗lgan dastlabki to‗qnashuvda amir Olimxon
qo‗shinlari yengilsa ham keyinchalik buxoroliklar Kolesov
otryadini qurshab olishdi. Karmanadan Qorako‗lgacha bo‗lgan
170 km masofadagi temiryo‗l izlari amir sarbozlari tomonidan
buzib tashlandi. Buxoroliklar shahar himoyasiga qo‗zg‗aldi.
F.Kolesov 1918-yil 5-mart kuni kechqurun Toshkent tomonga
chekinishga buyruq beradi. 1918-yil 17-martda Kolesov otryadi
bilan Samarqandga yetib keldi.
298
Amir Olimxon rasmi???
1918-yil 2-mart kuni Eski Buxoro shahriga hujum boshlandi.
Buxoro shahri yaqinidagi Fathobodda bo‗lgan dastlabki
to‗qnashuvda amir Olimxon qo‗shinlari yengilsa ham keyinchalik
buxoroliklar Kolesov otryadini qurshab olishdi.
299
Amir Olimxon shahar obidalari va aholini
omon saqlash maqsadida poytaxtni tashlab,
Sharqiy Buxoroga chekingan. 1920-yil 2-
sentyabrda qizil armiya tomonidan Buxoro
shahri egallangan. Buxoroda amir hokimiyati
ag‗darildi va Yosh buxoroliklar hokimiyat
tepasiga kelishdi. 1920-yil sentyabr oyida
Sharqiy Buxoroga kelgan sobiq amir Olimxon
katta kuchlar to‗plab, qizil armiyaga qarshi
kurashga rahbarlik qildi.
Amir Olimxon islohotlari. Amir Abdulahaddan so‗ng Buxoro
taxtini uning o‗g‗li Sayid Olimxon (1910-1920) egalladi. Uni
1893-yilda otasi Peterburgga o‗qishga jo‗natdi.
300
Amir shohmurod haqida
qo‗shinning xarajati uchun jul deb ataluvchi yangi soliq joriy
etildi.Doniyolbiy taxtni o‗g‗li Shohmurodga (1785-1800)
topshirdi. Shohmurod darveshona hayot kechirar, shayx maslahati
bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin esa pichoqqa qin
yasab sotibshu orqali ro‗zg‗or tebratdi. Shohmurod faoliyatida
ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi.
Shu jihatlari xalq orasida katta obro‗ qozongan edi.Amir
Shohmurod yoshligidan xudojo‗y, porso (pokiza) bo‗lib o‗sdi.
Madrasani bitirib, darveshlik jamoasi targ‗ibotchisidan biriga
aylandi. Xalq uni hurmat bilan «amiri ma‘sum» (begunoh amir)
deb atadi.U mamlakat hayotida savdogar va hunarmand
qatlamining qanchalik ahamiyatga egaligini to‗g‗ri baholay
oldi.Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‗i yozib berdi. Unga ko‗ra,
aholi savdo daromadidan to'laydigan boj solig‗idan ozod etildi.
Hunarmandlardan pul yig‗ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish
taqiqlandi. Asosiy soliq xiroj miqdori kamaytirildi.
301
Amir Temur besh yillik (1392-1396) qaysi
hududlar egallangan??? Eski kitob.
Amir Temurning Eronga yana yurish qilishiga olib keldi. Bu besh
yillik (1392-1396) urush davomida G‗arbiy Eron, Iraqi Ajam va
Kavkaz egallanadi.
302
Amir Temur haqida nechta davlatda nechta
asar yozilgan? 33 TA 500 DAN ZIYOD.
Amir Temur va Temuriylar haqida 33 MAMLAKATDA 500
DAN ZIYOD CHET ELLIK tadqiqotchilarning asarlari chop
etilgan.
303
Amir Temur Mozandaron va Seiston
hududlarini kimga suyurgʻol tarzida inʼom
qiladi?
SHohrux
304
Amir Temur qo‗shini YETTI QO‗L
TARKIBI???
Har bir qanotning oldida bittadan qo‗shimcha qo‗riqchi manglay -
avangardi.Amir Temur qo‗shinining asosiy jangovar qismlari
markaz, o‗ng - burong‗or va chap - juvong‗or qanotlaridan iborat
bo‗lgan. HAR BIR QANOTNING OLDIDA BITTADAN
QO‗SHIMCHA QO‗RIQCHI MANGLAY - AVANGARDI, yon
tomonida esa bittadan qo‗riqchi askariy qo‗shilmalar - qanbullar
bo‗lar edi. Shu tariqa qo‗shin yetti qism - qo‗llardan iborat edi.
Sharafiddin Ali Yazdiy qo‗shinni YETTI QO‗Lga - qismga bo‗lib
joylashtirish tartibini birinchi bo‗lib Amir Temur joriy qilgan deb
yozadi. Bu qo‗llar janglarda mustaqil harakat qilib, faqat qo‗shin
qo‗mondoniga bo‗ysungan.
305
Amir Temur qo‗shinida Manglay vazifasi
nima? .
Manglay vazifasi nima? Amir Temur qo‗shinida.Jangga kirish
usuli. Harbiy yurish paytida oldinda xabarchilar, ular orasidan
yasovul bo‗linmasi, undan keyinroqda manglay - avangard qism
borardi. Manglay bilan qo‗shinning asosiy qismlari oralig‗ida esa
qo‗mondonning qarorgohi va uning yon-atrofida zaxira (rezerv)
qismlar joylashgan bo‗lib, u ―izofa‖ deb yuritilgan.
306
Amir Temur qo‗shinni yetti qo‗lga bo‘linga
deb kim yozgan??? Sharafidin Ali Yazdiy.
Sharafidin Ali Yazdiy qo‗shinni yetti qo‗lga - qismga bo‗lib
joylashtirish tartibini birinchi bo‗lib Amir Temur joriy qilgan deb
yozadi.
307
Amir Temur Uch yillik (1386-1388) qaysi
hududlar egallangan??? Eski kitob.
Uch yillik (1386-1388) harbiy yurishlar natijasida Eron (Fors),
Janubiy Ozarbayjon, Iroqning shimoliy qismi, Guijiston va
Armanistondagi (Van ko‗li atrofidagi) yerlar egallanadi. Amir
Temur o‗z ixtiyori bilan taslim bo‗lib, moli omon to‗lagan
shaharlarga tegmagan, qo‗shinlarni bunday shaharlarga
kiritmagan.UCH YILLIK URUSHDA DEHLINI
EGALLAMAGAN.
308
Amir temur xuroson va seyistonni kimga
bergan? Shoxruh Mirzoga.Xuroson, Jurjon,
Mazondaron va Seyiston (markazi Xirot)
Shohruxga, G‗arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va
Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga,
Amir Temur o‗limidan biroz avval o‗g‗il va nabiralari orasida
taqsimlaydi:Fors, ya‘ni Eronning janubiy qismi (markazi Sheroz)
Umarshayxga,Afg‗oniston va Shimoliy Hindiston (markazi
G‗azna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurg‗ol qilib
berilgan.
309
Amir Temur yetti yillik (1399-1404) qaysi
hududlar egallangan??? Eski kitob.
Amir Temur 1399-1404-yillarda Eron, Old va Kichik Osiyolarga
bir necha bor yurish qilindi. Bu yurish tarixga yetti yillik urush
nomi bilan kirgan.
310
Amon-Ra ???
Mil. avv. 2-ming yillikdan boshlab esa Quyosh xudosi Amon-Ra
fir‘avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita
xudo bo‗lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra,
so‗ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan
311
Amudaryo bo‗limi qachon tashkil qilingan???
1873-yilda. (To‗rtko‗l).
1873-yilda Xiva xonligiga qarashli hududlarda Amudaryo bo‗limi
(markazi Petro-Aleksandrovsk; hozirgi To‗rtko‗l) tashkil qilingan.
312
Amudaryo bo'limi qaysi viloyat tarkibida
edi??? Sirdaryo viloyati.
Turkiston general-gubernatorligining Sirdaryo viloyati tarkibiga
kiruvchi Amudaryo bo‗limi tashkil etildi.
313
Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida yashagan
mahalliy sug‗diylar, baqtriylar, xorazmiylar,
farg‗onaliklar, shoshliklar, yarim chorvador
qang‗lar, ko‗chmanchi sak-massaget kabi etnik
guruhlar qabila va elatlarning etnik jihatdan
aralashuv jarayoni natijasida qanday jarayon
sodir bo‘lgan?
Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida yuqorida nomlari qayd etilgan
qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni natijasida
o‗troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon, o‗zbek
xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi. O‗troq hayotga
moslashgan turkiy hududiy maydon, o‗zbek xalqiga xos
antropologik qiyofa shakllanadi.
314
Andijongacha temiryo‗l qachon qurildi? 1899-
yil.
1899-yil Andijongacha Toshkent orqali temiryo‗l qurildi.
315
Angliya birinchi marta parlament
chaqirilgandan 100 yil o‘tib bo‘lgan voqea
aniqlang. Loy jangi.
Angliyada birinchi parlament 1265-yilda chaqiriladi. Parlament
tarkibida baronlardan tashqari, ruhoniylar, har bir graflikdan
ikkitadan ritsar hamda yirik shaharlardan ikkitadan vakillar
to'plangan. Ilyosxo'ja Movarounnahr ustiga qo‗shin tortadi. Ikki
o‗rtadagi jang 1365-yil 22-may kuni Toshkent bilan Chinoz
o‗rtasidagi Chirchiq daryosi bo‗yida sodir bo‗ladi. Tarixda u ―Loy
jangi‖ nomi bilan shuhrat topadi.
316
ANGLIYA VA FRANSIYA.
Ammo qullar bozorida Gollandiyaning hukmronligi ham uzoqqa
cho‗zilmadi. XVII asrning ikkinchi yarmidan mustamlaka
bozorlarini egallash uchun kurashga ANGLIYA VA FRANSIYA
qo‗shildi.
317
Angliyada kimning davrida absolutizmning
inqirozi kuchaydi? Yakov I.
Yakov I o‗tirdi. Styuartlar shotlandiyalik edi. Uning davrida
absolutizmning inqirozi kuchaydi, burjua inqilobi uchun iqtisodiy,
siyosiy va g‗oyaviy asoslar shakllandi. Bularning barchasi 1640-
yili boshlangan Angliya burjua inqilobiga muqaddima bo‗ldi.
318
Angliyada o‘rta asrlarda Feodal jamiyatining
uzil-kesil o'rnatilishi?
Normanlar bosqini tufayli. VizantiyadaIX-XI asrlarda feodal
munosabatlarining uzil-kesil o'rnatildi.
319
Angliyada o‘rta asrlarda Feodal jamiyatining
uzil-kesil o'rnatilishi? Normanlar bosqini
tufayli.
Milodiy V asr oxiridan - XI asr o'rtalariga qadar: yangi feodal
jamiyatga o'tish;
320
Angliyada uzul kesil feodal jamiyat qachon
yuz berdi??? XI asr. Savolni yana bir ko‘rish
kerak???
Feodal jamiyatining uzil-kesil o'rnatilishi. Vilgelm mahalliy
feodallar - angl-sakslar yerlarini tortib olib, o'z ritsarlariga bo'lib
beradi. Ayni paytda kichik va o'rta yer egalari o'z mulklarini
saqlab qolishadi. Mamlakatni itoatda saqlash uchun kuchli qirol
hokimiyati zarur edi. Vilgelm I barcha yirik yer egalarini qirolga
sodiqlikka qasamyod qildiradi.
321
Angliyadagi sharafli inqilob davri qachon yili
so'ralgan.1688.
1688-yilgi «Sharafli inqilob».
322
Ansorlar ma‘nosi nima??? (arabcha -
yordamchilar, safdoshlar)
Ansorlar (arabcha - yordamchilar, safdoshlar) - Muhammad
(s.a.v.) sahobalari bir tabaqasining nomi. (Ular 622-yilda
Makkadan Madinaga ko‗chib borgan musulmon muhojirlarga va
Rasulullohga yordam bergan hamda Islom dinini qabul qilgan
Madinaning avs va hazraj qabilalarining a‘zolari bo‗lganlar.)
323
Antanta Usmonli davlatiga qarshi kurashida
Turkiyaga yordam bergan davlat? Germaniya.
Antanta harbiy dengiz kuchlari Usmonli davlatiga qarshi
Dardanell bo‗g‗ozida harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi.
Germaniya mumkin bo‗lgan barcha imkoniyatlardan foydalanib,
Turkiyaga yordam ko‗rsatdi.
324
Antatntaning G‘arbiy Frontdagi jangi «Nevel
qirg‗ini» haqida ...
1917-yil aprel oyida Antantaning G‗arbiy frontdagi qurolli
kuchlari hujumga o‗tdi. Germaniya mudofaa chizig‗ini yorib
o‗tishga muvaffaq bo‗linmadi. Aksincha, bu janglar oqibatida
katta qurbonlar berildi. Bu hujumga Fransiya qurolli kuchlarining
Bosh qo‗mondoni Nevel rahbarlik qilganligi uchun «Nevel
qirg‗ini» deb ataldi.
325
Antropolog olimlarning ta‘kidlashlaricha,
qaysi davlat davrida o‗zbek va voha tojiklariga
xos antropologik qiyofasi to‗liq shakllanadi??? Qang‗ davlati davrida.
326
antropologik qiyofa Nimaning natijasida
shakllandi? Savolda nimani so‘ralgani aniq
emas. Agar, javob variantlari bor bo‘lganda
to‘g‘ri javobni o‘zini yozib qo‘yardim. Eslab
qolish kerak.
O‗rta Osiyoning vodiy va vohalarida yashovchi aholi tashqi
qiyofalarida hozirgi o‗zbek va voha tojiklariga xos antropologik
qiyofasi to‗liq shakllanadi.
327
Anubis qanday iuloh??? Marhumlar va
mumiyolanganlar.
Anubis - marhumlar va mumiyolanganlar.
328
AQSH SSSRni qachon tan oldi? 1933-yil.
1933-yil.
329
AQSH va YI 2000-yillar boshlarida energetika
samaradorligi va Parij konvensiyasini...???
AQSH va YI dunyoda eng yirik energiya iste‘molchilari bo‗lib,
ular atmosferaga eng ko‗p zaharli moddalarni chiqaradi. 2000-
yillar boshlarida ikki tomon energetika samaradorligi, xavfsizlik
va iqlim o‗zgarishi to‗g‗risida bayonot, Iqlim o‗zgarishi
to‗g‗risida BMTning Parij konvensiyasini imzoladi. Ammo 2017-
yili AQSH prezidenti D. Tramp mamlakatning bu konvensiyadan
chiqishini e‘lon qildi.
330
AQSH vositachiligida 1905-yilning 23-
avgustida shunday shartnoma imzolandi.
Yaponiya Port-Arturni ijaraga olish huquqiga ega bo‗ldi. Saxalin
orolining janubiy qismi Yaponiyaga berildi.Shartnomaga ko‗ra,
Rossiya Koreyani Yaponiya ta‘sir doirasi deb tan oldi.
331
AQSHda 1960-yillari qaysi sohalar yetakchi
sohalarga aylandi???
1) energetika, 2) elektronika va kimyo sanoati, 3)
avtomatlashtirish va aloqa vositalarini hamda turli asboblarni
ishlab chiqarish.AQSHda 1960-yillari prezidentlar Jon Kennedi
va Lindon Jonson ma‘mu-riyatlari iqtisodiy o‗sishni
jadallashtirish sari yo‗l tutdilar. Ishlab chiqarishni ommaviy
avtomatlashtirish amalga oshirildi. Iqtisodning energetika,
elektronika va kimyo sanoati, avtomatlashtirish va aloqa
vositalarini hamda turli asboblarni ishlab chiqarish yetakchi
sohalarga aylandi.
332
Arab uslubidagi inshootlar???
Al-Qasar qasri, Al-Hamro. Ispaniyaning Sevilya shahrida masjid
va Al-Qasar qasri, Granadadagi Al-Hamro saroylari arab
me'morchiligi durdonalari hisoblanadi.
333
Arab xalifaligida qaysi lavozim harbiy ishlar
uchun mas‘ul? AMIR UL-UMARO
AMIR UL-UMARO
334
Arab xalifaligida vazir ul-vuzaro (ulug‗ vazir)
ning vazifasi?
Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug‗ vazir) ga
tayangan. AMIR UL-UMARO harbiy ishlar uchun mas‘ul
bo‗lgan. Xalifa turli masalalarni kengashda - devon ad-darda
ko‗rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo‗lingan:
devon al-mashriq, devon al-mag‗rib va devon al-xaraj.
Movarounnahrga tegishli masalalar devon al-mashriqda hal
qilinar edi.
335
Arab xalifaligiga qarshi qo‘zg‘olonlarni
moslashtiring? 769-783-yillarda
Movarounnahrda ―Oq kiyimlilar‖ qo‗zg‗oloni
bo‗lib o‗tgan. Hoshim ibn Hakim.
720-yil Sug‗dda Qo‗zg‗olon boshlandi. Rahbari Sug‗d ixshidi
G‗urak va Panjikent hokimi Divashtich. Sug‗dliklarga yordam
berish uchun Yettisuvdan turk lashkarlari keladi. 747-749-yillarda
Abu Muslim boshchiligidagi qo‗zg‗olon Xuroson va
Movarounnahrda bo‗lib o‗tdi. Qo‗zg‗olon natijasida xalifalikda
umaviylar hokimiyatdan ag‗darilib, abbosiylar sulolasi hokimiyat
tepasiga keldi. 815-yilda Ozarbayjonda Bobak boshchiligidagi
qo'zg'olon ham 20 yildan ortiq davom etadi. Tarixda «qizil
ko'ylaklilar» nomini olgan bu qo'zg'olon qatnashchilarining shiori
quyidagicha edi: «Qirq yil qul bo'lib yashagandan bir kun ozod
bo‘lib yashagan ma'qul».
336
Arab xalqlarining islomgacha bo‗lgan davrida
"tong yulduzi"? Astar.
Arablarning ko'pchiligi majusiy bo'lishgan. Ularning dinlari
qo'shni semit xalqlari dinlari bilan ko'plab umumiylikka ega
bo'lgan. Muhim ilohlardan biri urush va hosildorlik xudosi Astar
«Tonggi yulduz» ko'rinishida tasavvur etilgan.
337
Arablar islom dinini yoyishdagi ishlari?
Raqamli. 1,2,3,4,5,6,7 Savol aniq emas.
Arablar Movarounnahrda o‗rnatilgan siyosiy hokimiyatni
mustahkamlash va uning barqarorligini ta‘minlash uchun Islom
dinini da‘vat etishga, aholi o‗rtasida islomni yoyishga alohida
ahamiyat berdilar. Shu boisdan ular shu davrgacha
Movarounnahrda mavjud bo‗lgan dinlarga qarshi qattiq kurash
olib boradilar. Ibodatxonalar vayron etilib, ularning o‗rniga jome
masjidlari bino qilinadi. Masalan, Qutayba Buxoro shahrining
markazida joylashgan zardushtiylar ibodatxonasini jome
masjidiga aylantirdi, sug‗diy yozuvda bitilgan asarlarni yo‗qotdi.
Mahalliy aholini Islom diniga kiritishga harakat qildi. Shu
maqsadda masjidga kelib ibodat qiluvchilar uchun hatto 2
dirhamdan pul hadya etishni joriy etdi.
338
Arablar Movorounnahrga kirib kelgach
mahalliy aholiga o‘tkazgan siyosatlarini
toping.
Islom dinini qabul qilib, musulmon bo‗lgan mahalliy aholi
vakillari dastlabki yillarda xiroj va jizya soliqlaridan ozod etilgan.
Islomni qabul qilmaganlardan esa jon solig‗i - jizya undirilib
olingan. Soliqlarni o‗z vaqtida to‗lamagan kishilarning
bo‗yinlariga ―qarzdor‖ deb yozilgan taxtacha osib qo‗yilardi
339
Argentinada 1876 yilda qanday qonun
chiqqan? Immigratsiya va kolonizatsiya
to‗g‗risida.
Argentinada 1876-yil immigratsiya va kolonizatsiya to‗g‗risida
qonun qabul qilindi. Qonunga ko‗ra, hali aholi band qilmagan
davlat yerlari 80 gektardan oshmaydigan maydonlarga bo‗linib
sotildi. Hindularning hosildor yerlari tortib olinib, ofitserlar va
askarlarga bepul bo‗lib berildi.
340
Argentinada kolonizatsiya to'grisidagi qonun?
1876. Imigratsya kolonizatsya.
1876-yil immigratsiya va kolonizatsiya to‗g‗risida qonun qabul
qilindi. Qonunga ko‗ra, hali aholi band qilmagan davlat yerlari 80
gektardan oshmaydigan maydonlarga bo‗linib sotildi.
Hindularning hosildor yerlari tortib olinib, ofitserlar va askarlarga
bepul bo‗lib berildi.
341
Argentinada prezident I. Irigoyen davrida
1928-1930-yillarda amalga oshirilgan
islohotlar, ayniqsa, diqqatga sazovor. U davlat
vositachiligi yo'li bilan sarmoya va mehnat
o'rtasida hamkorlikni ta'minlay oldi. Bu
mamlakatda 8 soatlik ish kuni, yakshanbada
dam olish, ijtimoiy sug'urta kabi ijtimoiy
muammolar ijobiy hal etildi.
Argentinada Ipolito Irigoyen hukumatining faoliyati bu davr
liberal-islohotchilik siyosatiga yorqin misol bo‗lishi mumkin.
Uning hukumati milliy sanoatning rivojlanishini rag‗batlantirdi,
davlat neft sanoatini shakllantirdi. Qishloqda kuchli fermerlar
qatlami shakllandi, ijarachilarning ahvoli yaxshilandi. Irigoyen 8
soatlik ish kuni to‗g‗risida qonun qabul qilinishiga erishdi. Ish
haqi oshirildi, ishchi va xizmatchilarning katta qismi uchun
pensiya belgilandi, o‗smirlar va ayollar mehnati cheklandi.
Irigoyen Argentinaning milliy suverenitetini qat‘iy himoya qildi.
Prezident I. Irigoyen hukumati (1916-1922) islohotlar yo'li bilan
siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga urindi.
342
Argentinada XIX asr oxiri XX asr boshlarida
sotsialistik partiya nima uchun kurash olib
bordi?
1895-yilda Sotsialistik partiya tuzildi. Partiya diniy ta‘limni bekor
qilish, yagona soliq joriy qilish, kasaba uyushmalarini birlashtirish
va namoyishlarga ruxsat uchun kurash olib bordi. 18 yoshga
to‗lgan erkak fuqarolarga (ruhoniy va harbiylardan tashqari)
umumiy saylov huquqini berish to‗g‗risida qonun chiqarilishiga
erishildi.
343
Arnasoy tumani qachon tashkil qilindi?
ARNASOY (1977-YIL) (Ellikqal‘a).
1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. Jizzax cho'lida 70 ming
gektardan ko'proq yangi yerlar o'zlashtirildi. O'zlashtirilgan
yerlarda Mirzacho'l (1967), Do'stlik (1970), Zafarobod (1973),
Arnasoy (1977) tumanlari tashkil etildi. Sanoat korxonalari barpo
etilgan, ahoU zichroq yashaydigan posyolkalar bazasida Paxtakor
(1974), Do'stlik (1974), Gagarin (1974) shaharlari vujudga keldi.
Jizzax cho'lida 1454 ming kv metr turar joy binolari, 21,9 ming
o'rinli maktablar, 6800 o'rinli bolalar bog'chalari, klublar,
shifoxonalar, oshxonalar qurildi.
344
Ashtarxon (Hoji Tarxon) xonligi qaysi davlat
parchalanishi natijasida paydo bo‘ldi? Jo‗jixon
ulusi - Oltin O‗rda.
Ashtarxoniylar haqida O‗zaro ichki nizolar oqibatida Jo‗jixon
ulusi - Oltin O‗rda amalda bir nechta mustaqil xonliklarga
bo‘linib keta boshladi. Ulardan biri XV asrning 30-yillarida
Volgabo‗yi yerlarida tashkil topgan Ashtarxon (Hoji Tarxon)
xonligi edi. Hozirgi Rossiya Federatsiyasiga qarashli Astraxon
(Ashtarxon) shahri uning poytaxti bo‘lgan. Rossiya bu xonlikni
1556-yilda bosib oldi. Jo‗jixon ulusi - Oltin O‗rda
345
Ashtarxoniylar davlatida kim davrida markaziy
davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi?
Imomqulixon
Imomqulixon 1613-yilda Toshkentni qozoqlardan ozod etdi.
Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan
mustahkamlandi.
346
Ashtarxoniylarda "amirlar amiri"lavozimi?
OTALIQ.
shayboniylar davrida otaliq lavozimidagi shaxs xondan keyingi
o‗rinda turuvchi devonbegi lavozimidagi shaxs martabasiga
tenglashtirildi. Bora-bora u amirlar amiriga aylandi.
347
Asparux hukmronlik yillari??? 643-701
YILLAR.
Bolgariya podsholigi - Bolqon yarimorolida turkiyzabon
bulg'orlar xoni Asparux (643-701) tomonidan asos solingan
davlat.
348
ASSAM Bengaliya va boshqa Hindiston
shaharlarida nimalar yetishtirilgan? Choy.
Kanop paxta.
Bengaliya kanop, Assam choy, Bombey va Markaziy Hindiston
paxta, Panjob bug‗doy yetishtirishga ixtisoslashdi.
349
Atamalarni moslashtiring? INTEGRATSIYA,
MODERNIZATSIYA, GLOBALLASHUV.
INTEGRATSIYA - bu suveren davlatlar
o‗rtasida tovarlar, xizmatlar, moliya,
investitsiya, ishchi kuchi erkin
harakatlanadigan iqtisodiy kenglikni tashkil
qilish maqsadida birlashish jarayoni.
MODERNIZATSIYA - zamonaviylashtirish.
MODERNIZATSIYA - bu ijtimoiy tizimni
jadal rivojlantirish maqsadida uni to‗liq yoki
qisman yangilash, an‘anaviy jamiyatdan
yangilangan jamiyatga, agrar sivilizatsiyadan
industrial sivilizatsiyaga o‗tish jarayoni.
Modernizatsiya - ishlab chiqarish, texnika,
texnologik jarayon kabilarni zamonaviy
talablarga moslash, yangilash jarayoni.
Modernizatsiya - (modern zamonaviy)
yangilanish, zamonaviy; davlat, jamiyat,
iqtisodiyot, texnologiya va boshqa sohalarning
yangilanishi, yangi uslublar, ixtirolarning
qo‗llanishi asosidagi o‗zgarishlar.
GLOBALLASHUV - bu jahon mamlakatlarining iqtisodiy,
siyosiy, madaniy va diniy jihatdan birlashishi yoki yaqinlashish
jarayoni. Globallashuv (globus - Yer shari) deganda umumjahon
iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuv va
unifikatsiyalashuv jarayoni tushuniladi. Globallashuv - bir xil
baholanishi mumkin bo‗lmagan o‗ta murakkab jarayon.
350
Atamalarni moslashtiring? Kartel, Monopoliya
va Sindikat. Monopoliya (yunoncha, mono -
tanho, poleo sotaman) - iqtisodiyotning bir
sohasidagi tanho hukmronlik. Monopoliya -
(yunoncha - tanho sotish) iqtisodiyotning bir
sohasidagi yakkahukmronlik.
Kartel (italyancha - qog‗oz, hujjat) - bir tarmoqdagi mustaqil
kompaniyalar, firmalarning ishlab chiqarish va sotishning
umumiy hajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir
ishtirokchining ulushi va boshqalar to‗g‗risidagi bitim asosida
tashkil etilgan tuzilma. Sindikat (yunoncha - birgalikda ishlash) -
bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar
birlashmasi.
351
Avliyo Georgiy ibodatxonasi qaysi shaharda
joylashgan? Genuyada.
Genuyada.
352
Avstriya sotsial-demokratik partiyasi
talablari??? Menga 2021-yilda tushdi!
Siyosiy erkinliklar; Parlamentni umumiy, teng, to‗g‗ri, yashirin
ovoz berish yo‗li bilan saylash Cherkovni davlatdan, maktabni
cherkovdan ajratish; Ish kunini qisqartirish kabi talablar 1889-
yilda esa Avstriya sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |