Darsning maqsadi:a)ta’limiy-Farhod timsolidagi komillikka xos fazilatlarni asar matniga tayanib tahlil qilish,asr haqidagi bilimlarni kengaytirish;
b)tarbiyaviy-asarda ilgari surilgan komillik tuyg’ularini o’quvchi ongiga singdirish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilarning dunyoqarahi,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turu:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,asar tahlili,tavsif berish,qiyoslash;
Darsning jihozi:darslik,”Farhod va Shirin ”dostoni.tarqatmalar,minnatyuralar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;b)kitob-daftarlar nazorati;d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida asar yuzasidan savol-javob o’tkazish;2.Asar qahramonlariga tavsif(Shopur,Mehnbonu,Xusrav,Sheruya…)
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Asarning to’liq nashri asosida bahs-munozara:1.Farhod o’limidan so’ng Shirin qanday tushkunlikka tushdi?
2.Xusrav qanday yo’l bilan Shiringa erishishni ko’zladi?3.Mehnbonu va Shirinnning Xusrav taklifiga ko’nish sababini izohlang.4.Sheruya va Xusrav…va Shirin munosabatlarini izohlang.5.Shirin Sheruyaga qanday talablar qo’yadi?6.Shirinning o’limini shoir qanday tasvirlaydi?7.Asar oxiridagi voqealarni sharhlang.(Bahrom va Sopur asosida)
II.Asar matni ustida ishlash: Undan fahm etib umri baqosin,Sovug’ oh urdi yod aylab atosin
Anosi ham ko’zi oldig’a keldi,
Ko’zidin ikki qonlig’ rud ochildi.
Farhod Shirin o’limi haqidagi “xabar”ni eshitib,oh-u fig’on chekdi.Borliqdagi barcha narsalar bilan vidolashgach,yaqinlari-ota-onasi bilan vidolashdi.navoiy buo’rinda farhodga xos jihatlarni ifodalashi bilan birga ,inson uchun eng yaqin insonlar,avvalo,ota-ona ekanligini,qiyin vaziyatlarda,avvalo,ularni yod etajagiga ishora qiladi…
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Asarning to’liq nashri ustida ishlash
“Farhod va Shirin”dostonida shoir asar mazmunini,har bir fikrni go’zal badiiyat qobig’ida berishga intiladi.Buni Farhod timsoli misolida ham ko’rish mumkin.”…Yangi oy yo’qki,mehri olamoroy”,-ya’ni Farhodni olamni yorituvchi quyosh,deb ta’riflashida ham shoir uning komillik sifatlariga ishora qiladi,uning qalbida ham,yuzida ham ilohiy ishq sezimlarini tasvirlaydiIchinda dard ta’vizi qozilg’an,-
Bu misralarda Farhod ishq bilan tug’ilganini va bu ishq otashdek insonning butun borlig’ini yondiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |