II.”Memuar asar”haqidagi adabiy ma’lumotlarni o’zlashtirish.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”asari to’liq nashri ustida ishlash va qo’shimcha ma’lumotlarni o’zlashtirish:
Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum,
Olam elidun turfa sitamlar ko’rdum.
Har kim bu “Vaqoye’”ni o’qub,bilgaykim,
Ne ranj-u ne mehnat-u ne g’amlar ko’rdum.
Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining “Boburnoma”asarini ilk bora”Vaqoye’”deb nomlaganini aytadi.Buni qizi Gulbadanbegim ham “Humoyunnoma”asarida ta’kidlab o’tadi.Bu asar 20dan ortiq nom bilan atalgan:”Voqeoti Boburiy”,”Voqeanomai podshohiy”,”Tabaqoti Boburiy”,”Vaqoye’”,”Voqeanoma”,”Bobur podshohining tarjimai holi”,”Boburiya”,”Bobur memuarlari”,”Esdaliklar”,”Bobur tarixi”,”G’aroyib tarjimai hol”,”Sharhlar”,”Ma’murnoma”,”Boburning hayoti”,”Tuzuk”,”Podshohnoma”,”Bobur xotiroti”,”Bobur bitiklari”,”Boburnoma ingliz tilida”…
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov:”Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi.O’zbek xalqining dovrug’ini dunyoga taratgan ulug’ ajdodlarimizdan biri o’laroq ,ul zot bizni tariximizni qadrlashga ,kelajakka buyuk ishonch qarashga o’rgatdi.Bobur Mirzo nomi bilan atalmish Milliy bog’ning ,shoir ramziy maqbarasi hamda “Bobur va jahon madaniyati”muzeyining barpo etilishi –xalqimiz tarixida yangi,ozodlik zamoniga qadam qo’yilganidan yaxshi bir mujdadir.
Zairiddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor bo’lmaydi.,muqarrar tarzda saodatga erishadi.
Qadimiy Andijon xalqining bu kabi savobli ishlari va boshqa vatandoshlarimizga ibrat bo’lsin.
Bobur Mirzo bobomizning siymosini abadiylashtirishga qo’l urgan insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiraman” (1994-yil 4-oktabr “Xotira daftari”ga)
“Boburnoma”asarida ayim yillarga oid ma’lumotlar kiritilmagan.Hijriy 908(1500)yilning oxiridan 909(1501)yil so’nggigacha,914(1506)yildan boshlab to 925(1517)yilning boshigacha,926(1518),931(1521),934(1524-1525)aprel-sentabr pylari,936-937(1527-1528) yil voqealari kiritilmagan.Ingliz olimi Lyukas Yayt King boshqa manbalardan Bobur haqidagi ma’lumotlarni olib,asarning to’liq nashrini yaratadi.Uning aytishicha ,asarda 4000dan ortiq joy,o’simlik,hayvonot dunyosiga oid atamalar sharhi va izohi berilgan I
II.Test sinovi:
1.Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”ni ilk marta qayta atagan?
A.”Vaqoye’” B.”Tuzuki Boburiy” C.”Voqeoti Boburiy” D.”Boburiya”
2.Bu haqida yana kim o’z asarida ma’lumot berib o’tgan?
A.Muhammad Solih “Shayboniynoma” B.Gulbadanbegim”Humoyunnoma”
C.Mashrab “Mashrab qissasi” D.Zebuniso”Boburiylar tarixi”
3.”Boburnoma” qancha nom bilan bosilib chiqqan?
A.30 dan ortiq B.20 ga yaqin C.20 dan ziyod D.!5 ga yaqin
4.”…Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon xor bo’lmaydi,muqarrar tarzda saodatga erishadi…”Bu fikrlar kimga tegishli?
A.I.A.Karimov B.Javoharla’l Neru C.Porso Shamsiyev D.King
5.Asarda qancha hayvonot,o’simlik va joylarga oid so’zlarnng izohi,sharhi keltirilgan?
A.4000 dan ortiq B.4000 ga yaqin C.3000 ta D.3500 dan ortiq
Do'stlaringiz bilan baham: |