20
30. Amirlikda davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash,
shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida
amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani
bajargan lavozimni aniqlang.
A) to'qsoba B) Mehtar
C) Bosh inoq D) Kichik inoq
31. Buxoro amirligida amir otxonasining boshlig`i kim bolgan?
A) inoq B) miroxur C) mirshab D) mushrif
32. Buxoro amirligida qaysi mansabdor shaxs amir huzurida
uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas`ul bolgan?
A) dasturxonchi B) sadr
C) mirshab D) parvonachi
33. Buxoro amirligida quyidagi qaysi mansab egasi vaqf
mulklarining boshqaruvchisi hisoblangan?
A) dasturxonchi B) sadr
C) mirshab D) parvonachi
34. Buxoro amirligida amir kutubxonasining boshliqi berilgan
javobni aniqlang
A) kitobdor B) daftardor C) to`qsabo D) sadr
35. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi qozikalon murakkab
dеb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo`yicha shariatga
asoslanib fatvo chiqargan?
A) muftiy B) muhtasib C) shayxulislom D) sadr
36. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi davlat xavfsizlik
xizmati boshlig‘i bo’lgan?
A) Mehtar B) Qutvol
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
37. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi soliq va boshqa
yig‘imlardan tushgan mablag‘larning belgilangan o‘rinlarda
qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor bo’lgan?
A) Mehtar B) Qutvol
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
38. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi davlat hisobidan
amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor hisoblangan?
A) Mehtar B) Qutvol
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
39. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi chet mamlakatlar
elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi hisoblangan?
A) Mehtar B) Qutvol
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
40. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi shahar va yo‘llar
posboni hisoblangan?
A) Mushrif B) Dodxoh
C) Qorovulbegi D) Muhtasib
41. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi amirga in’om etilgan
sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi
amaldor hisobangan?
A) Mushrif B) Dodxoh
C) Qorovulbegi D) Muhtasib
42. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi jabrlanuvchi arizasini
amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul
amaldor hisoblangan?
A) Mushrif B) Dodxoh
C) Qorovulbegi D) Muhtasib
43. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi barcha musulmon
ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat
qiluvchilar)ning boshlig’i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali
ruhoniy, din arbobi sanalgan?
A) Muftiy B) Qozikalon,
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom
44. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi sudlov ishlarini
amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo’qotganlarning, beva-
bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik himoya qilinayotganligi
ustidan nazorat olib borgan?
A) Muftiy B) Qozikalon
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom
45. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi muhtasib bozorda
qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, og‘irlik
(tosh-u tarozi) va uzunlik o’lchovlarining to‘g‘riligi hamda aholining
shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari
ustidan bevosita nazorat olib borgan?
A) Muftiy B) Qozikalon
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom
46. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlarni vazifasi bilan
moslashtiring.
1. Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak
hukmdor ham uning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan.
2. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat
olib borgan.
3. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan.
4. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka
qarshi choralar ko‘rgan
5. Bu lavozim mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi
lavozim edi.
A) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Qozikalon
B) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muftiy, 5-Qozikalon
C) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muhtasib, 5-Qozikalon
D) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Muftiy
47. Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o‘lchash uchun
qo'llaniladigan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni necha sotix? 1
gektar yer esa mecha tanobni tashkil etgan?
A) 1 tanob-6,66 sotix, 1 gektar-18 tanob
B) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-12 tanob
C) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-14 tanob
D) 1 tanob-10 sotix, 1 gektar-10 tanob
Do'stlaringiz bilan baham: |