Savol, masala va topshiriqlar 1) Qanday shakl markaziy simmetrik shakl deyiladi? Markaziy simmetrik shakllarga misollar keltiring.
2) Shaklning simmetriya markazi nima? Markaziy simmetriyada: 1) tekislikning qanday nuqtasi; 2) qanday to‘g‘ri chiziqlar o‘ziga akslanadi?
O nuqta AB to‘g‘ri chiziqda yotadi. O nuqtaga nisbatan AB to‘g‘ri chiziqqa simmetrik shakl qanday shakl bo‘ladi? Uni yasang.
1) Ikkita teng va parallel kesmalar berilgan. Ularning simmetriya mar- kazini yasang. Kesishuvchi ikki to‘g‘ri chiziq simmetriya markaziga egami?
Uchta to‘g‘ri chiziqdan ikkitasi o‘zaro parallel, uchinchisi esa ularni kesadi. Ulardan hosil bo‘lgan shakl simmetriya markaziga egami
?
A1B1 va A2B2 kesmalarning o‘rtalari umumiy O nuqtadan iborat. A^A va B1B2, A1B2 va A2B1 kesmalarning tengligini isbotlang.
A^A2 va B1B2 kesmalarning o‘rtalari O nuqta bilan bir to‘g‘ri chiziqda yotishini isbotlang. Agar to‘rtburchakning simmetriya markazi bo‘lsa, bu to‘rtburchak pa- rallelogramm ekanini isbotlang.
Tekislikda A (2; 2), B (-2; 0), C(3; 4), D (0; 2), E(-2; -2), F(-4; 2), K(3; -2), L (-3; -3) nuqtalar berilgan. Bu nuqtalarga: koordinata o‘qlariga; 2) koordinata boshi O (0; 0) nuqtaga nisbatan simmetrik nuqtalarni yasang va koordinatalarini yozing. Simmetriya markaziga ega bo‘lgan uchburchak (to‘rtburchak) bormi?
O markazli aylanada ikkita o‘zaro teng va parallel vatar o‘tkazilgan. Ularning simmetriya markazini toping.
IfFl/- § ga (simmetriyaga) doir qo‘shimcha mashqlar A, B va C nuqtalar berilgan. C nuqtaga AB to‘g‘ri chiziqqa nisbatan simmetrik bo‘lgan C1 nuqtani faqat sirkuldan foydalanib yasang.
AB kesma hamda shunday ikki nuqta C va D berilganki, bunda CA = CB va DA = DB bo‘lsin. A va B nuqta CD to‘g‘ri chiziqqa nisbatan sim- metrik ekanini isbotlang.
Turli tomonli uchburchak simmetriya o‘qlariga ega emasligini isbotlang.
Teng yonli uchburchakning asosiga o‘tkazilgan medianasi yotgan to‘g‘ri chiziq uchburchakning simmetriya o‘qi bo‘lishini isbotlang.
ABCD romb berilgan. BC to‘g‘ri chiziqqa nisbatan simmetriyada A nuqtaga simmetrik bo‘lgan nuqtani yasang.
To‘g‘ ri to‘rtburchakning simmetriya o‘qlari x = 4 va y = 3. Uning uchlari- dan biri A (7; 5), qolgan uchlarining koordinatalarini toping.
AB kesmaga O1 nuqtaga nisbatan simmetrik A1B1kesmani yasang, so‘ngra A1B1 kesmaga O2 nuqtaga nisbatan simmetrik kesmani yasang.
Berilgan nuqtaga nisbatan: 1) kesmaga; 2) burchakka; 3) nurga simmetrik bo‘lgan shakl nimadan iborat bo‘ladi?
Uchburchakning uchlari A (-2; 1), B (1; 5) va C (4; -2) nuqtalarda yotadi. Koordinatalar boshiga nisbatan berilgan uchburchakka simmetrik bo‘lgan uchburchakning koordinatalarini toping.
A (5; 2), B (5; -2), C(2; 5) va D (-5; -2) nuqtalar berilgan. Bulardan qaysi biri koordinatalar boshiga nisbatan simmetrik?
A va C nuqtalarning simmetriya markazini aniqlang. To‘g‘ ri chiziqda teng ikkita AB va CD kesmalar berilgan. Ularning simmetriya markazini yasang.
Parallelogramm diagonallarining kesishish nuqtasidan o‘tkazilgan ixtiyoriy to‘g‘ri chiziq uni ikkita teng shaklga ajratishini isbotlang.
Teng tomonli ABC uchburchak AC tomonining o‘rtasiga nisbatan simmetriyada B uchi D nuqtaga o‘tadi. ABCD to‘rtburchak romb bo‘lishini isbotlang.
Ikkita teng aylana tashqi tomondan urinsa, ular urinish nuqtasiga nisbatan simmetrik bo‘lishini isbotlang.
Radiuslari teng ikkita aylana berilgan. Berilgan aylanalarning simmetriya markazini toping.
Agar shakl ikkita perpendikular simmetriya o‘qiga ega bo‘lsa, u holda u simmetriya markaziga ega bo‘lishini isbotlang.