1.9-chizma.Kremniy kristalida atomlararo kovalent bog’lanish Bog’lanish hosil qilishda har bir atomdan bittadan elektron ishtirok etadi. Bu elektronlar bir atomdan ikkinchisiga o’tishi ham mumkin, shuning uchun bunday bog’lanish kuchlarini almashish kuchlari, bog’lanish energiyasini esa almashish energiyasi deb ataladi. Аtom bog’lanishga kremniy kristali misol bo’la oladi (1.9-chizma). U olmossimon kristall panjarasiga ega bo’lib har bir atom atrofida 4 ta yaqin qo’shnisi bor. Ushbu atomlar tetraedr ko’rinishidagi fazoviy panjara hosil qilib markazda kremniy atomi joylashgan bo’ladi. Qo’shni ikki atom orasidagi boglanishni hosil qilishda har bir atomdan bitta, ikki atomdan ikkita elektron qatnashadi. Kovalent bog’larning muhim belgilaridan biri ularning to’yingan bog’lanish ekanligidir, yaʼni ularda har bir bog’da ikkitadan elektronlar qatnashadi. Ikkinchi belgisi shundan iboratki, kovalent bog’lanishlar qo’shni atomlar oraligi bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. Buni boglanishning yo’naltirilganligi yoki anizotropiyasi deb ataladi. Kovalent boglanish har xil atomlar orasida ham hosil bo’lishi mumkin (masalan, SiC kremniy karbidi, AlN alyuminiy nitridi va boshqalarda). Ko’p hollarda elementlar jadvalining II, III, IV, V guruh elementlari kovalent bog’ hosil qiladilar.
1.5.2 Ion (geterotqutbiy) boglanishli kristallar Bunday kristallarning panjarasi tugunlarida ionlar joylashgan bo’ladi. Turli ishorali ionlar orasidagi masofa bir xil ishorali ionlar orasidagi masofadan kichik bo’ladi, shuning uchun turli ishorali ionlar orasidagi tortishish kuchi bir xil ishorali ionlar orasidagi itarish kuchidan kattadir. Lekin tortishish kuchlari ma’lum bir r0masofagacha taʼsir qiladi. Аgar ionlar orasidagi masofa r0 dan kichkina bo’lsa ular orasida itarish kuchi paydo bo’ladi. Kristaldagi qo’shni atomlar orasidagi tortishish va itarish kuchlari kvant mexanikasi orqali tushuntiriladi. Baʼzi masalalarni yechsihdagina biz ion bog’lanishli kristallardagi uzaro taʼsir kuchlarini elektrostatik Kulon kuchlari deb olishimiz mumkin. Ion kristallari ko’p hollarda elementlar davriy sistemasi I-chi va VII guruh elementlari birikishidan hosil bo’ladi. Ion kristallning har bir ioni atrofida muayyan K sondagi boshqa ionlar joylashali. Ushbu ionlar sonini koordinatsion son — K deb ataladi. Koordinatsion sonning qiymati panjarlardagi ionlarning radiuslari nisbati bilan aniqanadi. Ushbu sonni qanday aniqlash 1.4- jadvalda keltirilgan.
Bu yerda ionlarning radiuslar nisbati.