Yo‘l-transport hodisasining kulminatsion fazasi ko‘proq og‘ir oqibatlarni (avtomobillarning buzilishi, piyodalar, yo‘lovchilar va haydovchilarning jarohatlanishi) chaqiradigan hodisalar bilan tavsiflanadi. Agar YTH da nisbatan unchalik ko‘p bo‘lmagan transport vositalari va piyodalar qatnashsa, u holda kulminatsion faza uzoq davom etmaydi (odatda bir necha sekund davom etadi) va yo‘lning unchalik uzun bo‘lmagan uchastkasida rivojlanadi. Hodisaga o‘nlab, hatto yuzlab avtomobillar tortilgan o‘ta yoqimsiz holatlarda (“zanjir YTH da”) kulminatsion fazaning davomiyligi bir necha minutni tashkil qilishi mumkin, Shunga mos ravishda yo‘l-transport hodisasi zonasining o‘lchamlari ham ortadi.
Yakuniy faza kulminatsion fazadan keyin keladi. Uning oxiri ko‘pincha transport vositasining harakatdan to‘xtashi bilan tugaydi. Biroq avariyadan keyingi xavfsizlik talablari buzilgan hollarda (masalan, ag‘darilgan avtomobilda yong‘in vujudga kelganda) yo‘l-transport hodisasining yakuniy fazasi transport vositasi to‘xtagandan keyin ham davom etadi.
YTH ning barcha fazalarini tavsiflaydigan ma’lumotlar qanchalik to‘liq va qanchalik ishonchli bo‘lsa, sabablar shunchalik ob’ektiv bo‘ladi va ularni har tomonlama o‘rganish va YTH ning kechish jarayonini shunchalik detalli qayta yaratish mumkin bo‘ladi.
Ekspertizaning maqsad va vazifalari. Ekspertizalarning tasnifi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 261,262 hamda 266- 268moddalarida ko‘zda tutilgan yo‘l-transport hodisalari ular bo‘yicha tekshirish o‘tkazish shart bo‘lgan jinoyatlar qatoriga kiradi. YTH jinoyat bo‘lib hisoblanmasligi aniqlangan taqdirda (masalan, jabrlanganlar bo‘lmagan taqdirda) tergov-surishtiruv harakatlari amalga oshirilmaydi va jinoyat ishi qo‘zg‘atilmaydi. Mazkur YTH Davlat Avtomobil Inspeksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Huquqbuzarlik Kodeksining 22-moddasida ko‘zda tutilgan ma’muriy huquqbuzvrlik sifatida rasmiylashtiriladi.
Ba’zi bir yo‘l-transport hodisalari aybdorlarning jinoiy javobgarlikka tortilishi va jazolanishi bilan bog‘lanishi sababli bunday YTH lar bo‘yicha
materiallar sud ekspertizasini tayinlashi mumkin bo‘lgan tergov-surishtiruv organlariga taqdim qilinadi. Parallel ravishda xizmat tekshiruvi ham o‘tkazilishi mumkin, odatda uning vazifalari biroz kengroq bo‘ladi. Tarkib topgan amaliyotda oqibati o‘lim, og‘ir tan jarohati olish yoki kattagina moddiy zarar etishi bilan tugagan YTH lar yirik YTH dar qatoriga kiradi. Moddiy zarar transport vositalari, yuklar, yo‘l inshootlari va boshqa inshootlarning shikastlanishidan ko‘rilgan zarar, jonivorlarning halok bo‘lishidan ko‘rilgan zarar, nakladnoy xarajatlarining yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
YTH larni tadqiq qiluvchi tashkilotning idoraviy mansubligiga bog‘liq ravishda xizmat tekshiruvi va sud ekspertizasi ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |