11.1 Mustaqil ishlash uchun masalalar
1. Azot olish reaksiyasi tenglamasidagi Fe+KNO3→N2+Fe2O3+K2O koeffitsientlar yig’indisini hisoblang.
2.Al+HNO3(suyul.)→Al(NO3)3+NH4NO3+H2O reaksiyadagi moddalar koeffitsientlarining yig’indisini toping.
3. Quyidagi reaksiyada oksidlovchi oldidagi koeffitsientni ko’rsating. CuS+HNO3→Cu(NO3)2+H2SO4+NO2+H2O
4. Quyidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiya tenglamasiga koeffitsientlar qo’yib tenglashtiring. As2S3+HNO3+H2O=H3AsO4+H2SO4+NO. reaksiya tenglamasidagi barcha koeffitsientlar yig’indisini ko’rsating.
5. Kaliy permanganatga vodorod peroksid va sul’fat kislota ta’sir ettirilganda, reaksiyadan so’ng qanday moddalar hosil bo’ladi?
A) kaliy sul’fat, kislorod, suv
B) kaliy sul’fat, marganes sul’fat, suv
C) kaliy sul’fat, marganes sul’fat, kislorod, suv
D) kaliy sul’fat, marganes(IV)oksid, kislorod
E) kaliy sul’fat, marganes(IV)oksid, kislorod, suv
6. Kaliy permanganatni kislotali, neytral va ishqoriy muhitlarda natriy sul’fit bilan qaytarishda marganesning qanday birikmalari hosil bo’ladi?
A) marganes(II)sul’fat, kaliy manganat, marganes(II)gidroksid
B)marganes(IV)oksid, marganes(II)sul’fat, marganes(II)gidroksid
C)marganes(II)gidroksid, kaliy manganat, marganes(IV)oksid
D)marganes(II)sul’fat, marganes(IV)oksid, kaliy manganat
E)marganes(IV)oksid, marganes(II)sul’fat, marganes(II)sul’fat
7. Sul’fat kislotali sharoitda kaliy permanganatga natriy nitrit ta’sir ettirilganda, qancha mol suv hosil bo’ladi?
A) 3 B) 6 C) 5 D) 8 E) 2
8. Kaliy permanganat eritmasiga qaytaruvchilar ta’sir ettirilganda, qanday muhitda kaliy manganat hosil bo’ladi?
A) kuchsiz ishqoriy B) kuchli kislotali
C) neytral D) kuchli ishqoriy E) kuchsiz kislotali
9. Xlorning ishqorlar bilan reaksiyasi (t=70 oC) da xlorning oksidlanish darajalarni va reaksiyada qatnashgan moddalarning koeffitsientlari yig’indisini hisoblang.
A) 0; –1; +1; 6 B) 0; –1; +3; 12 C) 0; –1; +5; 18 D) 0; –1; +7; 24 E) 0; –1; 13
10. H2S, K2Cr2O7, va H2SO4 reaksiyasi natijasida qanday moddalar hosil bo’ladi?
A) S, CrO3, K2SO4, H2 B) H2S,CrO3,K2SO4,H2O
C) S,Cr2(SO4)3, K2SO4, H2O D) H2S, Cr2(SO4)3, K2SO4, H2O
E) SO2, Cr2(SO4)3, K2SO4, H2O
11. Qaysi moddalar ta’sirida kaliy dixromatning qovoq rangli kislotali eritmasi yashil rangga o’tadi?
1) atsetilen; 2) Na2SO3; 3) FeCl2; 4) H2O2; 5) etilen; 6) K2Cr2O7; 7) KMnO4;
A)1,2,3,4,6 B)1,2,3,4,7 C)2,3,5,6,7 D)1,2,3,4 E) 1,2,3,4,5
12. Qaysi modda kaliy permanganatning kislotali eritmasi bilan reaksiyaga kirishganda, kislorod hosil qiladi?
A) SO2 B) H2S C) K2Cr2O7 D) Na2SO3 E) H2O2
13. Quyidagi reaksiya tenglamasini tugallang va koeffitsientlar yig’indisini hisoblang. PH3+KMnO4+H2SO4→H3PO4+…+…+
A) 48 B) 52 C) 54 D) 55 E) 57
14. Quyidagi reaksiyada hosil bo’lgan modda X ni va uning kaliy gidroksid bilan reaksiyasida hosil bo’lgan mahsulot Y ni toping.
HCl(kons.)+K2Cr2O7→X+KCl+H2O+Cl2
X+KOH→Y
A) Cl2, KOCl B) CrO3, K2CrO4
C) CrCl3, Cr(OH)3 D) CrCl2, Cr(OH)2
E) K2CrO4, Cr(OH)3
15. Kaliy permanganat eritmasiga mo’l miqdordagi o’yuvchi natriy ishtirokida natriy sul’fit eritmasi qo’shilganda qanday o’zgarish kuzatiladi?
1.yashil rangli kaliy manganat hosil bo’ladi;
2.eritma rangsizlanib, marganes(II)sul’fat hosil bo’ladi;
3.qo’ng’ir rangli marganes(IV)oksid hosil bo’ladi;
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2,3 E) 2,3
16. Qanday muhitda KMnO4 oksidlovchi sifatida eng kam miqdorda sarf bo’ladi? 1.kislotali; 2.ishqoriy; 3.neytral;
A) 3 B) 2 C) 1 D) 1,2 E) 2,3
17. ioni ishqoriy muhitda qaytarilganda, xromning qaysi birikmasi (yoki ioni) hosil bo’ladi?
A) xromit ioni B) xromat ioni
C) xrom(III)gidroksid D) xrom(III) ionii
E) xrom(VI)oksid
18. Quyidagi reaksiyada oltingugurtning oksidlanish mahsulotini ko’rsating. S+HNO3(kons.)→
A) sul’fat kislota B) oltingugurt(IV)oksidi
C) sul’fit kislota D) oltingugurt(VI)oksid
E) vodorod sul’fid
19. Quyidagi reaksiyada oltingugurtning oksidlanish mahsulotini ko’rsating. S+H2SO4(kons.)→
1) oltingugurt(IV)oksid; 2) oltingugurt(VI)oksid; 3) vodorod sul’fid;
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2 E) 2,3
20. Faqat kislotali muhitda oksidlovchilik xossasini namoyon etadigan marganes birikmalarini aniqlang.
A)marganes(II)oksid, marganes(IV)oksid
B) marganes(II)oksid, kaliy manganat
C)marganes(IV)oksid, kaliy manganat D)marganes(IV)oksid, kaliy permanganat E) kaliy permanganat
21. Kislotali, ishqoriy va neytral muhitlarda oksidlovchilik xossalarini namoyon etadigan marganes birikmalarini aniqlang.
A)marganes(II)oksid, marganes(IV)oksid
B) marganes(II)oksid, kaliy manganat
C) marganes(IV)oksid, kaliy manganat
D) marganes(IV)oksid, kaliy permanganat
E) kaliy permanganat
22. Peroksidlar uchun tegishli bo’lgan xossalarni aniqlang.
1. ishqoriy muhitda qaytaruvchi;
2. ishqoriy muhitda oksidlovchi;
3. kislotali muhitda oksidlovchi;
4. kislotali muhitda qaytaruvchi;
A) 1,3 B) 2,4 C) 1,4 D) 3,4 E) 1,2
Do'stlaringiz bilan baham: |