3-seminar bo’yicha test
1. Boshida CASE termini qanday talqin qilingan?
Computer Aided Software Engineering (dasturiy vositalarni loyihalashda kompyuterni qo‘llash) sifatida
2. Hozirgi vaqtda u qanday talqin qilinadi?
Computer Aided System Engineering (tizimlarni loyihalashda kompyuterni qo‘llash) sifatida
3. CASE-texnologiya bu - ?
o'zaro bog'langan avtomatlashtirish vositalari to'plami tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan murakkab tizimlarni (shu jumladan dasturiy vositalarni) ishlab chiqish va texnik xizmat ko'rsatish uchun metodologiyalar to'plami.
4. Dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda CASE texnologiyalaridan foydalanishning asosiy maqsadi nima?
tahlil va loyihalashni dasturlashdan va ishlab chiqish jarayonining keyingi ishlaridan ajratish, ishlab chiquvchiga tegishli vizual tahlil va loyihalash metodologiyalarini taqdim etishdan iborat.
5. 20-asrning 70-yillarning o'rtalaridan boshlab AQShda murakkab tizimlarni tavsiflash va modellashtirish usullarini ishlab chiqishga qaratilgan bir qator loyihalar moliyalashtirildi. Ulardan biri nima hisoblanadi?
ICAM (Integrated Computer-Aided Manufacturing) loyihasi hisoblanadi.
6. ICAM (Integrated Computer-Aided Manufacturing) loyihasining maqsadi nima?
kompyuter texnologiyalarini tizimli joriy etish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan yondashuvlarni ishlab chiqish hisoblanadi.
7. ICAM loyihasiga muvofiq, ishlab chiqarish muhiti yoki tizimining ishlashining turli jihatlarini modellashtirish uchun nechta IDEF metodologiyasi (ICAM DEFinition) oilasi ishlab chiqilgan?
IDEF0; IDEF1; IDEF2.
8. IDEF0 –
Ross SADT usuliga asoslangan ishlab chiqarish muhiti yoki tizimini funktsional modellashtirish metodologiyasi; tizimning tuzilishi va funktsiyalarini, shuningdek, ushbu funktsiyalarni bog'laydigan axborot va moddiy ob'ektlar oqimini ko'rsatadi
9. IDEF1 –
ishlab chiqarish muhiti yoki tizimini axborot modellashtirish metodologiyasi; tizim funktsiyalarini qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan axborot oqimlarining tuzilishi va mazmunini ko'rsatadi; Koddning relyatsion nazariyasiga va Chenning ER-diagrammalaridan (Entity-Relationship diagrams) foydalanishga asoslangan
10. IDEF2 –
ishlab chiqarish muhiti yoki tizimini dinamik modellashtirish metodologiyasi; tizim xususiyatlari, ma'lumotlar va resurslarning vaqt bo'yicha o'zgaruvchan xatti-harakatlarini ko'rsatadi
11. IDEF0 funktsional modellashtirish metodologiyasi uchun qaysi asos hisoblanadi?
SADT strukturaviy tahlil va loyihalash metodologiyasi
12. SADT metodologiyasi (Structured Analysis And Design Technique) qachon, kim tomonidan shakllantirilgan?
20-asrning 70-yillarida Duglas T.Ross (SofTech kompaniyasi)
13. SADT metodologiyasining asosiy maqsadi nima hisoblanadi?
ishlab chiqilayotgan tizim yoki dasturiy ta'minotga va ularni loyihalash maqsadlariga qo'yiladigan talablarni aniqlash uchun predmet sohani modellashtirish
14. SADT metodologiyasi imkoniyatlarini yozing:
1) universallik – SADT nafaqat dasturiy vositani, balki har qanday maqsadga mo'ljallangan murakkab tizimlarni (masalan, boshqaruv va nazorat qilish, aerokosmik ishlab chiqarish, telefon tarmoqlari, logistika va b.) loyihalash uchun ishlatilishi mumkin;
2) SADT - bu boshqaruv, teskarи aloqa va ijrochilar kabi tizim xususiyatlarini oddiygina aks ettiruvchi metodologiya;
3) SADT jamoaviy ishlarni qo'llab-quvvatlash uchun tartiblarni ishlab chiqish;
4) SADT tizimlar yoki дастурий воситалар yaratishning dastlabki bosqichlarida foydalanish uchun mo'ljallangan (mavzu sohasini tahlil qilish, talablar va лойиҳаni ishlab chiqish bilan bog'liq ishlarni bajarish);
5) SADT boshqa tizimli loyihalash metodlari bilan mos keladi
15. IDEF0 modeli bu - ?
ma'lum maqsadda va tanlangan nuqtai nazardan ishlab chiqilgan va tizimning funktsiyalarini aniqlaydigan predmet sohani tahlil qilish natijalarining grafik va matnli tasviri.
Do'stlaringiz bilan baham: |