1-2 mig‘ 21 guruh talabasi Mahmudova Mohidilning “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanidan tayyorlagan



Download 49,92 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi49,92 Kb.
#787456
Bog'liq
mohidil kurs iwi


O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Buxoro Davlat Universiteti
Pedagogika instituti
Tabiiy – gumanitar fanlar fakulteti
Ijtimoiy fanlar kafedrasi
1-2 MIG‘ 21 guruh talabasi Mahmudova Mohidilning
Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” fanidan tayyorlagan

Kurs ishi


MAVZU: Ma`naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘rsida qarorda belgilangan vazifalar.
BUXORO-2022
Kirish…………………………………………………………………….
I BOB.
1.1.
1.2.
II BOB.
2.1. 
2.2.
Xulosa…………………………………………………………………….19
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………………20

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi.
Kurs ishining o‘rganilish darajasi.Olib borilgan kurs ishi
Kurs ishining davriy chegarasi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining amaliy ahamiyati.Kurs ishining nazariy va amaliy natijalaridan maktab, akademik litsey, kollejlardagi Milliy istiqlol g‘oyasi fanlarida foydalanish mumkin. Mustaqil ish yoki taqdimotlar tayyorlashda mazkur Kurs ishi qo‘shimcha ma’lumot vazifasini o‘taydi.
Kurs ishining tarkibi va hajmi: Kurs ish kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi. Bu jarayonda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, uning joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim.
Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.

Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.

Ana shu maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarining mazmun-mundarijasini tubdan yaxshilash, ularning ko‘lami va miqyosini kengaytirish, tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan soha xodimlarining bilim va malakasini izchil oshirib borish, tuman (shahar) darajasidagi xodimlar mehnatiga haq to‘lashning barqaror tizimini yo‘lga qo‘yish, sohada faoliyat olib borayotgan muassasa va tashkilotlar ishini muvofiqlashtirish va ularning samarasi oshirilyapti
Hozirgi davrda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar umumiy aholining taxmiman 40 foizini, 30 yoshgacha bo‘lganlar esa 37 foizini tashkil etadi. Shu sababli yoshlarning tarbiyasiga, kamolotga etishiga huquqlarini himoya qilishga e’tiborni qaratish davlat siyosatining ustivor yo‘nlishlaridan biri hisoblanadi.
Yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta’minlash bu davlat buyurtmasidir. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish ma’naviy tarbiyaning yoshlarga ta’siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, ahamiyati, ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va yangi texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini o‘rganishdan iboratdir.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida kitobxonning e’tibori takror –takror eng dolzarb masalaga, ya’ni yosh avlod tarbiyasiga, o‘g‘il qizlarimizning sof va beg‘ubor qalbini turli ma’naviy taxdidlardan qanday asrash masalalariga qaratiladi. Shu sababli kitobda eng ko‘p ishlatilgan tushunchalarni “yoshlar”, “tarbiya”, “ma’naviyat”, “milliy g‘oya” , “fazilat”, “taxdid” so‘z va iboralar tashkil etadi.
Hozirgi globallashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar, rivojlanayotgan mintaqalarning boyliklarini egallashga intilish birdaniga paydo bo‘lgani yo‘q.
Ma’naviyatli insoniyat o‘tmishdan tegishli saboqlar chiqarishi va XXI asrda tarix varaqlariga xijolatlik bilan bitiladigan voqea-hodisalarning sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo‘lib o‘tdi. Ustiga-ustak, ayrim kuchlarning urinishlari natijasi o‘laroq, xavf-xatarlar ro‘yxati yangilari hisobiga yanada kengaydi. Demografik inqiroz, demokratiya eksporti, ma’naviy qashshoqlashuv, axborot urushlari, g‘arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar shundoq ham bezovta dunyoning tashvishlarini ko‘paytirdi. Odamzodning mavjud illatlarga qarshi kurashi qaysidir jihatdan afsonalarda tasvirlanadigan ko‘p boshli ajdar bilan olishuvni eslatadi. Ajdarning bitta boshi tanasidan judo qilinishi zahoti, shu joydan ikki-uchta bosh o‘sib chiqishi bu mahluq bilan kurashish naqadar mashaqqatli ekanini ko‘rsatadi.
Xavf-xatarlarga jiddiy razm soladigan bo‘lsak, mustamlakachilik siyosati, birovlarni qaram qilish siyosati yangi asrda yo‘qolmaganini, balki o‘zining shaklu shamoyilini o‘zgartirganini tushunib etamiz. Darhaqiqat, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar»1
Mustaqillik davlat miqyosida oliy hokimiyatga egalikni, tashqi va ichki siyosatni olib borishdagi to‘la erkinlikni anglatadi. Mustaqillik muayyan davlat erkinlikning birlamchi sharti va belgisidir. Bu esa mustaqillikning tom ma’noda qisman yoki cheklangan shaklda mavjud bo‘la olmasligini anglatadi. Chunki mustaqillik davlatning boshqa davlatlarga tobe bo‘lmay, qaram bo‘lmay yashashini, o‘zga kuchlar tomonidan boshqarilmay, birovlarning irodasiga bo‘ysunmay, erkin hayot kechirishini nazarda tutadi. Muhimi, davlat mustaqilligining o‘rnatilishi mamlakatlar o‘rtasida tenglik qaror topishini shartlab qo‘yadi hamda mutelik, o‘zgalar hisobiga yashash, turli kamsitishlar, ortiqcha ta’zim-tavozega yo‘l qo‘ymaydi. Davlat mustaqilligi mustamlakachilikning har qanday shaklini, uning kamsituvchi tabiatini, u taqozo etadigan zo‘ravonliklarni inkor etadi.
Garchi butun dunyo mamlakatlari o‘rtasidagi teng huquqlilik jahon hamjamiyati taraqqiyotining tabiiy va zaruriy sharti hisoblansa-da, ayrim mulohazalar va xatti-harakatlarda hamon imperiyacha fikrlash ta’sirini, davlatlar mustaqilligini emirish istagini ilg‘ash qiyin emas.
Globallashuv jarayonlarini tahlil qilgan olimlar bu jarayonlarda davlatning rolini turlicha baholaydilar. Ayrim nazariyalarda globallashuv jarayonida davlatning roli tobora pasayib borishi uqtirilsa, boshqalarida uning o‘rni va ahamiyati o‘zgarmaydi, deb ta’kidlanadi. Yana bir guruh olimlar esa globallashuv sharoitida davlat bilan davlatlararo tashkilotlar o‘rtasida siyosiy hokimiyat qayta taqsimlanib, davlat ularga o‘z suverenitetining bir qismini beradi2, degan farazlarni ilgari surmoqda.
O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan e’tirof etilganidek, «O‘zbekistonni olib borayotgan mustaqil siyosatdan qaytarish, kimgadir qaram qilish maqsadida chetdan turib ichki ishlarimizga aralashish, turli niqblar ostida bizga qarshi tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazish siyosatini mutlaqo qabul qilmaymiz»3.
Mustaqilligimizdan keyin ma’naviy­ma’rifiy ishlarga, unutilgan, kamsitilgan ma’naviyatimizni, milliy qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan siyosatni amalga oshirilishini ko‘rsatish hamda yosh avlodning milliy g‘ururini yuksaltirishga, ularni vatanparvarlik, yurtparvarlik, baynalminallik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar mohiyatini ochib berish, ularni tashkil etishni har bir yosh avlodga uqtirishimiz zarur.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil va ularning samaradorligini oshirish uchun bir qancha ishlarni amalga oshirishimiz kerak:
­ Ma’naviy ­ ma’rifiy tarbiyaning jamiyat taraqqiyotidagi rolini va uni yoshlar ongiga singdirishning ahamiyatini ochib berish;
­ Uzluksiz ta’lim tizimini insonparvarlashtirishning tarbiyaga ta’sirini, eski mafkuradan insonlarning halos bo‘lishini tezlashtirish uchun barcha ishlarni tezlashtirish lozimligini ko‘rsatish;
­ Ma’naviy ­ ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini ochib berish;
­ “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning yanada takomillashuvini ko‘rsatish va bu masalada amalga oshirilgan ishlarni umumlashtirish;
­ Ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarni tashkil etishda ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligini, aloqadorligini, biri ikkinchisini inkor qilmasligini tarbiyaviy jarayonda ulardan umumlashgan holda foydalanish mumkinligini tushuntirish;
­ Ma’naviy ­ ma’rifiy ishlarning, jarayonlarning mohiyati va asosiy yo‘nalishlarini tahlil etish;
Ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari hech qachon hozirgidek dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma’naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko‘payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo‘lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabxalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirish targ‘ibotchi oldidagi eng muhim vazifa hisoblanadi.
Shuning uchun ham ma’naviy ­ ma’rifiy va mafkuraviy targ‘ibot ishlari qanday dastur va yo‘nalish, qaysi ko‘rsatma va qo‘llanma, qanaqa reja asosida, qay saviyada, kimlar tarafidan olib borilayotgani g‘oyat muhim masala bo‘lib turibdi.
Taraqqiyot yo‘limiz ham, ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ko‘pdan­ko‘p ishlar ham, qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar, ko‘rsatmalarning pirovard natijasi ham Inson manfaatlariga qaratilganligi jamiyatimiz xarakteri bilan bevosita bog‘liq. Davlatimizning ijtimoiy yo‘nalishdagi islohotlar yo‘lidan qat’iy borayotganligi bevosita odamlar manfaatini ko‘zlashning yorqin dalilidir. Bu izchil siyosatdir.
Demak, har bir xatti­harakatimiz, mehnatimiz asosida inson manfaatlari, vatanparvar, yangi fidoyi avlodni tarbiyalash turadi.
Sho‘ro davrida marksizm ­ leninizm ta’limoti shaxsni o‘zgartirish uchun jamiyatni o‘zgartirish kerak, deb ta’lim berdi. Islom falsafasi esa jamiyatni o‘zgartirish, ularning baxtli hayotini ta’minlash uchun insonning o‘zini o‘zgartirish kerak, deb ta’kidlaydi. Olamni yaxshilash odamni yaxshilashdan boshlanishi kerak, deb hisoblaydi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlar tarixi buni yaqqol isbotlaydi. Yaponiya, Kanada, AQSH, Angliya va boshqa davlatlarda sotsialistik inqilob bo‘lmasada insonning to‘laqonli yashashi uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Jamiyat ­ uning a’zolarining kamoloti natijasida takomillashadi. Islom falsafasida inson omili yuksak rutbada turadi. Inson o‘z xulqining ham, jamiyat ma’naviyatining ham ijodkori, o‘zining va zamondoshlarining ma’naviy sifatlari uchun javobgar.
Ma’naviyatning qay darajada ekanini muayyan shaxsning o‘zigagina emas, balki o‘zi yashayotgan jamiyat taraqqiyotiga ham hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan, uni shakllantirishni o‘z xoliga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Insonda Olloh bergan xulqiy sifatlar bilan, tarbiya yordamida shakllanadigan ma’naviy fazilatlar ham bo‘ladiki, jamiyatning barcha ijtimoiy tizimlarida shu fazilatlar imkon qadar ezgu va mustahkam shakllanmog‘i lozim.
Ma’naviyat ­ insonning insoniylik mohiyati, inson shaxsida tarkib topgan ijobiy fazilatlar majmui. Shaxsdagi ijobiy fazilatlar jamiyatda tarixan shakllanadi. Shunday ekan, ular ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.
Ma’naviyat yaxshilikka moyillik, yomonlikdan tiyilish, jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma’rifiy­madaniy mezonlariga amal qilish hissidir. Garchi yaxshilik va yomonlikning millati bo‘lmasa­da, har bir millatning o‘z ma’naviyati bor.
Milliy ma’naviyat ­ milliy qiyofa, milliy ruh degani. Ma’naviyat o‘zini tanish, o‘zni o‘zgalar nazari bilan taftish qila bilish, demakdir. Har bir odam o‘zini qanchalik tanisa, butun borliqni, Yaratganni ham shunchalik taniydi. Insonning ma’naviy komilligi jamiyatning odilligiga, jamiyatning odilligi ma’naviyatning yuksakligiga, ma’naviyatning yuksakligi esa shaxs kamolotiga ta’sir o‘tkazaveradi. Shaxs, jamiyat va ma’naviyatning dialektik birligi insoniyat taraqqiyotining asosiy birligidir.
“Xalqning ma’naviyati va madaniyati ­ degan edi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov, ­ uning haqiqiy tarixi va o‘ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo‘lidan muvaffaqiyatli ravishda olg‘a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joiz bo‘lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir”.
Jamiyatimiz fuqarolarini ma’naviy jihatdan kamol toptirish uchun ikki muhim narsani o‘zaro uyg‘un holda qo‘shib olib borish lozim. Biri ­ boy ma’naviy va madaniy merosimizni chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, chor Rossiyasi mustabidligi hamda sho‘rolar istibdodi davrida unutilishga mahkum etilgan qadriyatlarimizni tiklashimiz, zamonamizga muvofiqlaridan, davrimizda bizga foyda beradiganlaridan oqilona foydalanishimiz kerak. Ikkinchisi esa, butun insoniyat, xususan taraqqiy topgan mamlakatlarda yuzaga kelgan ma’naviy va madaniy yutuqlardan milliy xususiyatlarimiz va ruhiyatimizga muvofiq keladiganlarini ijodiy o‘zlashtirishimiz lozim. Bu ikki xususiyatni o‘zaro payvand qilish orqasida respublikamiz fuqarolarini ma’naviy jihatdan kamolga etkazishning zamini bunyod etiladi.
Xuddi shular singari buyuk sohibqiron, turk davlatchiligini qayta tiklagan ulug‘ bobomiz Amir Temur hayoti va faoliyatini xolis va ilmiy o‘rganishga kirishildi. Buyuk Sohibqiron tavalludining 660 yilligini nishonlash munosabati bilan Temur va Temuriylar davri tarixi, adabiyoti va san’atiga bag‘ishlangan yangi­yangi tadqiqotlar yuzaga keldi. “Temur tuzuklari” ning nashr etilishi buyuk Sohibqironning shaxsini teranroq anglashga yordam bergan bo‘lsa, Sharafiddin Ali YAzdiyning “Zafarnoma” asari, Shomiyning “Zafarnomasi” Ibn Arabshohning ikki jildlik “Amir Temur tarixi” kitoblarining chop etilishi buyuk bobokolonimiz hayoti va amalga oshirgan ishlarini to‘laroq miqyosda idrok etishga olib keldi.
Xalqimiz al-Farg‘oniy, al-Forobiy, al-Xorazmiy, Ibn Sino, al-Beruniy, mirzo Ulug‘bek singari buyuk ajdodlarimiz bilan haqli suratda faxrlanadi. Mustaqillik yillarida mazkur siymolarning ilmiy merosi keng miqyosda tadqiq etila boshlandi. Ularning yaratgan asarlari asl nusxada yoki tarjima etilib, xalqimizga yetkazilmoqda. Bularning barchasi, shubhasizki, ma’naviy hayotimizning tobora boyib borayotganidan dalolat beradi.
Sho‘ro davrining qatag‘onlari... Biz ularning nomlarini alohida ehtirom bilan tilga olamiz. Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir... Ular Vatanimizning mustaqilligi, erki uchun boshlarini sirtmoqqa tutib berdilar. Bugun qatag‘on qurbonlarining hayoti va ajdodlari teran o‘rganilib, asarlari yurtdoshlarimiz qo‘liga borib etdi.
Bularning barchasi ma’naviy hayotimizni boyituvchi omillar ­ xalqimizning farzandlari tomonidan bunyod etilgan madaniy boyliklar bo‘lib, ulardan jamiyatimiz fuqarolarining ma’naviy ehtiyojini qondirish yo‘lida oqilona foydalaniladi.
Ma’naviy merosdan foydalanishda chalkashliklarga yo‘l qo‘ymaslik.
Shuni ham aytish kerakki, madaniy merosdan foydalanishda ulardagi o‘z davri bilan bog‘liq jihatlarni e’tiborga olmaslik mumkin emas. Fikrimizning isboti uchun bir­ikki misol keltiraylik. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlarda ko‘p xotinlilik masalasiga ijobiy qarash seziladi. Buni tushunish qiyin emas. Doston shariat qoidalariga amal qilingan davrlarda yaratilgan bo‘lib, undagi tasvir etilgan turmush tarzi o‘z davrida tabiiy tuyulgan va shunday qabul qilingan. Hozirgi kunda biz dostondagi bunday qarash va tushunchalarga o‘z davrining mahsuli deb yondashishimiz lozim.
To‘y masalasida ham shunday. Ma’lumki, o‘zbeklar topgan ­ tutganini to‘yga aytaydi, uni el­yurt oldida yaxshiroq o‘tkazishga intiladi. Bu esa ayrim hollarda musobaqa tusining olib ketishiga sababchi bo‘ladi. “Men falonchidan kammi?”, “Yetti mahallaga duv­duv gap bo‘ladigan to‘y qilib bermasam...” degan o‘y bilan ortiqcha sarf­xarajatlar, chiqimlarga, isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Taassufki, ana shunday “duv­duv gap bo‘ladigan to‘ylar uchun oxirgi tiyinini ayamaydigan xonadonlarning ayrimlarida ma’naviyatning yorqin belgisi bo‘lgan kitob bo‘lmaydi. Bu esa madaniyatsizlikning, ma’naviy kemtiklikning bir nishonasi.
Xalq orasida hamon saqlanib kelayotgan turli marosimlar, urf­odatlar, aqidalar, rasm­rusmlarga nisbatan ham oqilona yondashish lozim deb hisoblaymiz. Demak, o‘tmish madaniyatimizdan, merosimizdan foydalanar ekanmiz, unga hozirgi talablariga muvofiq keladiganlarini aniq bilgan holda munosabatda bo‘lish kerak.
Ma’lumki, jamiyatda ma’naviyatga ehtiyoj bo‘lmasa, u hech qachon paydo ham bo‘lmaydi, rivojlana ham olmaydi. Ehtiyojning o‘zi ham ma’naviyat darajasi bilan belgilanadi. Ma’naviy kamolotga intilish insonning mohiyati bilan bog‘langan fazilatdir. Ma’naviyatning rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti va shaxs kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shunisi ham borki, dunyodagi biror xalq o‘z ma’naviy, milliy boyliklari doirasidagina rivojlana olmaydi. Bunday yo‘l millatni kamolotga emas, balki tanazzulga olib kelishi o‘z­o‘zidan ayon. O‘z qobig‘i ichida o‘ralashib qolgan millatning madaniyati va ma’naviyati hech qachon kamol topa olmaydi. Milliy xudbinlik yo‘lidan borish hech kimga naf keltirgan emas.
Har bir millatning ma’naviyati o‘z holicha, alohida bo‘lib emas, balki jahon madaniyati ­ ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi va rivojlanadi, degan g‘oya Prezidentimiz asarlarida muhim o‘rinni egallaydi. Ularda juda o‘rinli ta’kidlanishicha, umuminsoniy ma’naviyatdan ajralgan holda rivojlanadigan milliy madaniyatni tasavvur qilish ham mumkin emas. Turli davrlarda, tarixiy sharoitlarda, mamlakatlarda shakllangan ma’naviyat umuminsoniy ma’naviyatning bir­biri bilan bog‘lanib ketgan tarkibiy qismlaridir. Ana shu bog‘liqlik va o‘zaro aloqadorlik milliy madaniyatlar va umuminsoniy ma’naviyatlar shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo‘llaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ma’naviyat juda chuqur va keng ma’noga ega. Ma’naviyat insonni inson qilib, uni boshqa jamiki jonli mavjudotlardan tubdan farqlab, keskin ajratib turadigan ong va til, aql­idrok va tafakkur, odamgarchilik, muruvvat, saxovat, rahm­shafqat, mehr­oqibat, iymon­e’tiqod, meo‘natsevarlik, vatanparvarlik, xalollik, poklik tabiatni e’ozlash, ilm va fanni, adabiyot, san’at va madaniyatni sevib ardoqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, o‘zi va o‘zga xalqlarning tili, tarixi, madaniyati, urf­odatlari va an’alarini hurmat qilish va qadrlash singari ajoyib xislat va fazilatlarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviyat inson hayotini bezaydi, go‘zallashtiradi.
Ma’naviyat jamiyat bilan chambarchas bog‘liq holda tarkib topar ekan, jamiyat hayotining rukunlari bo‘lmish ijtimoiy iqtisodiy hodisalarga qattiq bog‘langan bo‘ladi. Ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatning iqtisodiyoti bilan uzviy bog‘langan. Iqtisodiyot bilan ma’naviyat inson va jamiyat hayotining o‘zaro ajralmas, bir­birini to‘ldiradigan, o‘zaro ta’sir va aks ta’sir etadigan ikki tomoni, ikki qirrasidir.
Ma’naviyati yuksak, odob­axloqli, ma’rifatli, madaniyatli kishilargina elim, yurtim deb yashaydi, birovlarga himmat­muruvvat ko‘rsatishni, yordamga muhtoj kishilarga ko‘mak berish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishni o‘zi uchun baxt deb biladi. Yuksak madaniyat sohibi bo‘lgan insonlar boshiga mushkul ish tushgan kishining mushkulini oson qiladi, dardiga malham bo‘ladi, hojatini chiqaradi, etim­esirlarni parvarish qiladi. Ma’naviyatli, ma’rifatli kishilarda milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usi, oriyat kuchli bo‘ladi. Ana shunday fazilatlarga ega bo‘lgan kishilar o‘z millati, elulusi manfaati sharafini himoya qilishni o‘zi uchun shon­sharaf deb biladi. Vataniga xavf tug‘ilsa, uning ximoyasi yo‘lida mol­dunyosini, jonu jahonni ayamaydi, fidoiylik va qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi.
Ma’naviy barkamol bo‘lgan odamlar birovlar orqasidan ginaxonlik qilmaydi, gap tashimaydi, fisqu fasad, bo‘htonga nisbatan murosasiz bo‘ladi, mahalliychilikka yo‘l qo‘ymaydi, guruhbozlikka, millat ajratishlarga qarshi astoydil kurashadi, milliy birdamlik, milliy hamkorlik va milliy hamjihatlik, o‘zaro do‘stlikni qaror toptirish va mustahkamlash yo‘lida tinmay harakat qiladi.
Vazifasini suiiste’mol qilish, tanish­bilishchilik asosida ish yuritish, tamagirlik, poraxo‘rlik, odob­axloqimiz va jamiyatimiz qabul qilgan qonun­qoidalarimizni chetlab o‘tishga harakat qilish jamiyatimiz taraqqiyoti va davlat mustaqilligimiz uchun katta g‘ov ekanligini anglab etish va bunday salbiy illat va yaramas odatlarga nisbatan murosasizlik ham etuk ma’naviyat sohibi bo‘lgan insonlarga xos xislat va fazilatdir. Inson hayotida ma’naviyatga ehtiyoj sezilmaydigan sohaning o‘zi yo‘q. Ma’naviyat insonga milliy o‘zligini anglab olishda katta yordam beradi. Ma’naviyat insonning ulug‘ligini, martabasini, qudratli aql­idrok, tafakkur, madaniyat va ma’rifat sohibi ekanligini namoyon etadigan va amalda isbotlaydigan jamiki xislatlar yig‘indisidir.
Demak, Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat–engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir1”.
O‘zbekistonning birinchi Prezidentining 1994 yil 23 apreldagi “Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 8 iyundagi “Respublika ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1996 yil 9 sentyabrdagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi qoshida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasini qo‘llab­quvvatlash to‘g‘risida farmon va qaror buning yana bir yorqin dalilidir.
Yuqoridagi Farmonda “Joylarda ma’naviyatning mohiyatini, uning farovon jamiyat qurishdagi himmatini idrok etmaslik hollari mavjudligini, ma’naviyat ishlariga ikkinchi darajali ish sifatida qaralayotganligi” ta’kidlandi. Shuningdek ushbu Farmonda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi deb hisoblandi.

Soha taraqqiyotiga tegishli qarorlardan biri bo‘lgan Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2018 yillarda zamonaviy Madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini olib ko‘raylik. Unda ko‘zlangan asosiy maqsad shuki, milliy madaniyatimiz an’analarini o‘rganish va targ‘ib qilish, aholining, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchi yoshlarning ma’naviy olamini yanada boyitish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun shart-sharoitlar hozirlash, o‘zlari yoqtirgan kasb-hunar va badiiy havaskorlik san’atining turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanishlari hamda iste’dodlarini namoyish etishlariga qulay imkoniyatlar yaratish, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga yuqori saviyada madaniy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishdan iborat. Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyrug‘iga asosan avval faoliyat ko‘rsatgan 1777 ta madaniyat uylari va klub muassasalari negizida 894 ta zamonaviy Madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilib, hozirgi kunda davlat dasturiga asosan ushbu markazlar kapital ta’mirlanib, ularning moddiy texnik bazasi to‘liq yangilanmoqda. Shuningdek, kelgusida 2018 yil yakuniga qadar joylarda 10 ta yangidan qurilgan zamonaviy binolarga ega bo‘lgan Madaniyat va aholi dam olish markazlari barpo etiladi. 

Ma’naviy-ma’rifiy muassasalar jamiyatda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa, mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy islohotlarni aholi o‘rtasida tushuntirishda asosiy targ‘ibot maskanlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakat rahbari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy muassasalar faoliyatiga katta e’tibor berilganligining sababi nimada, degan savol tug‘iladi. Buning boisi shuki, ma’naviy-ma’rifiy muassasalar avvalo inson omiliga xizmat qiladi. Uning ma’naviyatini shakllantiradi. Yana bir muhim xususiyati bir paytda bu yerda aholining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qatlami bilan ishlash imkoniyatlari ham bor. Ayni kunlarda 190 ga yaqin markazlarda ta’mirlash ishlari nihoyasiga yetkazilib, foydalanishga topshirildi. Ularda 1062 ta turli xil to‘garaklar, studiyalar va badiiy havaskorlik jamoalari faoliyat olib bormoqda. Markazlar shinam xonalar, kerakli cholg‘ular va zamonaviy mebellar hamda boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi bois xalq ijodiyoti jamoalari va badiiy havaskorlik to‘garaklari qatnashchilar soni avvalgi yillarga qaraganda qariyb 4 ming nafarga ko‘paydi. Pullik to‘garaklar 2015 yilda 133 ta bo‘lib, qatnashchilar 870 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 2016 yil yarim yillik natijalariga ko‘ra 287 ta, ya’ni 154 taga ko‘payib, qatnashchilar soni 2140 nafarga yetdi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 1270 nafar ko‘pdir. Ushbu ijobiy ko‘rsatkichlar joylarda madaniyat markazlariga yoshlarni jalb etish bilan birgalikda ularni tarbiyalashda badiiy ijodning o‘ziga xos imkoniyatlaridan samarali foydalanayotganligimizning yorqin namunasidir. Madaniyat va aholi dam olish markazlarida o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atida o‘chmas iz qoldirgan ustoz san’atkorlar ijodini o‘rganish va targ‘ib qilish, boy ma’naviy merosiga ehtirom ko‘rsatish, mumtoz qo‘shiqchilik san’ati yo‘nalishida ijod qilishga jazm qilgan yosh iste’dodlarni izlab topish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston xalq artistlari Komiljon Otaniyozov, Tavakkal Qodirov va O‘zbekiston xalq hofizlari Ma’murjon Uzoqov, Eson Lutfullaev, Orifxon Hotamov ijodiga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlovlar, “Keksalar kuylaganda” nomli adabiy-badiiy kechalar, xalq havaskorlik jamoalari, ashula va raqs ansambllari hamda folklor-etnografik jamoalarining “Nurli navolar” deb nomlangan festivallari o‘tkazib kelinmoqda.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika ilmiy-metodika markazi hamda 13 ta hududiy Xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodika markazlari, 37 ta professional teatr, 894 ta Madaniyat va aholi dam olish markazlari, ularda faoliyat ko‘rsatayotgan “Xalq” va “Namunali” unvonga ega bo‘lgan 70 ga yaqin xalq teatrlari, 60 dan ortiq folklor jamoalari, 128 ta ashula va raqs xalq ansambllari, 28 ta vokal-cholg‘u estrada xalq ansambllari, 3 mingdan ortiq badiiy havaskorlik to‘garaklari, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 29 dekabrdagi 322-son qaroriga asosan rekonstruktsiya qilinayotgan va qayta ta’mirlanib foydalanishga topshiriladigan 225 ta Madaniyat va istirohat bog‘lari, 200 taga yaqin shahar, tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limlari hamda yana bir qancha madaniyat va san’at muassasalari ishlab turibdi. Demak, ularning har birida albatta, birinchi rahbar, o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari faoliyat ko‘rsatishi va ayni chog‘da respublikamizda ijtimoiy sohaning eng yirik jabhalaridan biri bo‘lgan madaniyat va san’at sohasini boshqarishga, uni rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga mas’ul bo‘lgan rahbar xodimlar, ya’ni menejerlar kerak. Ushbu yo‘nalishdagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish, madaniyat va san’at sohasi uchun zamonaviy kadrlarni tayyorlash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2012 yilda tashkil etilgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida madaniyat va san’at sohasini boshqarish, sohada zamonaviy boshqaruv madaniyatini shakllantirish, tub islohotlarni amalga oshirish, madaniyat va san’at menejerlarini tayyorlash, shuningdek, ushbu soha boshqaruvining eng nozik jihatlari, mas’uliyati, madaniyat va san’at muassasalariga rahbarlik qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va talab etiladigan fazilatlariga doir boshqa zarur nazariy va ilmiy-amaliy manbalarga tayangan holda bo‘lajak boshqaruvchilarni o‘qitish, tarbiyalash maqsadida yangi “Madaniyat va san’at menejmenti” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

So‘zimizning boshlanishida keltirilgan iqtiboslardan ko‘rinib turibdiki, mustaqil O‘zbekiston davlatini oyoqqa turg‘azish, taraqqiy ettirish, odamlar tafakkurini o‘zgartirish, o‘zbek xalqini dunyoga tanitish va tan oldirish kabi juda ko‘plab, juda yirik va chigal muammolar, qiyinchiliklar mavjud bo‘lishiga qaramay mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ma’naviy jasorati tufayli xalqimizning ko‘p asrlik madaniyati, san’ati va ma’naviyati saqlab qolindi. Nafaqat saqlab qolindi, qayta tiklandi, rivojlantirildi, taraqqiy ettirildi va yuksakliklarga ko‘tarildi. Madaniyatimiz, san’atimiz, qolaversa, milliy manfaatlarimizning haqiqiy jonkuyari va himoyachisi Birinchi Prezidentimiz hammamiz, ayniqsa, madaniyat va san’at sohasi ijodkorlari uchun ma’naviy jasoratning yorqin timsolidir. Millatimiz, xalqimiz qahramonlarini sharaflash, eng ulug‘ va mo‘’tabar milliy iftixorimiz bilan g‘ururlanish hissi bizni har doim bunyodkorlik ishlariga chorlab tursin. Buyuk ma’naviy jasorat sohibidan bizga meros bo‘lib qolgan vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi farzandlarimiz, bugungi va kelajak avlodlarimiz uchun chinakam e’tiqodga aylansin. 


Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, ma’naviy barkamol inson va jamiyat estetik qadriyatlarga befarq qaramaydi, aksincha, ularning rivojlanishi va ravnaq topishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi. Estetik madaniyati, estetik didi, fahm-farosati past inson hech qachon m a’naviylikning cho‘qqisiga chiqa olmaydi. Shu bilan birga ma’naviy-marifiy ishlarnining samarasini oshirishda mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida vatanparvarlik va ona Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘usini oshirish zarur.Shuningdek

Adabiyotlar



  1. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. Sharq.1998 yil.

  2. Karimov I.A.Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi: 1999 yil., 8 dekabr.

  3. Karimov. I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: O’zbekiston, 1999/

  4. Karimov. I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari T.: O’zbekiston. 1998 yil.

  5. Karimov. I.A. Istiqlol va ma’naviyat T.6 O’zbekiston 1994 y.

  6. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari T., “O’zbekiston” 2009 y.

  7. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q –T.: Sharq,1998 yil.

  8. Karimov. I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda–T.: O’zbekiston, 1999 yil.

  9. Karimov. I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari –T.: O’zbekiston, 1998 yil.

  10. Karimov. I.A. Istiqlol va mahnaviyat T.6 –T.: O’zbekiston, 1994 yil.

  11. Karimov I. A. Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch. –T.: Ma`naviyat,2008 yil.

  12. Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari–T.: O’zbekiston, 2009 yil.

  13. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida–T.: O’zbekiston, 2011 yil.

  14. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish-eng oily saodatdir. T.: O‘zbekiston, 2015.


22 Удовик С.Л. Глобализация: семиотические подходы. – М., «Ваклер», 2002, с. 389.

33 Каримов И.А. Инсон, унинг ҳуқуқ ва эркинликлари ҳамда манфаатлари – энг олий қадрият.//Халқ сўзи, 2005 йил 8 декабрь.

1 Karimov I. A.Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch. –T.: Ma`naviyat,2008 yil. 13-bet


Download 49,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish