1-2-mavzu: XVII – XX asrlarda Rus san’ati



Download 15,42 Mb.
bet2/3
Sana31.12.2021
Hajmi15,42 Mb.
#225133
1   2   3
Bog'liq
1-мавзу

Dominiko Trezini (1670-1734) Pyotr I davri muhim qurilishlarining asosiy me’mori bo’lib, Petropavlov sobori, Petropavlov qal’asining Petropavlov darvozasi, Vasilev orolining Strelkasi, Pyotrning yozgi saroylari uning eng mashur ihlaridir. Trezinining inshootlari o’sha davr me’morchiligining o’zgacha uslubining shakllanishida muhim o’rin tutadi. Peterburgning eng mashur inshootlaridan biri Petropavlovsk soboridir, ushbu uchnefli bazilikal cherkov ichki maydoni zal ko’rinishida bo’lib tasviriy panno va tillasuvi yurgizilgan o’ymakorlik ishlari bilan bezatilgan. Mehrob arxitektor va haykaltarosh Ivan Zarudniy tomonidan bajarilgan bo’lib zafar arki ko’rinishda ifodalangan. Trezini loyihasiga ko’ra qo’ng’roq minorasi 34 metrli shpil bilan nihoyasiga etgan. Shpil nafaqat bezak maqsadida, balki inshootni atrofdagi landshaft bilan uyg’unlashtirish uchun o’rnatilgan.

Rasm. D.Trezini. Petropavlovsk sobori.



Rasm. Petropavlovsk sobori ichki inter’eri.

O’sha davrlarda Vasilevk orolida ham jadal qurilish ishlari olib borilgan, ayniqsa uning Strelkasida. Katta va Kichik Nevaning birlasshish joyi shaxarning mamuriy-savdo va ilmiy markazi bo’lishi rejalashtirilgan va uning loyihasiga Trezini o’zining ulkan hissasini qo’shgan. U hozirgi kungacha saqlanib qolmagan “Gostiniy” va xozirda mavjud O’nikki kollegiya imoratini yaratgan.


Rasm. Vasilevsk oroli strelkasi

O’nikki kollegiya imorati bir biriga tutashgan o’n ikki bir hil imoratdan tashkil topgan bo’lib, yuqori davlat hokimiyati boshqaruvi idoralariga mo’ljallangan.



Rasm. O’nikki kollegiya



Rasm. O’nikki kollegiya hozirgi ko’rinishi



Rasm. O’n ikki kollegiya ichki interyeri

1704 yilda bunyod etilgan favvora, tepalik va haykallar bilan boyitilgan Pyotr I ning Yozgi bog’i Rossiyaning ilk hiyobonlaridan hisoblanadi. U Moyka va Fontanka daryolari oralig’da joylashgan.

Rasm. Pyotr I yozgi hiyoboni.


Rasm. Yozgi hiyobondagi “Koronniy” favvorasi

Yozgi bo’gning yana bir bezagi Karpiev hovuzi hisoblanib, u erda oq qushlar yashaydi. “Koronniy” favvorasi esa bog’ga hushmanzara ko’rk berib turadi. Ushbu favvora B.F.Rastrelli loyihasi asosida bajarilgan.

XVIII asr o’rtalari rus arxitekturasining gullagan davri bo’lib, Bartalomeo Franchesko Rastrelli nomi bilan bog’liq. U juda ham ko’p saroylar qurgan, jumladan Petergofdagi Katta saroy va Peterburg markazidagi qishki saroy, Sarskoe selodagi Katta va Ekaterinskiy saroylari uning loyihasi asosida bajarilgan.

Sankt-Peterburgdagi Qishki Saroy (1757-17620) Rus barokkosining namunasi hisoblanadi. U Rastrellining so’nggi va mukammal asaridir. To’rtqavatli toshdan qurilgan ushbu imorat tortburchak shaklda bo’lib, ichki yopiq hovlisi mavjud edi. Dabdabali, hashamdor imoratning ichki xonalari muhtasham bezaklar bilan boyitilgan. Saroyning och yashil rangli tashqi qiyofasi oq ustunlar bilan bezatilgan. ustunlar ikki qavatli qilib joylashtirilgan, birinchi qavat ustunlari – doriy, ikkinchi qavat ustunlari kompozitli bo’lib ular binoning ikkinchi va uchinchi qavatini qamrab oladi. Tom qismining chetiga nimfalarning, dengiz hudolarning majoziy figuralari, risarlarning haykalchalari va chiroyli vazalar o’rnatilgan. Binoning fasadidagi ucburchakli fronton ko’zga tashlanadi, uning markazida soat , ikki chetida dengiz hudosi Neptun va uning hotini Amfitrit haykallari o’rnatilgan. Qishki saroy Saroy maydonining (Dvorsoviy ploshad) memoriy ansambliga kiradi.

Rasm. B.F.Rastrelli. Qishki saroy

Rasm. Qishki saroyning ichki interyeri


Peterburgning yana diqqatga sazovor joylaridan Petergof - saroy-hiyobon ansabli, sarskoe selodagi memoriy kompleksi ko’ngilochar inshoot emas, XVII-XVIII asrga oid qo’rgon hisoblanadi, Pavlovsk saroy-hiyobon ansanbli XVIII asrning oxiri XIX asr boshlariga oid bo’lib rus madaniyatining ulkan va buyuk yodg’orligidir.

Rasm. Pavlovsk parkidagi saroy.



Rasm. Pavlovsk saroyi ichki intereri.

XVII-XVIII asrda Moskvada ham faol qurilish ishlari olib borilgan. Bu yerda rus barokkosi va milliy an’analarining uyg’unligini kuzatish mumkin. Rus klassisizmi asoschisi arxitektor Vasiliy Ivanovich Bajenov (1737-1799) ning ko’pgina loyihalari amalga oshmay qolgan. 1767 yilda Bajenov Moskvadagi Kreml saroyi loyihasi ustida ishlashni boshladi. Bajenovning g’oyasiga asosan Kreml qadimgi rus markazining poytaxti bo’lishi kerak edi. Kreml saroyi fasadi Moskva daryosiga qaratilgan bo’lishi kerak edi. Imorat to’rt qavatli bo’lib, birinchi va ikkinchi qavat ma’muruy maqsadda, uchinchi va to’rtinchi qavatlar saroy apartamentlari uchun loyihalashtirilgan. Kreml saroyining maydonlarida va saroylarlarning ichki intererida ion va korinf orderli ustunlaridan keng foydalanilgan.

Bajenovning yana bir ajoyib ijod mahsuli bu Moskvsdagi Pashkov saroyi qo’rg’onidir. Markaziy saroyga kirish qismi imoratning orqa tomonidan loyihalangan. Tepalikka qurilgan Pashkov uyining asosiy fasadi Kremlga yuzlangan. Binoning ikki yonida ikki qavatli korpuslar joylashgan, ikkinchi va uchinchi qavatini birlashtiruvchi korinf orderly ustunlar markaziy binoni asosiy bezagi bo’lib xizmat qiladi. Yon pavilonlar silliq ion orderly ustunlar bezatib, mumtoz antik davrga mansub bejirimlikni eslatib turadi.



Rasm. V.I.Bajenov. Pashkov uyi.






Rasm. Pashkov uyi ichki intereri.




Download 15,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish