Bog'liq suv taminoti va oqava suvlarni oqizish tizimlari
Suvning maqsadga ko’ra sinflanishi. Sanoatda qo’llaniladigan suvlar
sovituvchi,texnologik va energetik suvlarga bo’linadi.
Sovituvchi suvlar – suv juda kup hollarda issiqlik almashinuvchi
qurilmalardagi suyuq va gaz xolatidagi mahsulotlarni sovitish uchun qo’llanilaladi.
Bu jarayonda suv mahsulot oqimi bilan to’qnashgani tufayli ifloslanmaydi,
faqatgina isiydi. Sanoatda suvning 65-80% i sovitish uchun sarflanadi. Yirik
kimyoviy korxonalarda sovituvchi suvga ehtiyoj yiliga 440 mln. m
3
ni tashkil
etadi. Kimyoviy sanoat korxonalarida sovitish tizimlariga biriktirilgan suvning
umumiy yig’indisi 20 mlrd. m
3
/y ni tashkil etadi.