1.2.Geoekologik monitoring4.
Geoekologik (geotizimli) monitoring bosqichi yoki pog‘onasida asosan tabiiy-hududiy, tabiiy-texnogen va demografik (aholi) geotizimlari kuzatiladi va nazorat qilinadi. Mazkur bosqich (pog‘ona) uchun tabiatni ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori va tabiiy komplekslarning (geotizimlarning) o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geografik statsionarlarda, maxsus zona yoki mintaqaviy poligonlarda olib boriladi.
Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha kuzatish tashkil qilinadi. Bu borada geotizimning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmog‘i lozim. Cho‘llarda kemiruvchilar turli xatarli kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Buning oqibatida ma’lum vaqt mobaynida katta hududda yuqumli kasallik o‘chog‘i yuzaga keladi. Shuni hisobga olib, cho‘l geotizimida muntazam ravishda monitoring ishlarini olib borish lozim bo‘ladi.
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Kuzatishning asosiy maqsadi dunyo miqyosida bo‘ladigan o‘zgarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo‘riqxonalar va aholining xo‘jalik faoliyati zonalari kiradi.
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, «issiqxona samarasi»ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi.
Ekologik monitoringning amaldagi tuzilishi sifat darajasi bilan farq qiladi va turli maksadlar uchun toplanadi. ANIDI yuzaga kelgan axborot tizimini qayta tashkil qilish va takomillashtirish uchun aloqador vazirliklarva idoralar bilan xamkorlikda, tabiiy - muxit va uni ifloslantirish manbalarining xolatinn yagona davlat monitoring tizimini shakllantiradi
Mana shu maqsadlarda "Tabiiy atrof - muxitning davlat monitoringi tog'risida" nizom ishlab chiqilgan, ushbu nizom at'rof tabiiy muxitning ifloslantirish holati va manbaal.ari monitoringini ama1lga oshirish boyicha vazirliklar va yadoralar faoliyatlarini muvofiqlashtirishni belgilab beradi.
Mazkur nizom ¡zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.04.2002 yil 111-sonli qarori bilan tasdiklangan.
Korsatilgan karorlarni amalga oshirish maqsadida Davlat tabiat qomitasiga aloqador vazirliklar va tashkilotlar bi.lan birgalikda atrof -muxitning xolati to'g'risida davlat monitoringi va ma`lumotlar axborot bankining yagona tarmog'i yaratilgan.
Bu tarmoq tizim ma`lumotlarni boshkarish umummilliy tuzilmagi va atrof muxit soxasidagi ma`lumotlar uyg'unligi va yakdil/iggini ta`minlovchi mexanizmi boladi.
Bu qaror kabul kiluvchi shaxslar va boshka ma`sul xodimlar optimal karor qabul kilish uchun anik axborot olishlarida kafolat bolib xizmat qiladi. Bunday tizimning elementlaridan biri ¡zbekiston Respublikasi uchun atrof- muxit sifati indikatorini ishlab chiqarish xisoblanadi. Bu indikatorlar 5-10 yillik kuzatishlar natijasida erishilgan korsatkichlar asosida. ishlab chikiladi.
O'zbekistonda tabiiy atrof -muxit xolatining monitoringi uchun ekologik indikatorlar loyixasi BMT Taraqkiyot dasturi (BMTTD) ' tomonidan. kollab-quvvatlagan, atrof - muhitni muxofaza qilish boyicha Uzbokiston Respublikasi xukumati "Atrof -muxit" Dasturining komponenti xisoblanadi.
Loyixaning maqsadi - atrof muxitni muqofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muxofaza qil ish tadbirlarini bajarish soxasida asoslangan boshkaruv qarorlarini kabul kilish uchun O'zbekistonda atrof - muxit xolatining monitoring tizimini takomillashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |