O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Ergashgan qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.Uyga vazifalarni so’rash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1-topshiriq:Berilgan gaplarni qismlarga ajarating:
1.Suv keldi-cho’llarda hayot boshlandi.
1)Suv keldi 2)Cho’llarda hayot boshlandi
2-topshiriq:gaplar o’rtasidagi farq:
1-gap ohang bilan,2-gap biriktiruv bog’lovchisi,3-gap-ko’makchi qurilma bilan bog’langan.
3-topshiriq:gap kesimlarini toping:
1.uboiyni ichida o’qidi,yuzini tabassum qopladi.
II.Tarkibidagi sodda gaplar bir-biriga mazmunana bog’langan bo’lib,maxsus bog’lovchi vositalarsiz,faqat ohang bilan bog’langan qo’shma gaplar bog’lovchisuz qo’shma gaplar sanaladi.
T ahlilda bog’lovchisiz qoshma gaplar to’gri chiziq bilan bog’langan ikki to’rtburchak orqali igodalanadi.
B bog’lovchisiz qo’shma gap qolipi sanaladi.
Bog’lovchisiz qo’sma gaplar bir-biridan vergul,tire,ikki nuqta kabi tinish belgilari bilan ajratiladi.Qo’shma gap qismlari bir paytda ,yoki ketma-ket sodir bo’layotgan voqea-hodisani ifodala vergul,gap qismlari orasida o’xshashlik,zidlash,shart ma’nolari bo’lsa tere,izohlash munosabati ifodalansa,ular orasida ikki nuqta qo’yiladi.
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.163-169-mashqlar ustida ishlash:
163-mashq:Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarni toping:
1.Avval ular bizga yetib olishsin,keyin birga jo’naymiz-ohang bilan;
165-mashq:”Topqirlar va zukkolar”o’yini:
“Topqirlar” guruhi:bog’langan qo’shma gapga misol aytadi;Qor yogdi va hammaning sevinchi yanada oshdi “Zukkolar” guruhi ini bog’lovchisiz qo’shma gapga aylantiradi.Qor yog’di,hammaning sevinchi oshdi.
II.Test sinovi:
1.Faqat ohang va ma’no vositasida bog’langan qo’shma gaplar
A.Bog’langan qo’shma gap B.Bog’lovchisiz qo’shma gap C.Ergashgan qo’shma gap D.Sodda gap
2.Alisher Navoiy va Bobur tavalludlari yurtimiz bo’ylab keng nishonlandi-gap turini aniqlang.
A.Sodda gap B.Ergashgan q.g C.Bog’lovchisiz q.g. D,Bog’langan q.g
3.Gap orasida qanday tinish belgi qo’yiladi:Vaqting ketdi… baxting ketdi
A.Vergul B.Ikki nuqta C.Nuqtali vergul D.Tire
4.Ikki qo’shma gap qismlari orasida izohlash munosabati bo’lganda qanday tinish belgi qo’yiladi:
A.Ikki nuqta B.Nuqtali vergul C.Vergul D.Tire
5.Bog’lovchisiz qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A.Dunyoda tinchlikdan ortiq boylik yoq.
B.Bobom ekkan bodom bugun meva tugdi va biz bobom ruhiga duo ayladik.
C.Mehnat insonni ulug’laydi,chunki bu tuyg’u insonni qanoatga o’rgatadi.
D.Biz chiroyli bog’lar barpo etamiz,unda bolalar miriqib o’ynab-kulishadi.
Javoblar:1.B 2.A 3.D 4.A 5.D
Uyga vazifa:169-mashq:Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda turli tinish belgilar qo’llangan gaplar tuzing.
1.Suv-bebaho ne’mat,uning har tomchisini ko’z qorachig’imizdek asraylik.
2.qo’shning tinch-sen tinch.
3.Maqsadimiz shu:o’qib,Vatanga munosib farzand bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |