Darsning turi;noan’anaviy;
Darsnning uslubi:suhbat,mashqlar tahlili,qiyoslash,o’yin;
Darsning jihozi:Ergashgan qo’shma gap haqida ko’rgazma,darslik,tarqatmalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;b)kitob-daftarlar nazorati;d) o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Ergashgan qo’shma gaplar yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.152-mashq-uyga vazifa tahlili;
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.1-topshiriq:Bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1.Shu narsani esdan chiqarmangki,odam odam bilan uchrashadi,tog’ tog’ bilan uchrashmaydi.
-ki,
II.Bilib oling:Bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to’ldiruvchi ergash gaplar deyiladi.
To’ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo’llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
Gap qismlari nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda ,ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi va to’ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari –ki yuklamasi yordamida bog’langanda esa to’ldiruvchi ergash gap bosh gap bosh gapdan keyin keladi.
Ba’zan bosh gapning to’ldiruvchisi vazifasidagi ko’rsatish olmoshi qo’llanilmasligi mumkin,ammo uning o’rni bilinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |