Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Badiiy asarlar matnidan ko’chirma gapli qo’shma gaplarni topib,ularning tuzilishini izohlash.
II.199-201-mashqlar ustida ishlash.
201-mashq:Ko’chirma gaplar tuzing,uni o’zlashtirma gapga aylantiring.
Gaplarni ko’chirma gapli qo’shma gaplarga aylantiring:
1.”Doimo yo’lning chap tarafidan harakatlaning”,-deydilar doimo ustozimiz.-Ko’chirma gap;Ustozimiz doimo yo’lning chap tomonidan harakatlanishimizni ta’kidlab o’tadilar.-O’zlashtirma gap;
III.O’yin:1-guruh-ko’chirma gap tuzadi,2-guruh uni o’zlashtirma gapga aylantiradi.
IV.Test sinovi:Ko’chirma gap qolipini toping.
1.”Xalqning ishonchini oqlash,-deydi Mirtemir,-har birimizning muqaddas burchimizdir”.
A.M.g:”K.g” B.”K.g”,-m.g C.M.g:”K.g”,-m.g D.”K.g,-m.g,-k.g”.
2.O’zganing gapi nutqda necha xil usulda qo’llaniladi?
A.2 xil B.3 xil C. 4 xil D. 1 xil
3.Mazmuni saqlanib ,shakli o’zgartirilgan o’zganing gapi:
A.O’zlashtirma gap B.O’zganing gapi C.Yig’iq gap D.Ko’chirma gap
3.Berilgan gap qolipi qanday?”Navbatchilar hamma joyni yaxshilab tozalasin”,-deb uqtirdilar ustozimiz.
A.M.g:”K.g” B.”K.g”,-m.g C.M.g:”K.g”,-m.g D.”K.g,-m.g,-k.g
4.O’zlashirma gap gap berilgan qatorni toping.
A.Darsdan so’ng kinoga borishimiz haqida Rahimaga aytdim.
B.Bahor keldi,ammo hali ham sovuq izg’irin o’z hukmini surmoqda.
C.Xalqimiz :”Bir yigitga yetmish hunar ham oz”,-deydi.
D.”Urush davrida bir burda non uchun odamlar soatlab navbatda turishgan”,-deb eslaydilar buvijonim.
5.Ko’chirma gapli qo’shma gap berilgan qatorni toping.
A.”O’tkan kunlar””romanini do’stim o’qish uchun so’radi.
B.”Vatan ostonadan boshlanadi”,-deb aytadilar donolar.
C.Dunyoda onadan azizroq zot yo’qligini ustozimiz qayta-qayta uqtiradilar.
D. Bu yil bahor o’zgacha tarovat bilan kirib keldi.
Javoblar:1.D 2.A 3.A 4.A 5.B
Uyga vazifa:202-mashq:Nuqtalar o’rniga ko’chirma gaplar qo’ying,ularni o’zlashtirma gaplarga aylantiring.
1.Do’stim dedi:”Sport insonni chiniqtirar ekan”-Do’stim sport insonni chiniqtirishini aytdi.
2.Sinfdoshim mendan so’radi:”Sen ustoz aytga topshiriqlarni bajardingmi?”-Sinfdoshim mendan ustozim aytgan topshiriqlarni bajarganligim haqida so’radi.
3.O’qituvchimiz:”Sinf xonasini doimo ozoda tuting”,-dedi.-Ustozimiz doimo sinf xonamizni ozoda tutishimiz haqida uqtirib o’tdilar.
4.Maktab direktori o’quvchilarga qarata dedi:”Biz sizga maktab sha’nini oqlashga ishonch bildiramiz!”-Maktab direktori o’quvchilarga maktab sha’nini oqlashishlariga ishonch bildirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |