1 0-mavzu. Publitsistik uslub va og’zaki uslublarning leksik-grammatik xususiyatlari Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar



Download 83,88 Kb.
bet2/2
Sana07.12.2022
Hajmi83,88 Kb.
#880846
1   2
Bog'liq
10- mavzu

Algoritm




Zij




Koordinata




Astronomik




Hind raqamlari




Kutubxona






2-topshiriq. Konseptual jadvalni to‘ldiring.

Terminlar

Yozma nutq

Nutq uslublari

Dialektizmlar

Badiiy vositalar




Badiiy uslub













Ilmiy uslub













So‘zlashuv uslubi













Rasmiy uslub













Publitsistik uslub















3-topshiriq. Gaplarni uslubiy shakliga ko‘ra guruhlarga ajratib ko‘chiring. Nuqtalar o‘rniga nutq uslubiga xos so‘z yoki fe’l shaklini qo‘ying.

  1. Men bu gapni faqat tarjima vajidan aytayotgan…yo‘q. Yozuvchi o‘z ona tilisi ustiga o‘z zamonasining boy, madaniy tilini bilmasdan qanot bog’lamaydi.Buning misolini adabiyotimiz tarixida, hozirgi adabiyotimizda… ko‘rishi… mumkin (A.Q.)

  2. Bulardan birinchi…, nutq madaniyati sohasining vazifasi til va nutqdagi nuqson va kamchilliklarni aniq …, to‘p…, uni o‘rgan… va bartaraf etishdan iborat…, deyilgan nuqtai nazar.

  3. O‘sha ”masalang” o‘rniga tushsa dashnom…ga qalqon bo‘lishi, lovilla…asablarga suv purkab, seni ortiqcha dilsiyohliklar…asrashi ham mumkin!(O‘.Usmonov)

  4. Men, Rasulov Anvar, “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish…litseyimiz kutubxonasidan 10 ta badiiy kitob ol…

  5. Axir, talaba jamiyatning oldi qatlami sanaladi… .Shuni… kerakda, “o‘qib uqmasa bekor”… .



4-topshiriq.
Said Ahmad

O‘zbek adabiyotining yеtuk yozuvchilaridan biri Said Ahmad Husanxo‘jayev 1920 yili Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida ziyoli oylada dunyoga keldi. Shu yеrda o‘rta maktabni (1939) bitirib, Oliy o‘quv yurtida (1940—1941) ta’lim olgan. Adabiyot darslari va to‘garaklarida ijodga bo‘lgan havasi ortib, qo‘lga qalam ushlagan, vaqtli matbuot uning ijod dorilfununi bo‘lgan. Said Ahmad dastlab «Mushtum» oynomasida, Radio qo‘mitasida (1942—1943), «Qizil O‘zbekiston» ro‘znomasi (1943—1947), «Sharq yulduzi» oynomasida (1948—1950) va so‘nggi yillarda u O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limiga boshchilik qiladi. Uning birinchi hikoyalar to‘plami «Tortiq» 1940 yilda nashr etiladi.
Urush va urushdan so‘nggi yillarda Said Ahmad ko‘plab felyeton, ocherk va hikoyalar yozdi. «Er yurak» (1942), «Farg’ona hikoyalari» (1948), «Muhabbat» (1949) kabi to‘plamlar nashr etildi. Ulug’ Vagan urushi davri voqealariga bag’ishlangan «Xazina», «Hayqiriq», «Rahmat azizlarim» kabi hikoyalarida avtor urushning dahshatli oqibatlarini hayajonli tasvirlaydi, urush qahramonlarini ulug’laydi.
Adibning hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G’afur 
G’ulomning yumori, Abdulla Qahhorning bayondagi lakonizmi mujassamdir.
Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy usullarning xilma-xilligiga erishishga intildi. «Cho‘l burguti», «O‘rik domla», «Lochin», «Odam va bo‘ri», «Bo‘ston», «To‘y boshi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o‘zbek nasrida ham yangilik bo‘ldi, Adib hikoyalarining bosh qahramoni ichki dunyosi boy va pok bo‘lgan zamondoshlarimizdir. Muallif «Tog’ afsonasi», «Zumrad», «Muhabbatning tug’ilishi», «Ko‘zlaringda o‘t bor edi», «Poyqadam», «Alla», «Iqbol chiroqlari» asarlarida hayotiy xarakterlar yaratdi.
Said Ahmad hajviy hikoyalarida taraqqiyotimizga to‘siq bo‘layotgan yaramas urf-odatlar ustidan kuladi, yangicha ma’naviy-axloqiy masalalarni o‘rtaga qo‘yadi. Aksincha, o‘zbek psixologiyasiga singmaydigan, milliylikdan yiroq bevatan, bemillat, yangicha urf-odatlar, udumlar ustidan ham qahqaha otib kuladi. Uning «Xanka bilan Tanka» «Lampa shisha» kabi o‘nlab hajviyalari shular jumlasidandir. Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o‘zbek radio va televideniyesida quvnoq miniatyuralar teatriga asos solgan.
Said Ahmad hikoyalaridan asta-sekin yirik asarlar yaratishga o‘tdi. 1949 yilda chop etilgan «Qadrdon dalalar» va «Hukm» (1958) qissalari shular jumlasidandir.
«Ufq» romanida (1964) Ulug’ Vatan urushining olovli yillarida o‘zbek dehqonlarining front orqasida ko‘rsatgan mehnat qahramonliklari atroflicha hikoya qilinadi. «Ufq» trilogiya bo‘lib, yozuvchi unda urushdan oldingi va undan keyingi davr hayotiy muammolari haqida bahs yuritadi.
Said Ahmad ham qatag’onlik zulmining ikkinchi to‘lqiniga duchor bo‘lgan, lager azoblarini tortgan ijodkordir. O‘z talanti va ona xalqiga sadoqat, katta ishonch adibni so‘z san’atkori darajasiga еtkazgan.
Ijodkor tarjima ishlari bilan ham faol shug’ullangan. Jumladan, B. Polevoy, A. Musatov, O. Gonchar kabi yozuvchilar asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Ayni chog’da adibning ko‘pgina hikoyalari qardosh va horijiy tillarga o‘girildi.
Said Ahmad o‘zining quvnoq, orombahsh hikoyalari va salmoqli romanlari bilan o‘zbek prozasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan ilg’or yozuvchidir. U O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Hamza mukofoti sovrindori hamdir.
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Matnni o‘qing. Matnga reja tuzing.
2. Reja asosida matnni so‘zlab bering.
3. Matn yuzasidan savollar tuzib, o‘zaro suhbatlashing.


5-topshiriq. Said Ahmad va Saida Zunnunova ijodiy faoliyati xronologik jadvalini tuzing.

Nazorat savollari

  1. Nutq uslublari necha turga bo‘linadi?

  2. Badiiy uslubga xos bo‘lgan xususiyatlarni aytib bering.

  3. Badiiy tasvir vositalari – bu ….

  4. Ilmiy uslubning boshqa uslublardan farqi.

  5. Rasmiy-isoraviy uslubda nimalar yoziladi?

  6. Publitsistik uslub deganda nimani tushunasiz?

Download 83,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish