1- topshiriq



Download 40 Kb.
Sana22.01.2022
Hajmi40 Kb.
#400801
Bog'liq
1- topshiriq


1- topshiriq

1.Tilshunoslik (lingvistika) tillarni (barcha mavjud tillarni, qachonlardir mavjud bolgan tillarni va kelajakda paydo boluvchi tillarni), shuningdek, umuman inson tilini organuvchi fan.Tilshunoslik xususiy va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Xususiy tilshunoslik malum bir tilning yoki qarindosh tillar guruhining (masalan, turkiy tillar) lugat tarkibi, fonetik sistemasi va grammatik qurilishi, shuningdek, tarixiy taraqqiyot yollarini organadi va bir tilni organish bilan shugullanadi. Umumiy tilshunoslik esa undan farqli holda, tilning kelib chiqishi, ijtimoiy mohiyatini, jamiyatdagi orni, vazifasini, taraqqiyot yollarini, til bilan tafakkurning bir-biriga uzviyligini, barcha tillarning ozaro munosabatini organadi hamda tillarni tekshirish usullarini yaratadi. Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi.

2.Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi. Til tilshunoslik fanining ob`ekti bo‘lib, u insonning bevosita kuzatishi va mustaqil ilmiy izlanishlari uchun ham xizmat qiladi.Tilshunoslik fani til bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borganda, boshqa fan materiallarini ham hisobga oladi. Jumladan:

1. Tilshunoslik birinchi navbatda falsafa bilan chambarchas boғliqdir, chunki falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Masalan, dialektika, sinergetika, til va tafakkur haqidagi ta`limot tilshunoslikning metodologik asoslarini tashkil etadi.

2. Tilshunoslik psixologiya bilan ham chambarchas boғliqdir. Tilshunoslik bilan psixologiya o‘rtasida mavjud bo‘lgan muammolar psixolingvistikada o‘rganiladi.

3. Tilshunoslik tarix bilan ham o‘zaro boғliq, chunki tilning luғat tarkibi, uning ish ko‘rish doirasi va xarakteri jamiyat tarixi bilan uzviy aloqadadir.

4. Tilshunoslik etnografiya bilan ham boғliq. etnografiya xalqlarning kelib chiqishi, tarkibi, urf-odatlari, moddiy, ma`naviy va ijtimoiy madaniyatini o‘rganadi. Tilshunoslik fani u yoki bu tilni o‘rganishda xalq etnografiyasi materiallaridan foydalanib ish ko‘radi.

5. Tilshunoslik tafakkur qonunlari va fikrlash shakllari haqidagi fan bo‘lgan mantiq bilan ham boғliq.

6. Ma`lumki, ijtimoiy tuzumga aloqador, hayot bilan va kishilarning jamiyatdagi munosabatlari bilan boғlangan; ijtimoiy jamiyatning sinflarga bo‘linishi, ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlarini o‘zgartirish bilan boғliq qonunlarni sotsiologiya fani o‘rganadi. Bu fan tilshunoslik bilan uzviy boғliq holda taraqqiy etadi.

7. Qadimiy moddiy madaniyat yodgorliklari asosida kishilik jamiyatining o‘tmishini o‘rganuvchi fan – arxeologiya ham tilshunoslik bilan boғliqdir.

8. Tilshunoslik adabiyotshunoslik bilan uzviy boғlan gandir. Ularning aloqasi, stilistika, adabiy til tarixi, badiiy adabiyot muammolarini o‘rganishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.

9. Garchi tilshunoslik fani ijtimoiy fan bo‘lsa-da, fizika, kibernetika, matematika, fiziologiya kabi tabiiy fanlar bilan ham boғliq holda rivojlanadi.

Nutq tovushlari xususiyatlarini tasnif qilish tamoyillarini o‘rganishda fizika fanining akustika bo‘limi tilshunoslikka, uning fonetika sohasiga katta yordam bermoqda.CHet tillarni o‘qitish, mashina yordamida tarjima qilish, turli tipdagi luғatlarni tuzishda tilshunoslik matematik metodlarga va kibernetika fani yutuqlariga tayanadi.Tovushlar artikulyatsiyasi va eshitish qobiliyatini o‘rganganda, nutqiy qobiliyatning buzilish sabablarini tekshirganda tilshunoslik fiziologiya, tibbiyot singari fanlarning yutuqlariga tayanib ish ko‘radi.Tilshunoslikning turli fanlar bilan aloqasi natijasida har xil nazariyalar paydo bo‘ldi.Tilshunoslik til haqidagi mustaqil ijtimoiy-tarixiy fan bo‘lib, uning ob`ekti bo‘lgan til tilshunoslikdan tashqari bir necha fanlar tomonidan o‘rganishni talab qiladigan murakkab soha bo‘lib hisoblanadi.SHunday qilib, tilshunoslik tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur, til va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar, tilning jamiyatdagi o‘rni, ichki tuzilishi – tilning tasnifi, uni tahlil qilish usullari va shu kabi masalalarni o‘rganadigan fandir.

3.Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi.

“Kommunikativ so`zi fikr almashuvga oid degan manoni ifodalaydi. Kishilarning o`zaro aloqa-aralashuvda o`z fikr-mulohazalarini, istak-xohishlarini, ichki kechinmalarini ifoda etib, bir-birlariga axborot yetkazishlari, yani tilning jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini bajarishi uning kommunikativ vazifasi hisoblanadi.

Ekspressiv so`zi kuchaytirilgan, kuchli hissiy obrazlilik xususiyati degan manoni ifodalaydi. Tilning emotsional munosabatlar suyish, erkalash, nafrat kabi insonga xos bo`lgan qator jihatlarni ifodalash xususiyati ekspressiv vazifa deb yuritiladi.

Bundan tashqari, til kishilik jamiyatida asrlar davomida to`plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Tilning bu xususiyati uning akkumulyativ vazifasidir (akkumulyativ lotincha to`plashdemakdir). Tilga xos bo`lgan akkumulyativ vazifa bazi lingvistik adabiyotlarda tilning gnoseologik vazifasi deb ham yuritiladi.

4.Tabiat va jamiyat mahsuli bo’lgan inson, ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati g’oyatda muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bo’lmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bo’lmaganidek, til ham tafakkursiz bo’lmaydi»Tilning inson uchun fikrlash vositasi bo’lishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bo’lishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, ya’ni u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ – aloqa vazifasini bajarishga kirishadi.Til insonlar o’rtasida aloqa vositasi bo’lishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar to’g’risida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum ta’sir o’tkazish, hissiyotini qo’zg’atish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bo’lsak, ta’kidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.

5.Til inson hayotidagi buyuk jumboqlardan biridir.Evolyutsionistlar ko`p yillar davomida ushbu masalaning yechimini topishga urinib kelsalarda, maqbul javob topolmadilar, ammo qator farazlar (gipotezalar)ni ilgari surdilar. Bugun biz ulardan ayrimlarini ko`rib chiqamiz.Ba'zi evolyutsionistlar tilni ibtidoiy odamlarning tovush va imo-ishoralaridan paydo bo`lgan deya ta'kidlasa, boshqalari tilni inson o`z ongi va taqlid qilish qobiliyati tufayli kashf qildi deydilar. Shunga o`xshash qator ta'limotlar mavjudligiga qaramay, tilning paydo bo`lishi to`g`risidagi yagona mantiqiy model - tilning Xudo tomonidan yaratilganligini tasdiqlovchi kreatsion (ilohiy) faraz bo`lib qolaverdi.Inson tili: u hayvonlarning oddiy tovushlaridan paydo bo`lganmi yoki Xudo tomonidan insonga in'om qilinganmi? Olimlar, tilshunoslar va faylasuflar ushbu savol ustida Darvinning evolyutsion nazariyasi (1859 y.) paydo bo`lgandan beri bosh qotirmoqdalar.

6.Substrat (tilshunoslikda) — muayyan bir lingvogeografik hududda tarqalgan tilda barcha til sathlariga mansub belgi va hodisalarning majmui

Superstrat-Kеlgindilаr tili mаhаlliy tilgа sеzilаrli tа’sir о‘tkаzаdi, lеkin uni siqib chiqаrа оlmаydi.

7.Til strukturasi elementlari – til sathlari quyidagilardan iborat: fonetik – fonologik sath , morfem – morfologik sath, so’z yasash sathi, leksik – semantik sath, sintaktik sath.

8.Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U ob’ektiv borliqdagima`lum voqea-hodisa haqida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Bundan axborottashishning boshqa yo`llari ham borligi ma’lum bo`ladi. Masalan yo`l harakatidanma’lumot beruvchi vositalar, yo`ldan o`tish-o`tmaslik xabarini beruvchi vositalar vaboshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagivositalar sirasida turadi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqidava shu bilan birga borliqdagi ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi. Inson o`zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etganolam unsurlari belgi orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi hisoblanadi.Tilning belgilar sistemasi ekanliga uning asosiy xususiyati va universal tomonidir.

9.Til- ijtimoiy hodisa. Bir tomondan, til jamiyatni yaratadi va rivojlantirsa, ikkinchi tomondan, tilsiz jamiyat bo‘lmaydi. Tilsiz fan, texnika, din, mafkura va madaniyatni amalga oshirish mumkin emas, chunki til inson hayoti va faoliyatining barcha jarayonlarini istisnosiz ta'minlaydi.Tilning rivojlanishi va faoliyati ko'p jihatdan jamiyatning holati bilan belgilanadi. Til jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishini (sinf, kasbiy, jins), demografik jarayonlarni (aholi oʻzgarishi, migratsiya), xalqning umumiy maʼlumot darajasi, fan taraqqiyoti va shu kabilarni oʻzida aks ettiradi. Jamiyat nutqning rivojlanishiga maqsadli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Jamiyatning tilga ongli ta’siri (hukumat chora-tadbirlari) til siyosati deyiladi. Ko'p tilli jamiyatdagi alohida tillarning taqdiri ushbu siyosatga bog'liq. Shunday qilib, XVIII asrda nemislashtirish tufayli. Polabiya va pruss tillari yo'q bo'lib ketdi, SSSRda assimilyatsiya natijasida 90 dan ortiq tillar yo'qoldi va Amerika Qo'shma Shtatlaridagi mustamlakachilik ko'plab hind tillarini yo'q qildi.



10.Sossyur til va nutq birliklariorasidagi ozaro boglanishni paradigmatik va sintagmatik munosabatga ajratadi. Paradigmatik munosabat til birliklarining bir paradigmaga, masalan, sozlarning vertikal yonalishda turlanish yoki tuslanish qatoriga birlashishi va bosh, asosiga kora farqlanishidir. Masalan, kitob, kitobni, kitobning, kitobda, kitobdan sozlarining manosi bosh kelishik shakliga kora olinadi. Sintagmatik munosabatda esa til birliklarining ozaro semantik-sintaktik munosabatga kirishishi va gorizontal planda birikmalar hosil qilishi tushuniladi: kitobning qadri, kitobni oqish kabi.Paradigmatik munosabat til birliklarining nutqqacha bolgan til hodisasi bolsa, sintagmatik munosabat til birliklarining nutq jarayonidagi mantiqiy munosabatidir va u nutq hodisasi sifatida qaraladi.

11.Til taraqqiyotida ichki va tashqi omillarni ajratish mumkin.Ichki omillarga kiradi uzluksizlik va innovatsiya.Til hodisalari evolyutsiyasi davomiylik bilan tavsiflanadi. Har qanday elementni almashtirish uchun (va o'zgaruvchan tizimda o'zgarishning o'zi bir elementni boshqasiga almashtirishga qisqartiriladi), u ma'lum darajada bir xil bo'lishi kerak. Ammo har bir birlikning o'ziga xos xususiyati bor, shuning uchun u o'rinbosar birlikka teng bo'lishi mumkin emas. Bu ikki xususiyat - o'ziga xoslik va o'ziga xoslik doirasidagi farq - tizimning rivojlanishi uchun zarur bo'lib chiqadi. Bunday parallel birliklar tarixiy jihatdan uzoq vaqt mavjud bo'lishi mumkin (masalan, variantlar, sinonimiya shaklida). Shunday qilib, o'zgarish til rivojlanishining ichki omillaridan biridir.O'zgarish innovatsiyalarga qarshi. Agar o'zgarish uzluksizlik va divergensiyani nazarda tutsa, innovatsiya ularni nazarda tutmaydi. Innovatsiya individual xususiyatga ega (masalan, muallifning neologizmlari, individual tasvirlar, iboralar, so'zlarning noodatiy birikmasi). Yangilik so‘zlovchilar jamoasining ehtiyojlari va til rivojlanishi tendentsiyalariga javob bersa, til faktiga aylanishi mumkin.Biroq, til rivojlanishining ichki omillari bilan bir qatorda, birinchi navbatda, lingvistik muloqotning o'ta ijodiy tabiati tufayli, jamiyatning o'zi rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan til o'zgarishining tashqi omillari mavjud.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish