4-
masala
. Dilshod, Baxrom, Mo`ydin va Sobir sport zali oldida
uchrashishga kelishishdi. Agar Sobir Dilshoddan oldin kelgan bo`lib,
lekin birinchi bo`lib kelmagan bo`lsa, Baxrom esa eng keyin kelgan
bo`lsa, bolalar uchrashish joyiga qanday ketma-ketlikda kelganligini
aniqlang.
Yechish. Masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri chiziq “vaqt
chizig`i” vazifasini o`taydi. Bolalarni to`g`ri chiziqda ularning bosh
harflari ko`rsatilgan nuqtalar bilan, hamda ularning oldin kelganlarini
to`g`ri chiziqda chaproqda, keyin kelganlarini esa o`ngroqda
belgilashga kelishib olamiz. So`ngra tartib bilan har bir shartni to`g`ri
chiziqda belgilaymiz.
4
M
S
D
B
- Sobir Dilshoddan oldin kelgan,
demak
S
nuqta
D
nuqtadan
chapda joylashadi;
-
B
nuqtani to`g`ri chiziqda belgilaymiz. Baxrom eng keyin kelganligi,
hamda Sobir Dilshoddan oldin kelgan holda birinchi bo`lib
kelmaganligi uchun B nuqta
S
va
D
nuqtalardan o`ngda joylashadi;
-
M
nuqtani to`g`ri chiziqda belgilaymiz. Sobir birinchi bo`lib
kelmaganligi va Bahrom eng qeyin kelganligi uchun
M
nuqta
SD
va
DB
kesmalarda tegishli emas, bo`lib
S
nuqtadan chapda joylashadi.
Demak, Mo`ydin birinchi bo`lib kelgan.
To`g`ri chiziqda nuqtalarning joylashishidan bolalar quyidagi:
Mo`ydin, Sobir, Dilshod, Baxrom ketma-ketligida uchrashish joyiga
kelishganligini aniqlaymiz.
5-
masala
. Akrom do`stlarini tug`ilgan kuniga taklif etdi.
Mehmonlardan Laziz Mahmuddan oldin, Vali Zokirdan keyin,
Mahmud Zokirdan oldin, Salim Validan keyin tabriklagani kelishdi.
Mehmonlar qanday tartibda kelishgan?
Yechish: Masala modelini quramiz. Bu holda to`g`ri chiziq “oldin
kelish chizig`ini” ifodalaydi. O`quvchilar bilan bolalarni to`g`ri
chiziqda ularning bosh harflari ko`rsatilgan nuqtalar bilan, hamda
ulardan oldin kelganini to`g`ri chiziqda chaproqda, keyin kelganni esa
to`g`ri chiziqda o`ngroqda belgilashga kelishib olamiz. So`ngra
masalaning har bir shartini to`g`ri chiziqda belgilaymiz:
-
Laziz Mahmuddan oldin kelgan,
L
M
Z
V
S
demak
L
nuqta
M
nuqtadan
chapda joylashadi.
-
Mahmud Zokirdan oldin kelgan, demak
M
nuqta
Z
nuqtadan chapda
joylashadi.
- Agar Vali Zokirdan keyin kelgan bo`lsa, u holda Zokir Validan
oldin kelgan bo`ladi, ya’ni
V
nuqta
Z
nuqtadan chapda joylashadi.
- Agar Salim Validan keyin kelgan bo`lsa, u holda Vali Salimdan
oldin kelgan bo`ladi, ya’ni
V
nuqta
S
nuqtadan chapda joylashadi.
5
To`g`ri chiziqda nuqtalarning joylashishidan bolalar quyidagi:
Laziz,
Mahmud,
Zokir,
Vali,
Salim
ketma-ketligida
mehmondorchilikka kelishganligini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |