Induksiya va deduksiya biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bogMiqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi.
Iqtisodiy jarayonlami o'rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondasbuv usuli. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo‘l qo‘yilib, yanglish tasawurga va noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‘zlashtirish va qo'llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o'rtasidagi bogMiqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi. Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o‘zgarishlarni, kelib chiqish sababoqibatlarini bilish mumkin boMadi.
Sifatni boshqarishni faoliyat uchun ahamiyati
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va difersifikatsiyalash sharoitida mahsulot sifatini yaxshilash korxona ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning asosiy omillaridan biridir. Chunki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnatning tejalishi, asosan, sifatli mahsulotni iste'mol qilish sohasida yuzaga keladi. Sifatli mahsulotni ishlab chiqarish esa ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik–iqtisodiy ko‘rsatkichlarida, shuningdek, ayrim ishchi-xizmatchilarning mehnat unumdorligida ham o‘z aksini topadi. Mahsulot sifatini yaxshilanishi hisobiga korxonada ijtimoiy mehnat unumdorligi ortadi. Ya'ni, bir xil hajmda ishlab chiqarilgan mahsulot sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishi hisobiga shu mahsulot birligining bahosi ortib, tovar mahsuloti qiymati ko‘payadi.
Korxona sifatli mahsulot ishlab chiqarishi natijasida va ishchilar soni o‘zgarmagan holda, tovar mahsuloti qiymatining ortishi har bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tovar mahsuloti ko‘payishiga va mehnat unumdorligi ko‘tarilishiga olib keladi. Korxona tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash strategik muammo bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiyotining stabillashuvi bu muammolarning hal etishiga bog‘liqdir. Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar ko‘rsatishda faqatgina ko‘proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir.
Sifatga yana quyidagicha ta'rif berish mumkin, ya'ni sifat-keng sig‘imli, murakkab va universal kategoriya bo‘lib, u ko‘plab xususiyat va jihatlarga egadir. Undan qaysi maqsadda foydalanishiga qarab sifat tushunchasini quyidagi jihatlari namoyon bo‘ladi: falsafiy, ijtimoiy, texnikaviy, iqtisodiy va huquqiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |