1- mavzu: xi–xv asrlarda G‘arbiy Yevropa davlatlari. Reja: Fransiyada markaziy hokimiyatning vujudga kelishi



Download 25,08 Kb.
bet2/3
Sana28.05.2022
Hajmi25,08 Kb.
#613486
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu maruza matni

Angliya.
Normandlar istilosi. Angliyada qirol hokimiyatining zaifligi uni daniyaliklarning talonchilik mavdoniga avlantiradi. Angl-sakslar bunga qarshi XI asming 40–yillarida qo’zg’olon ko’targanida, ularga Fransiyaning shimolidagi Normandiya gersogi yordamga keladi. Ammo ko’p o’tmay bu ko’mak beg’araz bo’lmagani tasdiqlanadi.
Normandiya gersogi Vilgelm qo’shinlari 1066-yili Angliyaga kelib tushadi. Gastings jangida normandlarning otliq ritsarlari inglizlar piyoda qo’shinini qurshab oladi. Angliya qiroli Garold va uning qo’shini tengsiz jangda halok bo’ladi. Normandiya gersogi qirollik taxtini egallab, Vilgelm I nomini oladi.
Feodal jamiyatining uzil-kesil o’rnatilishi. Vilgelm mahalliy feodallar – angl-sakslar yerlarini tortib olib o’z ritsarlariga bo’lib beradi. Ayni paytda kichik va o’rta yer egalari o’z mulklarini saqlab qolishadi. Vilgelm barcha feodallarni qirolga sodiqiikka qasamyod qildiradi. Ayni paytda mamlakaf yerlarining 1/7 qismi, qirol mulkiga aylanadi. Qirolning eng yirik mulkdor bo’lishi, baronlarga esa yer mulklarining turli viloyatlardan taqdim etilishi, Fiansiyadagi kabi mustaqil grafliklarni tashkil topishiga tosqinlik qiladi. Normandlar istilosi natijasida Angliya dehqonlariga zulm o’tkazish kuchayadi. O’z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida normandlar Angliya bo’ylab koplab qa’lalar qurdirgan. Ulardan eng mashhuri Londondagi Tauer bo’lib, u hozirgacha mavjud.
Mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini bilish maqsadida Vilgelm Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro’yxatini o’tkazdi. Ro’yxatga oluvchilar savollariga faqat haqiqatni aytib javob berish haqida qasamyod qildirilishi xalq orasida ro’yxat varaqalarini «Dahshatli sud kitobi» nomini olishiga sabab bo’ladi.
Baronlarning aholiga zulmini cheklash uchun grafliklardagi angl-saks mahalliy sudlari saqlab qolinadi. Mamlakat grafliklarga bo’linib, ularning har biriga qirol vakili – sherif tayinlanadi.
Genrix II (1154–1189) qirolligida Angliyada moliya va harbiy islohotlar o’tkazildi. Baronlar harbiy xizmat o’rniga xazinaga «qalqon puli» solig’i to’lashiga ruxsat berildi. Bu qirolga muntazam vollanma qo’shin tuzish imkonini berdi.
Normandlarning mahalliy angl-sakslar bilan aralashishi ma’lum muddatni talab etgan. Qirollar XII asr davomida xalqqa «fransuzlar va inglizlar» deb murojaat qilganlar. Etnik va til borasidagi farqlar XII asr oxiridan yo’qola boshlaydi.
«Buyuk ozodlik xartiyasi». Genrix II ning vorislari davrida mamlakatda qirol siyosatidan norozi zodagonlar, hukmdorning o’g’illari boshchiligida qo’zg’olonlar bo’lib turgan. Bunday kurashlar Ioann (1199–1216) qirolligi paytida yanada kuchayadi. O’z kuchiga ishongan qirol gunohkor hisoblangan baronlarning mulklarini tortib olgan. vassallaridan katta to’lovlar talab etgan. Natijada, bu siyosat barchani qirolga qarshi qilib qo’yadi.
Baronlar, ritsarlar va shaharliklar ko’magida 1215-yilning bahorida isyon ko’taradilar. Poytaxt London aholisi qo’zg’olonchilarga darvozalarni ochib beradilar. Qirol «Buyuk ozodlik xartiyasi» nomini olgan hujjatni imzolashga majbur bo’ladi.
Uning asosiy moddalari baronlar va ruhoniylar manfaatini ifodalagan. Qirol cherkovning erkin saylovlariga rioya qilishni, vassallardan odatdagidan ko’p to’lovlar olmaslikni, baronlarni qamamaslik, ularning mol-mulkidan mahrum etmaslik shartlarini qabul qiladi.
Yorliq 63 moddadan iborat bo’lib, ritsarlar va erkin dehqonlarga ham ayrim yengillikiarni beradi. Xususan, ulardan belgilanganidan ko’p xizmat va to’lovlar olish taqiqlanadi. Hujjatda erkin kishilarga qirol amaldorlari o’zboshiinchaliklari va qo’shimcha jarimalardan himoya va’da qilingan. Lekin unga amalda to’liq rioya qilinmagan.
Angliya parlamenti. Angliyada birinchi parlament 1265-yili chaqiriladi. Unga o’xshash qirolga yaqin feodallar yig’ini Vilgelm davridan, XI asrning oxirida ham chaqirilib turgan. Lekin undan farqli bu parlament tarkibida baronlardan tashqari, ruhoniylar, har bir graflikdan ikki ritsar, hamda yirik shaharlardan ikkitadan vakillar to’plangan.
Parlament XIV asrdan lordlar va umumpalatalarga bo’linadi. Lordlar palatasida qirol taklif etgan zodagonlar, vepiskoplar, abbatlar majlis o’tkazganlar. Umumpalatada esa ritsarlar va shaharliklar vakillari qatnashgan.
Parlament – fransuz tilidan parle – «gapirmoq» so’zidan olingan. XIV asrdan parlament soliqlar tayinlashdan tashqari, qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish huquqiga ham erishadi.
Angliya yuz yillik urushlar davrida. Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Richard II (1377–1399) mamlakatda 1377-yili qo’shimcha jon solig’i joriy etadi. 1380–yili jon boshi solig’i 3 baravarga oshiriladi. Soliqni yig’ishdagi suiiste’molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo’zg’oloniga sabab bo’ladi.
Kambag’al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqadi. Xalq orasida katta obro’ga erishgan Jon Boll o’z va’zlarida “Odam Ato yer haydab, Momo Havo charx yigirganda kim dvoryan bo’lgan”, deb aytgan kinoyali so’zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan. Kenterberi arxivepiskopi buvrug’i bilan Jon Boll qamoqqa olinadi. Uot Tayler qo’zg’oloni. Qo’zg’olon 1381–yilning may oyida sohq yig uvchilar bedodligidan boshlanib, tez orada Angliyaning katta qismini qamrab oladi. Qo’zg’olonchilar tomonidan ozod etilgan Jon Boll uning rahbarlaridan biriga aylanadi. Esseks va Kent grafliklari dehqonlaridan iborat qo’zg’olonchilar tunukasoz Uot Tayler boshchiligida poytaxtga yo’l oladi. Londonliklar qo’zg’olonchilarga shahar darvozalarini ochib berishadi. Qirol a’yonlari, taniqli amaldorlar uylariga o’t qo’yiladi. Aybdor deb topilgan amaldorlar qatl etila boshlanadi. Birinchilardan bo’lib Kenterberi arxivepiskopi o’ldiriladi.
Yosh qirol Richard II qo’zg’olonchilar bilan muzokaralar boshlaydi. U o’zini xalqqa do’st qilib ko’rsatishga harakat qiladi. Bu orqali qirol qo’shinini Londonga yetib kelishi uchun vaqtdan yutiladi.
Uchrashuvda qabul qilingan «Mayl End» dasturiga binoan: dehqonlarning qaramligini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish, yer solig’ini kamaytirishga rozilik beriladi. Qirol bilan uchrashuvdan so’ng qo’zg’olonchilarning o’ziga to’q qismi uylariga tarqalishadi. Lekin qo’zg’olonchilarning kambag’al qismi bunga qoniqmay Londonda qoladi va qirol bilan yangi uchrashuv Smitfildda boladi. Yangi ishlab chiqilgan dasturda: feodallar tortib olgan yaylov va o’rmonlarni qaytarish, ibodatxona yerlarini musodara qilib dehqonlarga bo’lib berish, aholini teng huquqli bo’lishini ta’minlash kabi talablar bor edi.
Uchrashuv paytida qirol a’yonlaridan biri bilan janjallashib qolgan Uot Tayler to’qnashuvda yaralanib halok boladi. Sarosimada qolgan dehqonlarga, ularning barcha talablari bajarilishi va’da qilinib, shaharni tark etishga ko’ndiradilar. Lekin qo’zg’olonchilar izidan yuborilgan qo’shin, ulardan ayovsiz o’ch oladi. Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchrasa-da, uning ta’sirida Angliyada dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan (barshina) voz kechiladi.
Qaram dehqonlar XV asr davomida to’lov evaziga ozodlikka erishadi. Soliqlar tartibga solinadi.
Angliya XV asrda. Yuz yillik urush tugaganidan keyin Angliya tarixida «Qizil va oq gullar» (1455–1485) urushi nomini olgan urushlar bo’lib o’tadi. Angliya toj-u taxti uchun kurashgan Lankasterlar bayrog’ida qizil, Yorklar bayrog’ida esa oq atirgul rasmi solingan.
Unda aholining 1/4, nomdor feodal zodagonlar–baronlarning deyarlik barchasi qirilib bitadi. Urushlar paytida taxtda bo’lgan Yorklarga qarshi hal qiluvchi Bosvort yaqinidagi jangda (1485–yil) g’olib chiqqan Lankasterlar xonadoni qo’llagan Genrix Tyudor Angliya taxtiga keladi.
Genrix VII Tyudor (1485–1509) davrida qirol hokimiyati kuchayib boradi. Urushlarda qirilib bitgan normand zodagonlari orniga, qirol lordlar palatasiga kiritgan yangi angl-saks zodagonlari uning ishonchini qozonishga intilgan. Umumpalatasiga taklif qilingan ritsarlar va shaharliklar ham qirol kiritgan qonunlarni tasdiqlar, unga yangi soliqlar yig’ishga ruxsat berardi.



Download 25,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish