1- mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo’lishi Reja



Download 15,42 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi15,42 Kb.
#789880
Bog'liq
1- mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predm




1- mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo’lishi
Reja:

  1. Pedagogik konfliktologiya fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi.

  2. Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, ob`ekti, predmeti.

  3. Pedagogik konfliktologiyaning maqsad va vazifalari.



Tayanch tushunchalar: Konflikt, nizo, ziddiyat, to`qnash, ruhiy muloqot, mehnat jamoasi, konfliktli vaziyat, majaro, kayfiyat, konfliktning davomiyligi.
Pedagogik konfliktologiya fanining paydo bo`lishi va rivojlanishi
Pedagogik jarayon o`ziga xos murakkab ijtimoiy tuzilma bo`lib, shaxslararo aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub`ekt o`rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham kuzatiladi.
Pedagogik jarayonda shaxslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida konfliktlarning yuzaga kelishi kuzatiladi.
Konflikt o’zi nima? Bu fan o’rganuvchi ob’ektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni kelib c8--hiqishini, sabab va oqibatlarini o’rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo’lib, u lotincha “conflictus” – to’qnashuv demakdir. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o’rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o’rganishdan boshlangan. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shahslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan sifatida shakllana boshlagandan so’ng, jamiyatda konfliktning tutgan o’rni o’rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o’rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o’zaro to’g`ri echimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi.
Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi. Hech bir inson konfliktlardan o`zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konflikt vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo`l va usullarini qidiramiz. Konflikt ijtimoiy xodisa ekanligi haqida. Konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o`rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko`rishi mumkinligi haqida ma`lumot berish.
Pedagogik konflikt – pedagogik jarayonda shaxslararo munosabatlarning keskinlashuvi natijasi sifatida yuzagi keluvchi muammoli vaziyatdir. Pedagogik konfliktlarning quyidagi shakllari yuzaga keladi:
1. Talaba-talaba;
2. Talaba-o`qituvchi;
3. O`qituvchi-o`qituvchi.
Pedagogik konfliktologiyaning predmeti - ta`lim jarayonidagi ziddiyatlar haqida faktlar, ularning paydo bo`lish mexanizmi va qonuniyatlari, ularni rivojlanishi va yakunlanishidir.
Pedagogik konfliktologiyaning ob`ekt - ta`lim tizimidagi tizimli, vaziyat va natijali ziddiyatlar.
Pedagogik konfliktologiya fanini o`qitishdan maqsadi – bo`lajak o`qituvchilarni zamonaviy pedagogik konfliktologiya asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Shu bilan birga yoshlarga hayotdagi konfliktlar bo`yicha keng nazariy va amaliy bilimlar berish orqali yoshlarni jamiyatda mustaqil va faol fuqaro sifatidagi ishtiroki uchun zamin yaratish, boshqa insonlar bilan tabiiy bo`lgan turli ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy-ruhiy, psixologik muloqotlarda ular ongi, tafakkuri va axloqida kamtarlik, mehribonlik, halollik, samimiylik, to`g`riso`zlik, vijdoniylik, o`z so`zida turish kabi xislatlarni shakllantirishdan iborat.
Pedagogik konfliktologiya fanining vazifalari:
- gumanitar fanlar sohasi sifatida uning ob`ekti va predmetidagi izlanish va asosiy kategoriyalari haqida talabalarda tasavvurlarni shakllantirish;
- pedagogik faoliyatning insonparvarlikka yo`naltirilganligini ochib berish;
- konfliktlarni bartaraf etish va oldini olish, echimini topishning asosiy shakl va usullarini egallash;
- pedagogik konfliktning qonuniyatlari va omillari haqida to`liq tasavvurni shakllantirish;
- pedagogik konfliktli vaziyatlarni tahlil qilish va tushunish, umumiy ilmiy yondashishni aniqlay bilishdan iboratdir.


Mustahkamlash uchun savollar:
1. Konfliktning o`zi nima?
2. Pedagogik konfliktologiyaning fan sifatida rivojlanishi.
3. Har bir inson o`zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilganman deb ayta oladimi?
4. Pedagogik konfliktologiyaning maqsadi nima?
5. Pedagogik konfliktologiyaning vazifalari qanday?


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya.-T.: TDPU, 2014.-304 b.

  2. Ibragimov X., Yoldoshev U. va boshqalar. Pedagogik psixologiya.-T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2009 y.-400 b.

  3. Xoliqov A. Pedagogik mahorat.-T.: Iqtisod-moliya, 2011 y.-420 b.

Download 15,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish