2. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi”
Yirik motorika;
Mayda motorika:
Sensomotorika:
Sog’lom turmush tarsi va xavfsizlik.
Kichik soha:Yirik motorika
1-ilova: Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
Talab: Bola o‘z tanasi va uning a’zolarini boshqaradi, maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi
2-ilova: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
Talab: Bola o‘z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to‘g‘ri harakatlanadi
KICHIK SOHA: MAYDA MOTORIKA;
1-ilova: Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
Talab: Bola qo‘li va barmoqlarini turli maqsadlarda muvofiqlashtiradi va ishlatadi
2-ilova: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
Talab: Bola qo‘li va barmoqlarini muvofiqlashtiradi va turli maqsadlarda ishlatadi
KICHIK SOHA: SENSOMOTORIKA
1-ilova: Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
Talab: Bola sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini boshqarishga qodir
2-ilova: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
Talab: Bola sezgi organlari yordamida o‘z harakatlarini boshqarishga qodir
KICHIK SOHA:SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA XAVFSIZLIK
1-ilova: Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
Talab: Bola salomatlikni saqlash ko‘nikmalarini namoyon qiladi, xavfsiz sog‘lom ovqat va hayotni saqlash qoidalari haqida tushunchaga ega
2-ilova: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar
Talab: Bola sog‘liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz sog‘lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega
7.Mavzu: ”Bolajon” dasturida jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha turli yosh guruhlar bilimlarini o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va solishtirish.
Reja:
1.”Bolajon” dasturida jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi.
2.”Bolajon” dasturida jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi yo'nalish bo’yicha turli yosh guruhlar bilimlarini o'ziga hos hususiyatlarini aniqlash va solishtirish.
"Bolajon" o’quv dastur “Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” asosida ishlab chiqildi.
Dasturda ilk yoshdan 6-7 yoshgacha bo`lgan bolalarni jismoniy, ijtimoiy-hissiy, nutq o`qish va savodaga tayyorlash, aqliy rivojlantirish bo`yicha pedagogik vazifalar asosida har bir yosh guruh bolalari o`quv yili oxiriga kelib egallashlari lozim bo`lgan bilim, malaka va ko`nikmalarning zaruruiy hajmi berilgan.
Dastur maktabgacha ta’lim muasasalari pedagoglari, ota-onalar, bolalar tarbiyasi bilan qiziquvchi barcha mutaxassis va metodistlarga mo`ljallangan.
Tayanch dasturning maqsadi “Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga jismonan sog’lom, aqlan va ma’nan etuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo’la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tayyorlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |