Birinchidan, inson huquqlarini ta’minlash samaradorligini yanada oshirish uchun milliy strategiyamiz bo‘lishi lozim;
Ikkinchidan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yo‘lida og‘ishmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirish;
Uchinchidan, advokatura institutini takomillashtirish orqali inson huquqlarini ta’minlashni yangi bosqichga ko‘tarish;
To‘rtinchidan, vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik, mamlakatimizda va xorijda fuqarolarimizni kafolatli himoya qilish;
Beshinchidan, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida huquqiy tenglikni mustahkamlash;
Oltinchidan, fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan mulk huquqi daxlsizdir va doim davlat himoyasida bo‘ladi.
Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida mujassam etilgani bejiz emas. Ana shu prinsipni amalga oshirish uchun bizda qat’iy siyosiy iroda va yetarli imkoniyatlar mavjud. Buning uchun biz, avvalo, quyidagi muhim vazifalarni hal etishimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |