Jarangsiz undoshlar: p, t, f, s, ch, sh, q, k
Rus tilidan farqli o‘zbek tilidagi undosh tovushlar qattiq va yumshoqligiga ko‘ra ajratilmaydi.
O‘zbek tiliga xos bir qator nutq tovushlari mavjud. H, Q, O‘,G‘.
Ы, Щ, Ц tovushlari esa o‘zbek tilida yo‘q.
0‘ZBEK ADABIY TILINING AYRIM ORFOEPIK ME’YORLARI
Orfoepik me’yorlarini talab qiluvchi nutqiy hodisalaming eng asosiylaridan biri assimilatsiya (tovush qo‘shni tovushni o‘ziga moslashtirib-o'xshatib olishi: ketdi / / ketti) hodisasidir. Orfoepiyaning vazifalaridan biri ham assimilatsiyani me’yorda tutib turishdir. Til taraqqiyotining qonuniy natijasi bo‘lgan assimilatsiya orfografiyada “muhr”lanmagan bo‘lsa ham orfoepiya qonuniga aylangandir. Masalan: o‘t + di = o‘tti o‘tdi, boribdi -> boripti.
Til taraqqiyotidagi ayrim fonetik o‘zgarishlar ham orfoepik, ham orfografik normaga aylangan. Masalan, birinchi bo‘g‘ini ochiq bo‘lib, ikkinchi bo‘g‘ni sonorlashgan undosh bilan boshlanib, sonor bilan tugagan o‘zakka asosan tor unli bilan boshlangan afïiks qo‘shilganda bo‘g‘in strukturasida o‘zgarish yuzberadi. Misollar: o‘g‘il+im< o‘g‘-lim, ko‘-ngil < ko‘ng-lim, sha-har+im < shah-rim. Bu o‘zgarishni ham imlo, ham talaffuz taqazo etadi.
Orfografiya va orfoepiyaning qarama-qarshi o‘rinlaridan biri arab tilidan qabul qilingan ikki undosh bilan tugagan, aslida bir bo‘g‘inli so‘zning nutqda ikki bo‘g‘in tarzida (unli qo‘shib) o‘zlashganidir. Misollar mehr, qadr, aql, qism, hukm, qasr, asr kabi.
Xulosa qilib aytganda, o‘zbek tilida orfoepiya qoidalari bilan orfografiya (imlo) qoidalari orasidagi farqqa e’tibor qaratish zarur. Bu og‘zaki va yozma savodxonlikda muhim ahamiyat kasb etadi.
T EKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR:
Jahonda keng tarqalgan til oilalari qaysilar?
Turkiy til qaysi til oilasiga kiradi?
Orfoepiya nima?
Unli tovushlar orfoepiyasi haqida nimalarni bilasiz?
Jarangli undoshlarning talaffuzda jarangsiz aytilishi qachon ro‘y beradi?
Qaysi undoshlardan so‘ng qo‘llanganda til oldi unlilari til orqa ottenka bilan aytiladi?
Boshqa tillardan olingan o‘zlashma so‘zlar orfoepiyasi haqida nimalarni bilasiz?
1-mashq. "a" tovushiga e’tibor berib, quyidagi so’z va so’z birikmalarini oqing:
Abadiy (вечный), alanga (пламя), lavozim (должность), afsus (сожеление), aniq (точно), arzon (дёшево), ahd (решение), ayb (вина), asr (век), aql (ум), adolat (cnpaведливость), aks-sado (отзвук, эхо), aniq vaqt (точное время), asosiy masala (основнай вопрос), axloqiy masalalar (нравственныевопросы).
2-mashq. Quyidagi so’zlarni oqing va uchinchi bo’ g’indagi “a” harfiga urg’u tushgan so’zlarni yozing:
Asosli (oбocнованный, apryментированныйi), azaldan (издавна), aybdor (виновник) , aka (6par), adolat (cnpaведливость), asal (мёд), aksincha (наaoбopoт), tajriba (опыт, эксперимент), sayohat (nyтешествие), savdo (торговля), nazorat (контроль), vazifa (nopyчение, o6язaнность).
3-mashq. “O” tovushining aytilish qoidasiga rioya qilib quyidagi sozlarni o‘qing: Ovoz (голос, звук), obro‘ (aвторитет, npecтиж), ob-havo (погода), ovchi (охотник), odamzod (человечество), oddiy (oбыкновенный), oy (луна), olam (вселенная, мир), omad (ycnex), kimyo (химия), texnologiya (технология), mukofot (npeмия).
Do'stlaringiz bilan baham: |