4 –mavzu. “Sharq mutafakkirlarining nutq madaniyatiga oid qarashlari”
Reja:
1. Sharq mutafakkirlarining nutq madaniyatiga oid qarashlari ”
2. Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romanidagi «Hirot» sahnasi. Matn.
Tayanch tushunchalar: ritorika, nutq, madaniyat, kommunikatsiya, xalq og’zaki
ijodi.
Xalq og‘zaki ijodi – so‘z san’ati - Xalq og‘zaki ijodining so‘z san’ati
ekanligini tushunishdan avval san’atning o‘zi nimaligini bilish lozim. 5 jildlik
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da (3-jild. 442-b): “San’at” [ﺖﻌﻧﺻ] - ish, mehnat;
mahorat; kasb-hunar deb ko‘rsatilgan. Agar izohdagi so‘zlarga e’tibor bersak,
san’at deganda, mahorat bilan amalga oshirilgan mehnatni tushunish anglashiladi.
San’atni mahoratsiz tasavvur qilish mumkin emas. Shuning uchun ustozlarimiz
“San’at – inson aqlu zakovatining buyuk kashfiyotidir” deyishdan toliqmasdilar.
Ayni paytda, “San’at mahoratning eng oliy darajasida vujudga keladi” degan gapni
ham ko‘p takrorlar edilar. Haqiqatan ham, san’atni tushunish san’atni yaratishdek
murakkab ekanini bilishimiz kerak. Ayniqsa, filologiya, jurnalistika, tarix, falsafa
kabi soha egalari san’atni tushunish, to‘g‘rirog‘i, his qilish qobiliyatiga ega
bo‘lishlari alohida fazilatdir. Odatda maxsus ma’lumotga ega bo‘lmagan odamlar
oddiy tasvirlarni san’at asari deb tushunadilar. Masalan, magazinlarning old
qismidagi reklama maqsadida namoyish qilinadigan rasmlar: kostyum kiygan
yigitlar, ko‘ylakli qizlar, nonlarning turli xillari, kiyim-kechaklar tasvirlari va
hokazolar. Aslida bularning birontasi san’at asari hisoblanmaydi. Hatto buyuk
rassomlar ishlagan tasviriy san’at asarlaridan olingan nusxalar – kopiyalar ham
san’at asari bo‘lmaydi. Haddan tashqari chiroyli bezaklangan choynak, piyola,
laganlar minglab nusxalarda sotiladi, ular san’at asari hisoblanmaydi. Chunki
san’at asarlari san’atkor tomonidan mahorat bilan yaratilishi shart. Shuning uchun
san’at asarlari faqat san’atkor yaratgan yagona nushada bo‘ladi.
Ma’lumki,
san’atning naqsh, musiqa, haykaltaroshlik, ganchkorlik,
o‘ymakorlik, raqs, badiiy adabiyot kabi o‘nlab turlari bor. Ularning har biri o‘z
quroliga ega. Ammo ayrim imoratlar oldidagi savlat to‘kib o‘tirgan sherlar, raqs
guruhlarida chetda turgan rahbariga qarab harakat qilayotgan raqqosalar, ma’nosiz
qofiyalangan she’rlarning san’atga hech qanday aloqasi yo‘q. Chunki qayd etilgan
vaziyatlardagi “san’at” asarlari bizda hech qanday hayrat tuyg‘usini uyg‘otmaydi.
Haqiqiy san’at asari bilan muomalada bo‘lganimizda esa ruhiyatimizda muayyan
hissiy o‘zgarishlarni sezamiz. San’at asari odamda inson iqtidori, mahorati, aqli,
zakovati, o‘ziga xos kashfiyoti bilan mazkur asarga nisbatan hayrat, qoyil qolish
tuyg‘usini uyg‘otishi kerak. Aynan shu fazilati bilan san’at namunasi ruhiyatimizni
boshqaradi.
San’at asarining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning qadri,
bahosi hech qachon hajm, son, miqdor bilan o‘lchanmaydi. O‘nlab tasviriy san’at
namunasini yaratish, qo‘shiq aytish, badiiy asarlar yozish mumkin. Ammo ularning
mualliflarini tanimasligimiz, yodimizda saqlamasligimiz ham mumkin. Biroq
ba’zan bor yo‘g‘i bitta san’at asarini ijod qilish bilan xalq madaniyati xazinasidan
munosib o‘ringa ega bo‘lingan, tarixda iz qoldirilgan. Chunki san’at o‘lchovi
mahorat darajasining yuksakligi, badiiylikning mukammalligi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, san’at haqidagi asosiy ma’lumotga ega bo‘ldik. Endi bevosita xalq
og‘zaki ijodining so‘z san’ati namunasi ekanini bilishga urinamiz.
Rezidentlarga mavzuni o‘rgatishda nutq madaniyatini o‘stirish usullari va
metodlarini o‘rgatish, ularning nutq ko‘rinishlari asosida kasbiy leksikalarini
oshirib, yangilab borishga diqqatni qaratish lozim. Voizlik madaniyatida nutq
turlari va ko‘rinishlarining o‘rni va ahamiyatini atroflicha tushuntirishni hisobga
olish shart.
Masalan: Ertangi mutaxassis nafaqat hayotdan, balki o‘zining atrofidagi yaqinlari,
ustozlari, rahbarlari, jami faoliyatlar jarayoni, jami borliq, turfa xil voqeliklardan
tinmay ilm olib, fazilat o‘rganib mukammallashib boradi. Maqsadlar:
1. Rezidentlarga nutq madaniyatini oshirish va uni rivojlantirish masalalari
to‘g‘risida chuqur ma’lumot berish, voizlik madaniyatida notiqlik san’ati
turlarining o‘rni va ahamiyatiga oid namunalar bilan ishlash;
2. Notiqlik mahoratining turlari va ko‘rinishlari tavsifini o‘rganish, ularni tahlil
qilish, ular yuzasidan ijodiy topshiriqlarni bajarish;
3. Og‘zaki ma’ulomot yozishga tavsiya qilingan mavzuga oid matnini gapirib
berish, nutq madaniyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan mashqlarni bajarish,
nutq turlarini tavsifi yuzasidan bilimlarini mustahkamlash, tavsiya etilgan
mavzuga oid dialogni dialogni o‘tkazish uchun etiketning kerakli
formulalarini keltirish.
4. O‘zlari uchun ifodali va ta’sirchan nutq yarata olish texnikasini ishlab chiqish,
professional leksikaning o‘ziga xosliklari haqida fikrlarini bildirish;
5. Oxirgi paytlarda o‘qigan badiiy asarlarining voqealari, qahramonlarning
nutqiy tavsifi (nutqidan parchalar keltirish) haqida ma’lumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |