1- mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O`zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar



Download 81,77 Kb.
bet6/6
Sana05.07.2022
Hajmi81,77 Kb.
#741081
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
shahnoza

3. Demokratik institutlar tasnifi

Demokratik institutlar – bu, davlat va jamiyatda demokratik tuzumni shakllantiruvchidemokratik tamoyillarni amalga oshirishning tashkiliy shakllari hisoblanadi. Umumiy demokratik institutlarga yuqori davlat organlarining saylanishi, saylovchilar yoki deputatlar oldida saylab qo’yiladigan organlarning mas’uliyati va hisobdorligi, vakolat muddati tugaganida saylab qo’yiladigan davlat vakillik organlari tarkibining almashinib turishi kabilarni kiritish mumkin.

Demokratik institutlarning shakllari
Har bir mamlakat demokratik institutlarni, xususan parlamentarizm va ko’ppartiyaviylikni shakllantirishda o’z yo’liga ega. O’zbekiston ham bundan mustasno emas. O’zbekiston tanlab olgan yo’lning o’ziga xosligi sobiq sovet totalitar, yakkapartiyaviylik tizimining uzoq vaqt hukmronlik qilganligi bilan izohlanadi. Mustaqillikning ilk yillaridayoq yakkapartiyaviy diktatga barham berildi va ko’ppartiyaviy siyosiy tizimni shakllantirish maqsad qilib olindi. Yakka partiya hukmronligi bartaraf etilgandan so’ng jamiyatimizda siyosiy plyuralizmning vujudga kelishi, siyosiy partiyalarning shakllanishi bilan bog’liq jarayonlar shiddat bilan boshlanib ketdi. Biroq bu yo’l birdaniga yoki dabdurustdan, biror-bir xorijiy mamlakat andozasini qabul qilish evaziga emas, balki asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab olindi.
1992 yil 8 dekabrda Respublika Konstitusiyasi qabul qilingandan so’ng, siyosiy partiyalarning shakllanishi uchun muhim huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Qisqa fursat ichida mamlakatimizda huquqiy asosda, parlamentda faoliyat ko’rsatuvchi partiyalarning shakllanish jarayoni sodir bo’ldi.
Mustaqillik yillarida respublikada siyosiy institutlarning mafkuralarning, fikrlarning xilma-xilligiga asoslangan va fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlaydigan yangi demokratik siyosiy tizimning negizlari vujudga keldi. Demokratik jamiyatning muhim omillaridan biri bo’lgan ko’ppartiyaviylik tufayli mustaqillik yillarida O’zbekistonda siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari vujudga kelib, ular ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning obyektiv jarayoniga aylandilar.
Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o’z vakillarini o’tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. Shu bilan birga siyosiy partiyalar zamonaviy jamiyat tizimining muhim qismi bo’lib, ular davlatning siyosiy yo’nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Huquqiy-demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ko’ppartiyaviylikning rivojlanishiga, mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi.
Alohida ta’kidlash kerakki, “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizasiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida”gi Konstitusiyaviy Qonunning qabul qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalar demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratdi. Darhaqiqat, 2-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyasi siyosiy partiyadan ko’rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan deputatlar birlashmasi ekanligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko’pchilik o’rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etishi, o’z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O’zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko’pchilikni tashkil etishi mumkinligi kabi qoidalar o’z aksini topdi.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir islohotlar natijasida ularning jamiyatdagi o’rni ancha yuksalib bormoqda. Siyosiy partiyalarning demokratik tamoyillar asosida faoliyat ko’rsatishlarini ta’minlash maqsadida ularning qonunchilik asoslari yanada rivojlantirildi. Ikki palatali parlamentni shakllantirish islohotlarini amalga oshirish bilan bog’liq holda siyosiy partiyalar Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy vakillik organlari deputatlari nomzodlarini tanlash va ko’rsatish, saylov kampaniyalarini o’tkazishda asosiy siyosiy institut funksiyasini bajarishga o’tdilar.
Har qanday davlatda vakillik demokratiyasi shakllanishini siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shuning uchun mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida siyosiy partiyalarning rolini oshirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ular faoliyatining qonuniy asoslari mustahkamlanib, vakolatlari kengaytirilmoqda. Natijada siyosiy partiyalarning islohotlar ijtimoiy samarasini yanada oshirishda mas’uliyati kuchayib, hozirda xorijiy mamlakatlar olimlari, xalqaro ekspertlar O’zbekistonda parlament faoliyatini takomillashtirish o’ziga xos yangi bosqichga ko’tarilganini e’tirof etmoqda.
2002 yil 4 apreldagi “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to’g’risida”gi Konstitusiyaviy qonun asosida professional tarzda faoliyat yurituvchi Qonunchilik palatasi va hududlar manfaatlarini ifodalovchi Senatdan tarkib topgan ikki palatali parlament tashkil etildi. Shu orqali demokratik islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishda sifatli qonunlar qabul qilish imkoniyati kengaydi, qonun ijodkorligi va ularning ijrosini nazorat qilish bo’yicha barqaror mexanizm shakllandi.
Parlament hokimiyatining amaliy rolini kuchaytirishda ko’ppartiyaviylik tizimining rivojlanishiga, siyosiy partiyalar faolligining keskin oshishiga, ular o’rtasida raqobat asosidagi kurash kuchayishiga sharoit yaratib berish muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hamda qonunlarimizda mamlakatimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi asosida rivojlanishi belgilab qo’yilgan, siyosiy partiyalarning keng ko’lamda ijtimoiy-siyosiy faoliyat yuritishi kafolatlangan. Eng muhimi, hokimiyatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro mutanosiblik hamda manfaatlar muvozanatini ta’minlashda siyosiy partiyalar ishtirokining qonuniy asoslari mustahkamlandi.
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi Qonun partiyalararo, xususan, fraksiyalararo raqobatning huquqiy mexanizmlarini yanada rivojlantirdi. Unga ko’ra, qonun loyihalarini Qonunchilik palatasida ko’rib chiqishning barcha bosqichlarida siyosiy partiyalar fraksiyalari ishtirokining prosessual mexanizmi mustahkamlandi. Endilikda qonun loyihasi bo’yicha mas’ul qo’mita fraksiyalarning qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflarisiz qonun loyihasi yuzasidan o’z xulosasini chiqarish huquqiga ega emas. Siyosiy partiyalar fraksiyalarining qonun loyihasiga doir fikrlari va takliflari inobatga olinadi, shuningdek, Qonunchilik palatasi majlislarida loyihalarni ko’rib chiqish jarayonida ma’ruzachi barcha o’qishlarda fraksiyalarning fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazadi. Mazkur me’yorlarning belgilanishi qonun ijodkorligi jarayonida fraksiyalar o’rtasida raqobat muhitining amalda kuchayishiga xizmat qiladi.
 Ijtimoiy taraqqiyot, mamlakatning o‘ziga xos rivojlanish yo‘lidan qat’iy borish, avvalo, O‘zbekistonda Oliy davlat hokimiyatlarini tashkil etishning yangicha tamoyillarini ishlab chiqishni taqozo etardi. Ma’lumki, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo‘ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament – O‘zbekistonRespublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko‘rildi. 1993 yil 28 dekabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida", 1994 yil 22 sentyabrda"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlishududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘p partiyaviylik asosida besh yil muddatgasaylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo‘lishi belgilandi. 1994 yil 25 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko‘p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o‘tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar o‘tkazildi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabrda saylovlar bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda 7 ta sub’ekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlis 1995-1999 yillarda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo‘lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish to‘g‘risida 58 ta qaror qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo‘lib o‘tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O‘zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Bizda boshqaruv sohasidagi eng muhim vazifa qonunchilik hokimiyatidir. Respublikada Parlament rolini kuchaytirish hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishish borasida siyosiy islohotlar davom etmoqda.
O‘zbekistonda ikki palatali parlamentning shakllanishi. Ikki palatali milliy parlamentni tashkil qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 2000 yil 25 mayda Oliy Majlisning 11- sessiyasida ilgari surildi. “Shuni yaxshi anglab olishimiz zarurki, hayot o‘zgarishi bilan, odamlarimizning avvalgi siyosiy va manaviy ongi ulg‘ayishi bilan,bizning parlamentimizning tashkil etilishida ham,uning faoliyatida ham tegishli o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Shu holatlarni nazarda tutib,men doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o‘tish taklifini kiritmoqchiman, yani biz 2004 yil bo‘ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etishimiz lozim”.
2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo‘lib o‘tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakun-lari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan iborat etib tashkil etiladi,deb belgilab qo‘yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlash ishiga kirishildi. 2002 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘ninchi sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasining Senati to‘g‘risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordaniborat etib shakllantiriladi. Bu o‘zgarishlar 2003 yil aprelda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlarda ham o‘z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirishva qo‘shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikkipalatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslariyaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palataliparlamentga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi.Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi.Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O‘zbeksiton RespublikasiPrezidenti tomonidan tayinlandi.
Keyingi yillarda olib borilgan siyosiy islohotlar va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik (quyi)palatasideputatlar soni 150 ta, shundan 135 ta deputat faqat siyosiy partiyalardan, 15 ta deputat esa O‘zbekiston Respublikasi Ekologik harakatidan saylanadi.
2011 yil 18 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida ( 78,80,93,96 va 98 moddalariga)gi” Qonuni qabul qilindi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senatining vakolatlari , Oliy majlis Senatining mutlaq vakolatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshirib borildi. Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar, uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990-1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan, “Vatan taraqqiyoti” partiyasidan, “Milliy tiklanish” partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi. 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi. Bu 2002 yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi. Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar el-yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.

Test

1.O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’I nechanchi yil qabul qilingan


A.1992 B.1991 C.1993 D.1990


2. .O’zbekiston Respublikasi davlat Gerbi nechanchi yil qabul qilingan
A.1992 B.1991 C.1993 D.1990
3.O’zbekiston Respublikasi davlat Konstitutsiyasi nechanchi yil qabul qilingan
A.1992 B.1991 C.1993 D.1990
4. .O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi nechanchi yil qabul qilingan
A.1992 B.1991 C.1993 D.1990
5.Davlatimiz 1-prezidenti qachon tavallud topgan
A.1939 B.1937 C.1933 D.1936
6. Davlatimiz 1-prezidenti qachon vafot etgan.
A.2016 B.2015 C.2011 D.2018
7. Davlatimiz 2-prezidenti qachon tavallud topgan
A.1952 B.1953 C.1955 D.1956
8. Qachon Islom Karimov 1-marta “O’zbekiston prezidenti ” etib saylandi
A.1991 B.1992 C.1990 D.1989
9. . Qachon Islom Karimov 1-marta “O’zbekiston prezidenti ” etib saylandi
A 2015 B.2016 C.2017 D2018
10.O’zbekiston qachon BMTga azo bo’ldi
A.1992 B.1999 C1993 D. 1990
11.O’zbek modeli nechta tamoyildan iborat
A.5 B.6 C.2 D.8
12.Nechta siyosiy partiya faoliyat ko’rsatadi
A.4 B.6 C .3 D.8
13.O’zbekiston nechadan ortiq xalqaro tashkilotlarga azo bo’lgan
A.100 B.150 C.120 D.110
14.Qachon sog’lom avlod uchun ordeni tasis etidi
A.1993 B.1995 C1992 d.1994
15.Islom Karimov qayerda dafin ettirildi
A.samarqand B. Buxoro C.Toshkend D.Qarshi
16.Bayrog’imizdagi 12 yulduz nimaning ramzi
A.Barkamollik mukammallik B.12ta viloyat C.12oy D.tinchlik
17.Konstitutsiyaning necham\nchi moddasi ijod erkinligi haqida
A.42 B.43 C.45 D.40
18.Konstitutsiyaning 14-bobi nima haqida
A.Oila B.tarbiya C.tabiat D.saylov
19.Shavkat Mirziyoyev nechanchi yilda O’zbekiston vaziri etib tayinlandi
A.2003 B.2006 c.2008 D.2011
20.Harakatlar strategiyasi qachon qabul qilingan
A.2017 B.2016 C.2015 D.2018
Download 81,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish