1- mavzu: Morfemika


-37-38-MAVZU: Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet484/576
Sana30.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#97132
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   576
Bog'liq
ona tili va adabiyot

36-37-38-MAVZU: Alisher Navoiyning “Xamsa” turkumiga kiruvchi dostonlarida 
ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid g‘oyalar. Alisher Navoiyning pand-nasihat 
mazmunidagi asarlarida ifodalangan ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar. 
Gulxaniyning “Zarbulmasal” asari (6 soat) 
 
Alisher  Navoiy  1441  yilning  9  fevralida  xirot  shahrida  G‘iyosiddin  kichkina  oilasida 
dunyoga keldi. Bo‘lajak shoirning otasi temuriylar avlodidan yedi.  
 
Ilm-fanga , ayniqsa, badiiy adabiyotga juda yerta ixlos qo‘ygan Navoiy Sa’diyning 
«Guliston»,  «Bo‘ston»  kitoblarini,  ayniqsa,  Farididdin  Attorning  «Mantiqut-tayr»  (Qush 
nutqi) asarini sevib o‘qir va yod olar yedi.  
 
U faqat o‘zbek, fors tillaridagi asarlarnigina yemas, balki azarbayjon, turkmancha 
bitilgan  nodir  qo‘lyozmalarni  o‘qigan,  u  tillar  nafosati  bilan  o‘z  she’riyatini  boyitishga 
intilgan. 
 
Alilsher  Navoiy  o‘zining  juda  ko‘p  asarlarida  bolalar  tarbiyasiga  oid  fikrlarni 
ilgari surdi. Ayniqsa, «Xamsa» ga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va 
Majnun»  kabi  dostonlarining  ba’zi  boblarini  bola  tarbiyasi  egallaganini  ko‘ramiz.  Bular 
orasida  «Hayratul-abror»  (Yaxshi  kishilarning  hayratlanishi)  dostonida  falsafiy,  ijtimoiy-
siyosiy  va  axloqiy-ta’limiy  masalalarni  qamrab  olganligi  bilan  ajralib  turadi.  Shoir 
bolalarni  o‘qimishli,  odobli,  rostgo‘y,  halol,  pok,  saxiy  bo‘lishga  ota-onani,  o‘zidan 
kattalrni hurmat qilishga, insofliva adolatli kishilar bo‘lib kamol topishga undaydi.  
 
«Hayratul-abror»  asarining  bir  necha  boblari  odob-axloq  va  ta’lim-tarbiya 
masalasiga  bag‘ishlangan.  Navoiy  bu  dostonini  oltinchi  maqolatida  odob  va  kamtarlikni 
ulug‘lab,  ta’lim-tarbiyaga  doir  qimmatli  fikr  va  mulohazalarni  bayon  qilish  bilan  birga, 
takabbur  va  odobsiz  kishilarni  qattiq  qoralaydi.  Shoir  dostonini  bu  maqolatida  bola 


 
253 
 
tarbiyasi,  uni  o‘stirish,  o‘qitish  va  uni  balog‘atga  yetkazish  to‘g‘risida  hamda  bu  borada 
ota-onalarning  vazifalari  haqida  batafsil  fikr  yuritadi.  Shoir  yoshlarni  ota-onani  xizmatini 
bajarishga,  ularni  hurmat  qilishga,  ularga  nisbatan  hamisha  mexr-muhabbatli  bo‘lishga 
chaqiradi, ota-onani oy va quyosh deb ta’riflaydi.  
 
«Farhod va Shirin» dostonida shoir chin sevgi va vafo, do‘stlik va sadoqat, mehnat 
va  ijodkorlik,  vatanparvarlik  hamda  qahramonlik  g‘oyalarini  tarannum  yetadi.  Doston 
yoshlar  va  bolalarga  atab  yozilmagan,  lekin  asarning  ko‘pgina  boblari  bolalar  va  yoshlar 
hayotiga,  ularning  tarbiyasiga  bag‘ishlangandir.  Shoir  dostonda  Farhodning  bolalik 
chog‘laridanoq  ilm-hunarga,  mehnatga  bo‘lgan  muhabbatini  zo‘r  mahorat  va  chuqur 
samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta 
ye’tibor bilan qaraganligini ko‘rsatadi.  
 
«Mahbubul-qulub»  uch  qismdan  iborat.  Kitobning  1-qismi  «Xaloyiq  ahvoli  va 
afg‘oni  va  ahvolining  kayfiyatida»,  ya’ni  kishilarning  ahvoli,  fe’l-atvori    va  gap 
so‘zlarining  ahamiyati  haqida  bo‘lib,  bunda    Navoiy  donishmand  va  murabbiy, 
ulkanmadaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san’at va adabiyotning ahamiyatini targ‘ib qiladi, 
malakali,  iqtidorli  o‘qituvchilarni,  olimlarni,  shoirlarni,  san’atkorlarni  maqtaydi,  ularni 
hurmat  qilishga  va  qadrlashga  chaqiradi.  O‘qish  ham,  o‘qitish  ham  og‘ir  va  ma’suliyatli 
ish, u qunt, havas va  mehnat talab qiladi, deb uqtiradi. Navoiy bu o‘rinda murabbiylarning 
halol xizmatlarini alohida ta’kidlaydi.  
Gulxaniy XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlaridan boshlab ijod yetgan va bu davr 
o‘zbek  adabiyotida  o‘ziga  xos  o‘rin  tutgan  yozuvchilardan  biridir.  Uning  asl-ismi-sharifi 
Muhammad  sharif  bo‘lib,  Gulxaniy  yesa  uning  adabiy  talaxxusidir.  Taxminlarga  ko‘ra 
XVIII  asrning  70-yillarida  hozirgi  Xo‘jand  viloyatining  Darvoza  qishlog‘ida  dunyoga 
keladi. 
U  o‘z  ilmini  oshirish  maqsadida  avval  Namangan  va  so‘ngra  Farg‘onaga  keldi, 
qiziqchiligi,  hozirjavobligi  va  hajviy  she’rlari  bilan  kishilar  o‘rtasida  tanila  boshlaydi. 
Ayniqsa,  g‘ariblik  turkumidagi  ruboiy    va  to‘rtliklari  bilan  yel  og‘ziga  tushadi.  Shoir 
keyinchalik Qo‘qonga  keladi va bu yerda  ko‘p  qiyinchiliklar  bilan yashaydi.  Tirikchilik 
o‘tkazish uchun hammomda o‘t yoquvchi bo‘lib ishlaydi. 
 
«Zarbulmasal» xalq ertaklari taxlitida yozilgan mukammal mazmunli o‘tkir saritik 
asardir. 
 
Gulxaniy o‘zining bu asarida xalqning mazmundor maqollari, hikmatli so‘zlari va 
qoririq gaplaridan mohirlik bilan foydalanadi. U hukmdorlar va ularning laganbardorlarini, 
saroy ahlining yaramas kirdikorlarini majoz yo‘li bilan o‘tkir satira ostiga oladi. Chunki u 
mehnatkash  xalqning  og‘ir,  mashaqqatli  hayotini  o‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rdi,  saroy  bazmlari, 
keti  uzilmas  mayparastliklar,  xalqni  talash  hisobiga  bo‘lishini  payqadi  va  bunday  salbiy 
ishlar  uning  ko‘zini  ochdi.  Natijada  unda  saroy  aristokratiyasiga  nasbatan  nafrat  hissi 
tabora  oshib  bordi.  Ammo  shoir,  shariatga  ko‘ra,  hukmron  doiralardan  noroziligini  va 
nafratini  ochiq-oydin  ifodalay  olmas  yedi.  Shuning  uchun  majoziy  shakldagi 
«Zarbulmasal»  asarini  yozishga  kirishdi.  Asarda  shoirning  maqsadi,  hayotga,  uni  o‘rab 
olgan  muhitga,  hokim  tabaqalarga  bo‘lgan  munosabati  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  ifoda  yetilmay, 
balki  hayvonlar,  qushlar  va  shunga  o‘xshash  majoziy  obrazlarning  tasviri  orqali 
ifodalanadi.  Shoir  shu  zaylda  o‘zi  yashagan  zamon  uchun  aniq  va  xarakterli  voqea-
hodisalarni, ularga o‘zining munosabatini, qarashlarini tasvirlaydi. 
 
Muallif  o‘z  masalalarida  majlziy  obrazlar  orqali  o‘sha  davrda  hukmron  sinf 
vakillarini  fosh  qiladi,  mamlakatga  xarobalik,  xalqqa  qashshoqlik  keltirgan  o‘zaro 
urushlarga qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi. 


 
254 
 
 
Gulxaniy  o‘z  zamonasida  sodir  bo‘layotgan  talon-taroj,  xalqni  qiynash,  ortiqcha 
soliqlar solish kabi voqealarni ochiqdan-ochiq  yoza olmas  yedi. U buni faqat  yertak  yo‘li 
bilan amalga oshirish mumkin ekanligini tushunadi.  
          Gulxaniy hayoti va ijodi.  O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik namoyondalaridan 
biri  Muhammad Sharif Gulxaniyning hayoti va ijodiy faoliyati haqida  to‘la ma‘lumotga 
ega  yemasmiz.  18  asrning  oxiri,  19  asrning  birinchi  yarmida  Qo‘qon  adabiy  muhitida  
yashab  ijod  yetgan  Gulxaniy  nomi  tazkira  va  tarixiy  asarlarda  zikr  etilgan.  Fazliy 
Namangoniyning  “Majmuat  ush-shuaro”    asarida  aytilishicha  asli  tog‘li  Qorategindan 
Qo‘qonga  kelib  oila  qurgan  yekan.U  taxminan    1770-80  yillar  atrofida  tug‘ilgan.  Og‘ir 
iqtisodiy  qiyinchiliklarda  kun  kechirgan.  Ba‘zi  manbalar  uning    Namangon 
madrasalarining birida tahsil  olganligidan darak beradi. Aytishlariga qaraganda Gulxaniy 
hammomda  o‘t  yoquvchi  -  gulohlik  vazifasida  ishlagan  va  shuning  uchun  Gulxaniy 
taxallusini  tanlagan  deb  nisbat  berishgan.Fazliy  buni  Gulxaniyning  “otashfe‘l”ligi  va 
«devonafe‘lligi”dan  deb  tushuntiradi.  Shoir  o‘ziga  taxallus  tanlashda  keyingi  ma‘noni 
nazarda  tutgan  bo‘lishi  yehtimolga  yaqindir.  Negaki,  u  ma‘lum    vaqt  navkarlik      ham 
qilgan, o‘z shijoati, g‘ayrati, paxlavonligi bilan ajralib turgan, urushlarda qatnashib jasorat 
ko‘rsatib borgan, lekin uning xizmatlari xon tomonidan  taqdirlanmagan.Shoirning hayoti 
muhtojlikda,  bir  burda  nonga  zor,  sipohiylik  qilib  rohai  ko‘rmay,  xasrat-nadomatda 
o‘tadi.Bu  fikrni  shoirning    “Ber”    radifli  she‘ri  xam  tasdiqlaydi.  Bunda  shoir  o‘zining 
qashshoq turmushidan noliydi: 
Hazratim ochlikdan o‘ldim, egani non ber menga, 
Kofir o‘lg‘ayman agar desamki, baxmon Ber menga. 
Moshu bug‘doyu guruch berkim, shular menga kerak, 
Hech aytmasman aqiqu, la‘lu marjon ber menga. 
Egnimga yopiq berib,qornimni to‘yg‘az non bilan, 
Senga billohkim demasman dinu imon Ber menga. 
Navkaring ochlikdan o‘lsa,  nega hayfing kelmagay, 
Ey tabibi hoziqim, doriyu darmon Ber menga. 
Nonu to‘n Ber , benavolik dardidan qutqar meni, 
Men qachon aytdimki, Qorun ganjidek kon Ber menga... 
Gulxaniyni yer yigitlar to‘pidan kamsitmagil, 
Fo‘ta Ber, ot ber, to‘nu chakmon ber menga. 
       Vafoti  noma‘lum  bo‘lgan  shoirni  taxminan  1830-40  yillarda  dunyodan  o‘tganligini 
taxmin qiladilar. Gulxaniy ijodiga nazar talaydigan bo‘lsak , u ikki tilda  qalam tebratgan. 
Fors – tojik tilidagi g‘azallariga   J u r’ a t  taxallusini qo‘llagan.  
          Gulxaniydan  qolgan  adabiy  meros  hajmi  uncha  katta  yemas,  lekin  unga  shon-
shuhrat keltirgan asari “Zarbulmasal”dir. Gulxaniy bu asarni  Qo‘qon xoni Amir Umarxon  
(1811) tavsiyasiga ko‘ra yozadi. 
     “Zarbulmasal”  (maqollar  keltirib  so‘zlash,  o‘xshashi  va  timsolini  keltirib  gapirish)  – 
majoziy  mazmun  beruvchi  asar  –  masal  bo‘lib  unda  turmush  voqealari  turlicha  toifadagi, 
turlicha  fe‘l-atvorli  kishilarning    munosabatlari  qushlar  misolida  (Yapaloqqush  bilan 
Boyo‘g‘li o‘rtasidagi qudachilik mojorolarini bayon qilish orqali) hikoya qilinadi. Qushlar 
yesa  o‘zaro  zarbulmasal  yo‘li  bilan  so‘zlashadilar,  maqsadga  yerishish  uchun  xar  xil 
maqol, matal, hikmat va chuqur mazmunli hikoyalarni keltiradilar. 
         “Zarbulmasal”da muhim ijtimoiy masalalarni  majoziy obrazlarda yoritilishi. 
”Zarbulmasal”  jiddiy  ijtimoiy  mazmunni  majoz  yo‘li  bilan    badiiy  ifodalovchi  axloqiy-
didaktik  va  tanqidiy-hajviy  yo‘nalishdagi  asardir.Unda  ijtimoiy  hayot  muammolari,  


 
255 
 
jamitda  turli  tabaqa-guruhlar  o‘rtasidagi  murakkab  munosabatlar,  insonlarning  o‘zaro 
muomalalari, urf-odatlar, xalq marosimlari haqida majoziy uslubda so‘z boradi.  
     Gulxaniy    ijtimoiy  hayotdagi  voqea  va  hodisalarning  insonlar  tabiati  va    amaliy 
faoliyatidagi  olijanoblik  va  pastkashlik,  adolat  va  zo‘ravonlik,  saxovat  va  xasislik, 
kamtarlik va manmanlik, qanoat va ochko‘zlik, xushmuomalalik va qo‘pollik, halimlik va 
dag‘allik kabi fazilat va salbiy belgilarni badiiy mahorat bilan qushlar va hayvonlar tili va 
harakatlariga,  intilish  va  qilmishlariga  ko‘chiradi  va  ular  ishtirokidagi  hayotiy  lavhalarda 
o‘z munosabatini bildiradi. Asar bilan tanishgan har bir o‘quvchi gap qushlar va hayvonlar 
faoliyatlari  va  mojorolari  haqida  yemas,  balki  kishilik  jamiyatidagi  turli  tabaqa-guruhlar 
vakillari  haqida  borayotganini    darhol  anglab  oladi.  Asar  ishtirokchilarining  nutqlari  xalq 
maqollari,  matal,  hikmat  va  qoliplangan  birikma-iboralaridan  keng  foydalanish  asosida 
qurilgan.  Asar  voqeasi  qadimgi  “Farg‘ona  iqlimida”  joylashgan    “eski  bir  shahristonda” 
yuz  beradi.U  yerda  iste‘qomat  qilayotgan  Yapoloqqush  o‘z  o‘g‘li  Kulangirsultonni 
uylantirish  taraddudiga  tushadi,  shu  manzilda  yashayotgan  Boyo‘g‘li  va  Boyqushlar  qizi 
Kunushbonuga  sovchi  qilib  Ko‘rqushni  yuboradi.Bahs  va  tortishuvlardan  so‘ng    qiz 
tarafga  beriladigan  qalin  miqdori  ming  chordevor  deb  belgilanadi,  nikoh  marosimlari 
o‘tkaziladi.  Voqealar  davomida  bo‘lajak  qudalar  va  ularning  manfaatlarini  ifodalovchi 
ishtirokchilarning  tabiatlari,  falsafasi,  ichki  dunyosi  va  intilishlari  bosqichma-bosqich 
ochila  boradi.”Zarbulmasal”da  etakchi  mazmun  bilan  mantiqan  uzviy  bog‘lanib  ketgan 
o‘ndan ortiq nasriy va nazmiy masal, qissa va hikoyatlar mavjud. Xususan “Maymun bilan 
Najjor”,  “Toshbaqa  bilan  Chayon”  kabi  masallari  yuksak  badiiy  mahorat  bilan 
yozilgan.”Maymun  bilan  Najjor”  masalida  hayotiy  lavha  orqali  “bilmagan,  o‘rganmagan 
va aqling yetmaydigan ishga hovliqib urinma, avval hunarni yaxshilab egalla, shunda pand 
yemaysan”  deb  ugit  berilsa,  «Toshbaqa  bilan  Chayonda”    hayotda  do‘st  tanlashda 
nihoyatda  yehtiyot    bo‘lishlikka,  yomonga  aslo  yaqinlashmaslikka  da‘vat  yetiladi. 
“Zarbulmasal”dagi  bu  kabi  axloqiy-ta‘limiy  yo‘nalishdagi  masallardan    farqli  o‘laroq 
«Tuya  bilan  Bo‘taloq”  masalida sof ijtimoiy mavzu  badiiy intihosiga  yetkazilgan. Unda 
yerksiz  Tuyaning  och  va  suvsiz  qolgan  Bo‘talog‘ining  yolvorib  qilgan  fig‘onu  nolasiga 
bergan g‘amgin javobi aniq yeshitiladi:  
“Aydi onasi bolasiga boqib, 
             Ko‘zlarining yoshlari suvdek oqib: 
               Ko‘rki,-burunduq kishining qo‘lida, 
         Ul kishining ko‘zlari o‘z yo‘lida 
    Menda agar zarra kabi ixtiyor 
                   Bo‘lsa yedi – bo‘lmas yedim zori bor!” 
        “Zarbulmasal”  o‘zbek  badiiy  nasrining  yeng  yetuk  namunalari  qatorida  faxrli  o‘rin  
olgan.Rang-barang  tasviriy  vositalardan,  murakkab  sajdan  keng  foydalanib  yozilgan  bu 
asarning  tili  nihoyatda  shirador,  jozibali  bo‘lib,  asarning  chin  ma‘noda  xalqchil  ruh 
egallashida juda katta xizmat qilgan. “Maymun bilan Najjor”, “Toshbaqa bilan Chayon”, 
“Tuya bilan Bo‘taloq”masallarida  real hayot haqiqatini    ifodalanishi. 

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   480   481   482   483   484   485   486   487   ...   576




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish