218
1. Odam, nima yaxshi bo‘lsa, shuni qilishi kerak.
(O‘. U.) 2. Ammo men bir narsaga
tushunolmay turibman: shunchalik gaplaring bor ekan, savollaring bor ekan, nega shu
choqqacha indamay keldilaring?
(A. Q.) 3.
Siz mening kimim bo‘lasiz, amaki?
(I. R.) 4.
Hilolangiz poliz brigadasiga borib, fermaga qancha po‘choq beryapsiz, deb so‘roq
qilibdi.
(I. R.) 5. Axir mening nimam Nazokatga o‘xshaydi?
(S. An.) 9. “Ulari ham
mayliga, — deb gap qo‘shdi polizchi chol, — kimlar qancha bepul qulupnay yeganini
yozib ber, pulini undirib olamiz, deyapti”.
(I. R.) 10. Bekning “mard” yigitlari qani?
Quyondek qochib qolishdi-ku.
(S. Kalmikov.)
205-mashq. O‘qing. Belgilash olmoshlarini topib, qanday o‘zgarganini ayting, so‘ngra
jamlovchi, yakkaga ajratuvchi, jamlikning qismini bildiruvchi belgilash olmoshlarini uch
ustunga ajratib yozing.
1. Axir, bugun shunday kunki, har kim o‘z do‘sti bilan birga bo‘lgisi keladi!
(O. Yo.)
2. O‘rta yer dengizidagi juda ko‘p turg‘un baliqlardan ba’zilarini boshqalariga nisbatan
uzoqroq kuzatdim...
(J. Vern.)3
. U har narsadan zavqlanish, lazzat topish, erkalanishni
istar edi.
(J. Abd.) 4. Dengiz barcha bo‘yoqlarni o‘zida singdirib, moviy
rangdagina jilvalanar edi.
(J. Vern.) 5. Qudratning birdan-bir maqsadi ularning
hammasida haqiqiy fanga qiziqish uyg‘otish edi.
(J. Abd.) 6. Har biri itdek-itdek
keladigan bahaybat chumolilarni ko‘rdim. ...Har ajdar ilonlar borki, fildek keladi, va fil
kuchi bilan hamla qiladi...
(K. Moiseeva.) 7. Har bir odam uchun javobgarsiz.
Mas’uliyatning bu tomonlarini ham sezing-da.
(J. Abd.) 8. Agronom so‘zini eshitib, ba’zi
qizlar hazilni to‘xtatishgan bo‘lsa ham, boshqa shaddodroqlari pisand qi-lishmasdi.
(H.
G‘.) 9. Uning chaqmoqdek chaqnab, qurilishga birdaniga jon kiritib yuborgani, hammani
qattiq harakatga solib qo‘ygani durust.
(J. Abd.)
206-mashq. O‘qing. O‘zlik olmoshini aniqlab, qanday turlanganini va gapdagi
vazifasini tushuntiring. Ikkita gapni ko‘chirib, o‘zlik olmoshiga qo‘shilgan egalik
qo‘shimchasi tagiga to‘g‘ri, kelishik qo‘shimchasi tagiga to‘lqinli chiziq chizing. Matnda
uchragan boshqa olmoshlarning turini ayting.
1. Ular o‘z qo‘llari bilan nimalar yaratib, nimalar ishlab chiqarishga qodir
ekanliklarini bilib olishlari kerak!
(J. Abd.) 2. Nazarimda, u o‘qishimga xalaqit
bermaslik uchun, mendan ham, o‘z huzur-halovatidan ham voz kechdi, shekilli.
(CH.
Ayt.) 3. Men o‘z-o‘zimga deyman: Nahotki, oz muddatda shunchalik o‘zgaribman.
(Mirm.) 4. O‘zing bilasan, o‘t ichidan qaytding, Gitlerni yakson qilish hazilakam ish
bo‘ldimi?
(O.) 5. Xudoyqulov boshliqlarga o‘zini ishchan, uddaburon qilib ko‘rsatishni
bilardi.
(J. Abd.) 6. So‘fito‘rg‘ay bo‘lsa g‘azalni o‘zi to‘qib, o‘zi bastalab, o‘zi kuyga
solgan, maqomi shu qadar sershavq, jozibadorki, qulog‘imga Nosir akamning sehrgar
dutorining ovozi eshitilgandek bo‘ladi.
(N. S.) 7. Faqat o‘zigagina tushunarli bo‘lgan
doiracha va kvadratlar chiza boshladi...
(Yu. Semyonov.)
Do'stlaringiz bilan baham: