201-mashq. O‘qing. Ko‘rsatish olmoshlarini topib, ma’nosidagi farqlarni tushuntiring
va o‘zi bog‘langan so‘z bilan birgalikda ko‘chiring.
1. O‘sha zarb, o‘sha kuch hamon barqaror! (Mirm.) 2. Bu ona-Er, bu Vatan bashariyat
baxti deb, Avlodlar iqboli deb beqiyos yo‘l ochmoqda. (Mirm.) 3. Zotan, bu
mavqe, bu obro‘, bu boylik — hammasi Mirzo Ulug‘bek orqasida orttirilgan edi. (O.
Yo.) 4. O‘shanda, bundan yigirma besh yil muqaddam, ustod, mana shu pastqamlikda
turib, Ali Qushchi bilan so‘ng bor vidolashganida, bu elga qaytmoq, -bu yurt, bu
maskanni ko‘rmoq nasib bo‘ladimi, yo‘qmi, deb g‘am chekkan, bu o‘y, bu tashvishdan,
ko‘ngli vayron edi. Mana endi uning o‘zi ham shu o‘y, shu g‘am bilan banddur. (O. Yo.)
5. Oyijon! Manavi qizili menga! (Ya.) 6. Hozir u shu o‘tirishida o‘ylab o‘yiga
yetolmadi. (S. Ahm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |