Ravishlarning ma’no jihatdan turlari
Ravishlar ma’no jihatdan olti turga bo‘linadi:
1. Holat ravishlari
2. Payt ravishlari
3. O‘rin ravishlari
4. Sabab ravishlari
5. Maqsad ravishlari
6. Daraja miqdor ravishlari
Holat ravishlari ish-harakatning qanday holatda yoki qay tarzda bajarilganligini
bildirib, qanday?, qayholda?, qaytarzda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: asta, sekin, tez,
birdan, qo‘qqisdan, to‘satdan, yonma-yon, qo‘lma-qo‘l, omon-eson, zo‘rg‘a, piyoda,
yayov, do‘stona, qahramonona, qadrdonlarcha, naridan-beri, yana, bazur(bahuzur) va
b.
Do'stlaringiz bilan baham: |