Payt ravishlari ish-harakatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha?,
qachondan?, qachondan beri? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi: avval, oldin, ilgari, endi,
hozircha, hanuz, hamisha, erta-indin, qishin-yozin, so‘ng, keyin, kechgacha, kechadan,
hozir, doimo, tez orada, shu kuni, bu orada. Payt va o‘rin ravishlarini payt va o‘rin
otlaridan farqlash lozim; agar kelishik qo‘shimchalari ajratilsa va otligicha qolsa, bu
otdir: yozda, qishda, bahorda; ko‘chada, uydan; agar kelishik qo‘shimchasi ajralgandan
keyin boshqa turkum so‘ziga aylansa, bu ravishdir: yaqinda, boshda (avval), kunda,
chetda va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |