Harakat nomi. Ish-harakatning atamasi bo‘lib, gapda otga xos vazifalarni
bajarishga mos bo‘lgan fe’l shakli harakat nomi deyiladi: Ilm-fanga intilish insonning eng
oliy ma’naviy harakatlaridandir. CHavandoz bu gaplarni Ertoevga aytishini ham,
aytmaslikni ham bilmay turgandi (O.YOqubov). Mustaqilligimiz tufayli xalq va Vatan
tarixi, boy ilmiy va adabiy merosga xolisona yondashishning guvohi va shohidi
bo‘lmoqdamiz
(Rahim
Vohidov)
gaplaridagi
intilish,
aytishni,
aytmaslikni,
yondashishning fe’l shakllari harakatning atamasi (nomi) bo‘lib, gapda otga xos ega,
to‘ldiruvchi, qaratuvchi vazifalarini bajargan.
Harakat nomi quyidagi shakl yasovchi affikslar bilan yasaladi:
1) fe’l negiziga –sh (-ish) qo‘shish bilan (unlidan so‘ng –sh, undoshdan so‘ng –
ish): o‘qish, yozish, ishlash, chiqish kabi;
Harakat nomining –sh (-ish) affiksi bilan yasalgan shakli otga yaqin turadi,
shuning uchun ham bu shaklda harakat nomi otga ko‘chishga moyil bo‘ladi.
2) fe’l negiziga –v (-uv) qo‘shish bilan (unlidan so‘ng –v, undoshdan so‘ng –uv):
ishlov, bag‘ishlov, boruv, keluv kabi;
Bu affiks bilan yasalgan harakat nomi hozirgi o‘zbek tilida kam ishlatiladi;
3) fe’l negiziga -moq qo‘shish bilan: o‘smoq, ulg‘aymoq, o‘rganmoq kabi.
Harakat nomining -moq affiksi bilan yasalgan shakli fe’lga juda yaqin turadi,
chunki har qanday fe’lning bosh shakli yo buyruq-istak mayli shaklida esla, shosh kabi;
yoki eslamoq, shoshmoq kabi harakat nomi shaklida olinadi.
Harakat nomi leksik-semantik jihatdan harakat tushunchasini anglatadi. SHu
jihatdan harakat nomi fe’lga xos grammatik xususiyatlarga ega:
1) o‘timli-o‘timsizlik ma’nosini ifodalaydi: o‘rganish, ko‘rmoq - o‘timli harakat
nomi; yugurish, ishonmoq - o‘timsiz harakat nomi;
2) nisbat ma’nosiga ega: yutmoq - aniq nisbat, yasanmoq - o‘zlik nisbat,
baholanmoq - majhullik nisbati, qiziqtirmoq - orttirma nisbat;
3) harakat nomining bo‘lishsiz shakli faqat –maslik affiksi bilan yasaladi: aytish –
bo‘lishli harakat nomi, aytmaslik – bo‘lishsiz harakat nomi.
4) harakat nomi zamon ma’nosiga ega emas. Lekin ma’lum bir qulay sharoitda
unda hozirgi-kelasi zamon ma’nosi aks etadi: Oilada farzand tarbiyasiga har tomonlama
e’tibor bermoq lozim (O.Karimova).
5) boshqa fe’l shakllari singari harakat nomi boshqarish xususiyatiga ega.
SHuningdek, ish-harakatning nomini bildirish jihatdan harakat nomi otga xos
bo‘lgan grammatik xususiyatlarga ham ega, ya’ni:
1) harakat nomi son, egalik va kelishik affikslarini oladi;
2) harakat nomi ot singari ega, qaratqich aniqlovchi, to‘ldiruvchi ko‘makchili
shaklda hol va kesim vazifalarini bajaradi: Zumradning tikishi – go‘zal, ipakni turlashi
137
ham mohirona (O.). Bilim va tushunishga intil kunu tun (YUsuf Xos Xojib). Rais
Jo‘raboev bilan jiddiy tortishuvdan so‘ng juda qattiq asabiylashdi (SH.R.). O‘zini olim,
fozilman deb maqtanish, shu bilan g‘ururlanish jaholatning bir ko‘rinishidir («Oz-oz
o‘rganib dono bo‘lur»).
6- ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |