131
-ing(iz), -sinlar qo‘shimchalari yordamida yasaladi: yozay, o‘qiy, yozgin, yozsin,
o‘qiylik, boring(iz).
Holat fе’llari - shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan
boshqa holatga otishini bildiradigan fe’llardir: uxlamoq, kulmoq, yig‘lamoq, tirjaymoq,
dam olmoq, shoshmoq, isimoq, qizarmoq, sеmirmoq, shishmoq, ranjimoq, xursand
bo‘lmoq, xandon urmoq, dahshatlanmoq, shod bo‘lmoq, og‘rinmoq va h.
Kuchaytirma fе’llar - harakatning kuchliligini ifodalaydigan fе’llardir. Quyidagi
qo‘shimchalar yordamida yasaladi: -la: savala, quvla. -kila (-gila, -g‘ila, -qila):
turtkila, torqila, yugurgila, ezg‘ila.
Do'stlaringiz bilan baham: