Olmosh haqida ma’lumot
Gap ichida ot, sifat, son, ravish, ba’zan so‘z birikmasi va gap o‘rnida qo‘llana oladigan,
aniq lug‘aviy ma’noga ega bo‘lmagan so‘z turkumi olmosh deb ataladi:
Ot o‘rnida: Karim juda quvondi, chunki u o‘z orzusiga erishgan edi.
1. sifat o‘rnida: Kechagi kitobingni berib tur, men shu kitobdan misollar olmoqchiman.
2. son o‘rnida: Menda ikkita qalam bor, senda nechta bor?
4. Ravish o‘rnida: Men bugun ketaman, sen qachon ketasan?
5. So‘z birikmasi o‘rnida: Yomon so‘z bosh qozig‘idir, shunday so‘zni gapirmagan
ma’qul.
6. Gap o‘rnida: Sen mehnat qilishni yoqtirmaysan, bu esa insondagieng yomon xislatdir.
Olmoshlar turlanadi, gapda ko‘pincha ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va undalma bo‘lib
keladi: Hamma keldi. Bizni tabriklang. Shu kitobni bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |