Son tahlili namunasi
1. So‘rog‘i.
2. Butun yoki kasrligi.
3. Ma’no turi.
4. Hisob so‘zi bor-yo‘qligi.
5. Otlashgan yoki otlashmaganligi.
6. Tuzilish turi.
7. Gapdagi sintaktik vazifasi.
3-ilova
Uyga topshiriq.
1. Badiiy adabiyotlardan son ishtirok etgan misollar to‘plang. Ular asosida tarqatma
material tuzing.
2.Son so‘z turkumining barcha ma’no turlaridan foydalanib 3 ta mazmunli gap
tuzing.
GLOSSARIY
Butun son - narsa-buyumning sanog‘ini, miqdorini uning butunligini saqlagan holda
ifodalaydigan son: bir, uch, o‘n, yuz, ming kabi.
Dona son - narsa-buyumning donalab sanaladigan miqdorini bildiradigan son. Dona
son miqdor songa -ta qo‘shimchasini qo‘shish yoki miqdor sondan keyin dona,
nafar so‘zlarini kеltirish yordamida hosil qilinadi: bеshta qush, uch dona non, o‘n
nafar odam.
Do'stlaringiz bilan baham: |