V. YAKUNLOVCHI XULOSALAR
30-modda. Ota-onalar yoki qonuniy vakillarning vazifalari
Voyaga еtmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy
huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi,
maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun
javobgardirlar.
31-modda. Ta’limni moliyalash
Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash rеspublika va mahalliy byudjеtlar
mablag‘lari, shuningdеk byudjеtdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
32-modda. Ta’limni rivojlantirish fondlari
Ta’limni rivojlantirish fondlari qonun hujjatlarida bеlgilangan tartibda yuridik va
jismoniy shaxslarning shu jumladan chеt ellik yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy
badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |