248- mashq. O‘qing. O‘tgan zamon fe’li shakllarini aniqlang; o‘tgan zamon hikoya,
o‘tgan zamon davom, o‘tgan zamon maqsad fe’llarini guruhga ajratib yozing.
1. Lashkar qirg‘oqqa joylashdi. (L. Batь.) 2. Iskandar hind podshohini o‘ziga
bo‘ysundirmoqchi, o‘z dini va hukmronligini unga qabul ettirmoqchi bo‘ldi. (“Kalila va
Dimna”dan) Zo‘r bir mardlik qilibsan, Lekin bekor kelibsan. (H. O.) Seni deya qavmu
qarindosh Ixtiyorim olgan ekanlar Va kishanga solgan ekanlar. (H. O.) 5. Vaholanki, siz,
xotin kishining topgani nima bo‘lardi, xotini boqayotir, degan isnodga tobim bor ekanmi,
deb firoq qilib yurgan emishsiz. (A. Muhiddin.) 6. O‘z rolingni tushunibsan g‘oyat
haqqoniy. (H. G‘.) 7. Botirjonni otasi podshoning eng usta qilichbozlaridan biriga shogird
qilib beribdi. U ustozidan qilichbozlikni, yoyandozlikni va nayzabozlikni ham, kurash
tushishni ham o‘rganibdi. («Gulpari».) 8. Yaqindagina dam olib olgan
navkarlar safar daragini eshitib quvonar edilar. Navkarlar sovutlarini yarqiratib
tozalashar, naqsh solib egarlarini tartibga solishardi. (L. Batь.)
249-mashq. O‘qing. O‘tgan zamon fe’llarini aniqlab, turini, yasalishi va tuslanishini
tushuntiring, so‘ngra quyidagi jadvalga joylab, zamon ma’nosini ifodalovchi affiks
tagiga to‘g‘ri, shaxs-son affiksi tagiga to‘lqinli chiziq chizing.
Yaqin o‘tgan
zamon fe’li
Uzoq o‘tgan
zamon fe’li
O‘tgan zamon
davom fe’li
O‘tgan zamon
maqsad fe’li
O‘tgan zamon
hikoya fe’li
1. Kun botgan, lekin qorli cho‘qqilarni chulg‘ab olgan ulkan alanga so‘nmagan,
butkul borliq: osmono‘par tog‘lar, ko‘m-ko‘k archazor qirlar, yam-yashil yaylovlar,
sharqirab oqqan soy — hamma-hammasi go‘yo bu ulkan alanganing shu’lasiga
chulg‘angan-u, bo‘lakcha bir tiniqlik kasb etgan, tog‘u toshlargina emas, hatto
maysalarga ham oltindan jilo berilganday mayin tovlanar, shabadada yastangan o‘tloqlar
dam ko‘k-sarg‘ish ipakday eshilar, dam qizg‘ish rangga kirib, yal-yal yonardi...
Qaerdadir ko‘kda, ko‘z ilg‘amas balandlikda, so‘fito‘rg‘aylar vijir-vijir qiladi, tog‘u
toshlar panasida kakliklar sayraydi. (O. Yoqubov.)
II. 1. Hammalari xayrlashib o‘z mamlakatlariga jo‘nabdilar. Abulqosim singlisini
yurtiga olib borib, ota-onasining qo‘liga topshiribdi. So‘ng o‘z yurtiga jo‘nabdi. O‘z ona
yurtiga yetib kelibdi. Olti oydan beri otasi mamlakatga to‘y berayotgan, shu kun to‘yning
oxirgi kuni ekan. Abulqosim uyiga kelsa, akalari taxtda o‘tirganmish. («Gulpari».)
2. Bosh ko‘tardik, zulmdan Bo‘lmoqchi edik ozod. (H. O.)
III. Hademay Husaynning navkarlari bu notanish yigit bilan qarorgohga yaqinlashib
keldilar; hashamdor chodirga kira berishda Muzaffarbek o‘z navkarlarini toqatsizlik bilan
kutmoqda edi. U qo‘lini ko‘zlariga soyabon qilib uzoqlarga tikilar, chap qo‘li kattakon
qilichning sopini mahkam qisib turardi. Vaqt o‘tib borar, Sulton Husayn esa kutishni
xush ko‘rmasdi. (L. Batь.)
Do'stlaringiz bilan baham: |