203-mashq. O‘qing. So‘roq olmoshlarini aniqlab, predmet, belgi va miqdor haqida
so‘roq bildirgan olmoshlarni uch ustun shaklida ko‘chiring.
1. Rais. albatta, qoloq kishi emas, bekorchi ham emas, ammo biz qachon, qaerda va
qaysi sharoitda yashayotganimizni unutmasligimiz kerak. (I. R.) 2. Ochiqroq ayting,
sizga nima bo‘ldi? Nimalar deyapsiz? Tushunmayapman! (S. Ahm.) 3. «Asl
haqiqatning nimada ekanligini uning o‘zi bilurmu?» — deb so‘radi kinoya bilan Mamun.
(K. Moiseeva.) 4. Mehmon-izmonni qanday kutadi? (H. G‘.) 5. Qancha dunyomni
sarf qildirib bo‘z to‘qiydigan dov-dastgoh oldirdi. (N. S.) 6. Nizomjon o‘z boshiga
tushadigan savdolarning xuddi shu daqiqadan boshlanishini qayoqdan bilsin. (S. Ahm.) 7.
Men bunaqa voqealar to‘g‘risida qancha-qancha kitoblar o‘qiganman. (O. Yo.)
Do'stlaringiz bilan baham: |