137- mashq. Murodjon Rahmonovning «Samimiylik» she’rini ifodali o‘qing. Aniq va
mavhum otlarni aniqlab, farqini tushuntiring.
Sen borsanki, hayot shirin, ishq barqaror, samimiylik,
Sen borsanki, do‘stlik mangu, yor vafodor, samimiylik.
Sen bor joyda ko‘ngil ravshan, dillar charog‘on hamisha,
Sen bor joyda yo‘q kin, g‘araz, yo‘qdir ozor, samimiylik.
Sen bor joyda turmush go‘zal, kulib boqar baxt, istiqbol,
Sen bor joyda yaxshilik bor, ezgulik bor, samimiylik.
Sen borsanki, sof dil odam, el farovon, zamon xurram,
Sen bor joyda bo‘lmas gumon, yo‘q hech g‘ubor, samimiylik.
Sen borsanki, ko‘ngillarda doim bahor, samimiylik.
Sen bilandir saodat ham, pok xislatlar, sadoqat ham,
Mangu yasha sen jahonda, bo‘lgin bisyor, samimiylik...
201
Do'stlaringiz bilan baham: |