136-mashq. O‘qing, atoqli va turdosh otlarni aniqlang, ularning farqini izohlang.
Odatda katta iste’dod egalari hayotda ham yorqin shaxslar bo‘ladi. Men Oybek va
G‘afur G‘ulom, Mirtemir va SHayxzoda kabi ulkan so‘z san’atkorlari suhbatida bo‘lib,
shunday e’tiqodga kelganman. Bu ustozlar kirib kelgan uylarda chiroq yoqilganday
bo‘lar, o‘zgacha bir fayz qo‘shilar edi. Aminmanki, Hamid Olimjon, Usmon Nosirlar
ham shunday farishtali odamlar bo‘lishgan.
... Usmon Nosirning “Yurak”, “Nil va Rim” she’rlari, “Naxshon” dostoni o‘zbek
she’riyati xazinasidan joy olgan. SHoir qilgan tarjimalar bu olijanob san’atning yorqin
namunalari sifatida ko‘p avlod tarjimonlar uchun mahorat maktabi bo‘lib xizmat
qiladi.(E. Vohidov)
Do'stlaringiz bilan baham: |