1- mavzu: Morfemika



Download 2,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/576
Sana30.12.2021
Hajmi2,94 Mb.
#97132
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   576
Bog'liq
ona tili va adabiyot

GLOSSARIY 
Sari shumo -  jon solig‘i. 
«Xulosat ul –axbor fi ahvol il-ahyor»  - («Xayrli kishilar ahvolidan (jahon) 
xabarlarining xulosasi»). 
Xondamir - (to‘liq ismi: G‘iyosiddin ibn Humomiddin Muhammad ibn xoja Jaloliddin 
Muhammad ibn xoja Burhoniddin) 1475- yili Hirotda tug‘ildi. 
 
 
 


 
179 
 
 
31-MAVZU: GULXANIYNING “ZARBULMASAL” ASARI HAQIDA 2 SOAT 
 
Ma`ruza mashg`uloti mavzulari 
1.  «Zarbulmasal» haqida tushuncha. 
3.  Gulxaniy masallari.  
4.  Xulosa.  
  
Gulxaniy XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlaridan boshlab ijod etgan va bu 
davr o‘zbеk  adabiyotida  o‘ziga  xos  o‘rin  tutgan  yozuvchilardan  biridir.  Uning  asl-
ismi-sharifi  Muhammad    sharif    bo‘lib,    Gulxaniy    esa    uning    adabiy    talaxxusidir.  
Taxminlarga    ko‘ra    XVIII  asrning  70-yillarida  hozirgi  Xo‘jand  viloyatining  Darvoza 
qishlog‘ida dunyoga kеladi.  
U    o‘z    ilmini    oshirish    maqsadida    avval    Namangan    va    so‘ngra    Farg‘onaga  
kеldi,  qiziqchiligi,  hozirjavobligi  va  hajviy  shе’rlari  bilan  kishilar  o‘rtasida  tanila 
boshlaydi. Ayniqsa, g‘ariblik turkumidagi ruboiy  va to‘rtliklari bilan el og‘ziga tushadi. 
Shoir  kеyinchalik  Qo‘qonga    kеladi  va  bu  еrda    ko‘p    qiyinchiliklar    bilan  yashaydi.  
Tirikchilik o‘tkazish uchun hammomda o‘t yoquvchi bo‘lib ishlaydi.  
«Zarbulmasal»  xalq  ertaklari  taxlitida  yozilgan  mukammal  mazmunli   o‘tkir  
saritik  asardir.      Gulxaniy  o‘zining  bu  asarida  xalqning  mazmundor  maqollari,  hikmatli 
so‘zlari va qoririq gaplaridan  mohirlik  bilan  foydalanadi.  U  hukmdorlar  va  ularning  
laganbardorlarini,    saroy  ahlining  yaramas  kirdikorlarini  majoz  yo‘li  bilan  o‘tkir  satira 
ostiga  oladi.  Chunki  u  mеhnatkash  xalqning    og‘ir,    mashaqqatli    hayotini    o‘z    ko‘zi  
bilan    ko‘rdi,    saroy    bazmlari,    kеti    uzilmas  mayparastliklar,  xalqni  talash  hisobiga 
bo‘lishini  payqadi  va  bunday  salbiy  ishlar  uning  ko‘zini  ochdi.    Natijada    unda    saroy  
aristokratiyasiga    nasbatan    nafrat    hissi    tabora    oshib    bordi.    Ammo  shoir,  shariatga 
ko‘ra,  hukmron  doiralardan  noroziligini  va  nafratini  ochiq-oydin  ifodalay  olmas  edi. 
Shuning  uchun  majoziy  shakldagi  «Zarbulmasal»  asarini  yozishga  kirishdi.  Asarda 
shoirning  maqsadi,  hayotga,  uni  o‘rab  olgan  muhitga,  hokim  tabaqalarga  bo‘lgan 
munosabati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda etilmay, balki hayvonlar, qushlar va shunga o‘xshash 
majoziy  obrazlarning  tasviri  orqali    ifodalanadi.    Shoir    shu    zaylda    o‘zi    yashagan  
zamon    uchun    aniq    va    xaraktеrli    voqеa-hodisalarni,  ularga  o‘zining  munosabatini, 
qarashlarini tasvirlaydi.  
Muallif  o‘z  masalalarida  majlziy  obrazlar  orqali  o‘sha  davrda  hukmron  sinf  
vakillarini  fosh    qiladi,    mamlakatga    xarobalik,    xalqqa    qashshoqlik    kеltirgan    o‘zaro  
urushlarga  qarshi ommaning noroziligini ifodalaydi.  
Gulxaniy  o‘z  zamonasida  sodir  bo‘layotgan  talon-taroj,  xalqni  qiynash,  ortiqcha 
soliqlar solish  kabi  voqеalarni  ochiqdan-ochiq  yoza  olmas  edi.  U  buni  faqat  ertak  
yo‘li  bilan  amalga oshirish mumkin ekanligini tushunadi.   
Maymun bilan Najjor (Nasriy bayoni) Kashmir o‘lkasida go‘zal, dov-daraxti ko‘p, 
sermeva,  xushbo‘y  gullari,  rohatijon  suvlari  serob    bir    tog‘    bo‘lardi.SHu    yerda  
Maymun    iste‘qomat    qilardi.Kunlarning    birida    o‘z    hunarini    yaxshi  bilgan,  mohir 
duradgor  shahar  azoblaridan  qutulib,  yog‘och  izlab  shu  toqqa  keladi.  Bir  yog‘ochni  
kesib,pona    qoqib,    unutib    qoldirgan    teshasini    olib    kelishga    jo‘naydi.Buni    kuzatib 
o‘tirgan  Maymun  duradgorga  g‘avasi  kelib  tezda  u  kesgan  yog‘ochning  ustiga  chiqib 
olib, uning ishini davom ettirmoqi bo‘ladi. Dumi  yog‘och  yorig‘iga kirib qolib dumidan 
ajraladi. Najjor  juda  aqlli  va  mohir  hunarmand.  U  «shaharning  zindonidan  ozod  
o‘lib”    toqqa  chiqadi.    Tog‘ni    sevib    qoladi.»  Tog‘ning    Shiriniga    Farhod”    bo‘lib  


 
180 
 
qoladi.    Gulxaniy    uning  mehnati    va    mehnatdagi    mahoratini    ulug‘laydi.    Shu    yo‘l  
bilan  asarda  hunarni  va  hunar  ahlini kuylash va ulug‘lash, kishilarni hunar o‘rganishga 
chaqirish kabi muhim g‘oyani ilgari suradi.  
Maymun  nihoyatda  kaltafahm,  u  aql-farosatini  ilatmagani  tufayli  dumi  yog‘och 
orasiga qisilib qolib, dumidan ayriladi.   
Toshbaqa  bilan  Chayon  (nasriy  bayoni)  Bu  masalda  hikoya  qilinishicha    Iroqdan 
Hijozga  kelayotgan  Toshbaqa  yo‘lda  Chayon  bilan  uchrashadi.  Ular  birga 
ketayotganlarida  daryoga  duch  keladilar.  Toshbaqa  daryodan    so‘zib  o‘tib  orqasiga 
qarasa,  Chayon  daryo  qirg‘ogida  turibdi.  Qaytib  qirg‘oqqa  kelib,ustiga  Chayonni 
mindirib    yana    qirg‘oq    tomon    suzadi.    Chayon        esa    Toshbaqaga    nish    urmoqchi  
bo‘ladi.    Buni  sezgan    va    Chayonni    avval    ogohlantirgan    Toshbaqa    suvga    shung‘ib  
munofiq  va  xiyonatkor Chayonni suvga cho‘ktirib yuboradi.  
Masalda    Toshbaqa    aqlli,    bardoshli,    fahm-farosatli    inson;    sadoqatli    do‘st  
sifatida  gavdalansa,    Chayon    yaxshilikni    bilmaydigan,    yaxshilikka    yomonlik    bilan  
javob  beradigan, do‘stiga  ham  xiyonat  qiluvchi,  fikri-zikri  birovga  yomonlik  qilish  
bo‘lgan  kishilar  sifatida tasvirlanadi.  
Gulxaniy    bu    masal    orqali    Chayonga    uxshagan        yomonlar    bilan    do‘st  
tutinma,  undaylardan    ehtiyot    bo‘l,    chunki    yomon    xech    qachon    yomonligidan  
qolmaydi,  degan  muhim didaktik fikrni ilgari suradi.  
Gulxaniy    masalda    yaxshi    murodiga    yetadi,    yomon    doim    jazoga    uchraydi,  
yaxshilik murod sari yetaklaydi, yomonlik halokatga duchor qiladi, degan didaktik xulosa 
chiqaradi.     
Tuya bilan  Bo‘taloq Kunlardan bir kuni sarbon tuyasiga yuk ortib yo‘lga tushadi. 
Tuyaning  orqasidan  bolasi  ham    ergashadi.    Ortilgan    yuk    og‘ir,    manzil    uzoq,    havo  
issiq,    yo‘l    esa    jazirama    sahro    edi.    Ona  ketidan        ergashgan,    yo‘lda    ochiqib,  
charchagan  Bo‘taloq  bir  oz  to‘xtashni  onasidan  zorlanib so‘raydi.  Ko‘zlaridan  yosh  
suvdek    oqayotgan,    to‘xtashning    ilojini    topa    olmagan    ona:    mening  ixtiyorim  
sarbonning  qo‘lida.  Menda  agar  zarra  ixtiyor  bo‘lganda,  og‘ir  yuk  ostida  qolmagan 
bo‘lur erdim, deb javob beradi.  
Gulxaniy  bu  masalda  sarbon,  Tuya  va  uning  Bo‘talog‘i  obrazlari  orqali  mehnat 
ahlining  og‘ir    turmushini,    erksizligini    tasvirlaydi,    inson    haq-huquqi    poymol  
qilinganligiga    e‘tiroz  bildiradi.  Mazlumlarning  ohu  faryodi,  shikoyatini  zo‘r  mahorat 
bilan ifodalaydi.  
“Zarbulmasal” asarining qisqacha  mazmuni.  
Farg‘ona  iqlimida  Kayqubod  ismli  podshohdan  qolgan    eski  bir  shahriston  bor 
ekan.  U  shaxarda  Boyo‘g‘li  bilan  Boyqush  yashar  ekanlar.  Ularning  bir  qizi  bo‘lib,  oy 
desa oydek kun desa kundek   go‘zal  edi. Bu go‘zalning ismini Kunushbonu der edilar. 
Boyo‘g‘lidan  bir  yog‘och  masofa    uzoqroqda  Yapaloqqush  va  uning  o‘g‘li  Kulangir 
Sulton yashaydi. Yapaloqqush o‘g‘li Kulangir  sultonga  Kunushbonuni  olib  bermoqchi  
bo‘ldi    va    Ko‘rqushni    Boyo‘g‘lining        uyiga  sovchilikka    yuboradi.    Boyo‘g‘li  
kengashib    so‘ngra    javob    berishini,    bilish    uchun    yana    bir  kelishini    aytadi.    Bu  
javobni   Ko‘rqush   Boyo‘g‘lining     “iliq   so‘zi”  bilib,   uni   Yapaloqqushga  yetkazadi.  
Bu    xabar    qushlar    shohi    Malikshohinga    borib    yetadi.    U    xazinachi    Kordon    bilan  
xizmatkori  Turumtoyni to‘y xarajatlarini aniqlash uchun  Boyo‘g‘lining uyiga  yuboradi. 
Ular urtasida uzoq  munozara boradi. Boyo‘g‘li qizi uchun ming chordevor  talab qiladi. 
Nihoyat,  yana  Ko‘rqush  borib  Movaraunnaxr  mamlakatidan  ming  chordevor  berishga 
rozi ekanliklarini aytadi.  


 
181 
 
To‘y    bo‘ladi.    Gulxaniy    Boyo‘g‘li,    Yapaloqqush    va    Kulangir    sulton  
obrazlarida    o‘zlari  koshonada  yashab,  vayronagarchilikning  sababchisi  va  tarafdori 
bo‘lgan, mol-mulk  orttirishga intilgan  ba‘zi amaldorlarni tanqid qiladi.  
  

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   576




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish