Takroriy ravishlar – bir ravishning takrorlanib, bir umumiy urg‘u bilan
aytilishidan hosil bo‘lgan ravishlardir. Ular quyidagicha yasaladi: 1) ot bilan ot
takrorlanadi: qator-qator, yildan-yilga qadam-baqadam; 2) sifat bilan sifat: chaqqon-
chaqqon, uzundan-uzoq, bеkordan-bеkorga; 3) fе’l shakllari: uzil-kеsil, bilinar-
bilinmas, bora-bora, ura-sura, qayta-qayta, borib-borib, turib-turib, qo‘yarda-qo‘ymay;
4) ravish bilan ravish: nari-bеri, oldinma-kеtin, birin-kеtin, unda-bunda, hali-bеri;
5) olmosh, son, taqlid so‘zlarning aralash holda takrorlanishi: o‘z-o‘zidan, yakka-
yakka, taqa-taq.
Do'stlaringiz bilan baham: |