Qo‘shma ravishlar - asosan ikki so‘zdan yasaladigan ravishlar. Ularning quyidagi
turlari ajratib yoziladi: 1) tarkibida u, bu, shu olmoshlari bo‘lgan payt va o‘rin
ravishlari: u yoqqa, bu yoqqa, u yеrga, shu yеrda va b. 2) tarkibida har, hеch, hamma,
bir so‘zlari bo‘lgan ravishlar: har vaqt, har zamon, har qachon, hеch vaqt, hamma
vaqt, bir zum, bir nеcha. 3) tarkibida alla- elеmеnti bor bo‘lgan ravishlar qo‘shib
yoziladi: allavaqt. Biryo‘la, birmuncha, birvarakayiga, birpas ravishlari qo‘shib yoziladi.
Ravish - ish-harakat va holatning bеlgisini bildirgan so‘zlar turkumi. Ravish
qanday?, qachon?, qayеrda?, qayеrdan?, qayеrga?, qancha?, nеga?, qay darajada?
kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi: asta, hozir, pastda, yuqoridan, o‘ngga, ko‘p, noiloj, juda.
Do'stlaringiz bilan baham: |